Birinchi kesishuv NAD∙H2 dan KoQ gacha bo`lgan qismda kuzatiladi. Membrananing ichki yuzasida NAD∙H2 ni flavinga bog`liq degidrogenazalar (FP1) ishtirokida oksidlanishi FMN∙H2 ning hosil bo`lishi va vodorodning membranani tashqi tomoniga o`tkazilishiga olib keladi. Bu yerda birinchi juft protonlar ajralib chiqadi, FMN∙H2 dagi ikkita elektron esa membranani teskari yo`nalishda (ichki tomonga qarab) kesib o`tadi. Bu ikkita elektron FeS li oqsil-1 (FeS-PR1) va sitoxromlar orqali KoQ ga tashiladi. KoQ ning qaytarilishi matriksdan 2 ta protonni bog`lab KoQ∙H2 hosil qilishi bilan boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |