Maltoza – ikki molekula – α va D–glyukozalardan tashkil topib, glikogen hamda kraxmalning asosiy qurilish birligi.
Laktoza – tarkibida glyukoza va galaktoza tutgan sut uglevodi. Laktoza –D–galaktoza va D–glyukozadan iborat –β–galaktopiranozil-(14)-glyukopiranozadir.
Saxaroza – lavlagi yoki shakar qamish qandi – oziqa mahsulotlarining muhim komponenti, D-glyukoza va D-fruktoza molekulasi qoldig`idan tashkil topgan o`simlik mahsuloti – α-glyukopiranozil – (1→ 2)- β-fruktofuranozid.
256
Oligosaхaridlar hujayra va biologik suyuqliklarda erkin holatda yoki oqsil bilan kovalеnt bog` hosil qilgan aralash uglеvod – oqsil komplеkslari (glikoprotеidlar) ko`rinishida uchraydi. Oligosaхaridlarning biologik ahamiyati to`liq o`rganilmagan.