Gormonlarning qondagi transporti
Gormonlar qonda bir nechta fnzik-kimyoviy ko`rinishda uchraydi:
plazma maxsus oqsillari bilan hosil qilgan kompleksi kontsentratsiyasi normal fiziologik sharoitda 80 % gacha yetadi; 2) plazma oqsillari bilan nospetsifik kompleksi 10 %; 3) qon shaklli elementlari hosil qilgan nospetsifik kompleksi eritrotsitlar bilan 10-20 %; leykositlar bilan 3-5 %. Gormonlarni oqsillar bilan hosil qilgan kompleksi kuchsiz bog`lar bilan bog`langan, nofermentativ qaytar
jarayondan iborat. Bog`lanish darajasi oqsil molekula-sidagi bog`lovchi qismlar kontsentratsiyasiga bog`liq. Spetsifik oqsillar biologik faol ligandlarga nisbatan yuqori tanlash xususiyatiga ega. Plazmaning transport oqsillaridan steroid va tireoid gormonlarini bog`lovchilari nisbatan yaxshi o`rganilgan.
1) Transkortinlar yoki kortikosteroid bog`lovchi globulinlar, glyukokortikoidlar bilan oson bog`lanadi. 2) seks-steroid yoki testosteron - estron bog`lovchi globulin, odam va hayvonlarning androgenlar va estradiol bilan o`zaro ta`sirlanadi; 3) tiroksin bog`lovchi globulin, ayniqsa prealbuminlar T4 bilan yuqori darajada bog`lanadi; Bog`lovchi oqsillarning barchasi glikoproteidlardir masalan insulin STG bog`lovchi globulinlar va boshqalar.
Gormon bog`lovchi maxsus oqsillar faqat tabiiy, biologik faol gormonlar bilan kompleks hosil qilib, ularning metabolitlari yoki sintetik analoglari bilan bog`lanmaydilar. Bu sifati bilan ular qonning nospetsifik oqsillari va hujayraning reseptor oqsillaridan farq qiladi, chunki nospetsifik oqsillar tabiiy va sun`iy gormonlar bilan bog`lanaoladi. Gormon bog`lovchi oqsillar asosan jigarda sintezlanadigan barqaror birikmalardir.
Gormonlarni nospetsifik bog`lovchi oqsillari qatoriga α -globulinlar, transferrin, zardob albumini kiradi. Zardob albumini har xil kimyoviy tabiatli birikmalarni bog`lash xususiyatiga ega (kationlar, anionlar, aminokislotalar, yog` kislotalari, nukleotidlar, antibiotiklar, vitaminlar, gormonlar va b.). Qonning shakliy elementlari ham gormonlarni bog`lashda ishtirok etadi. Eritrotsitlar 70-80
% gacha gormonlarni bog`lashi mumkin. Ular membranasi moddalarni
adsorbtsiya qilish xususuyatiga ega. Limfotsitlar va monositlar glyukokortikoidlarni, insulinni, SGGni, kaltsiotoninni va boshqa gormonlarni kam miqdorda bog`lashi mumkin.
Kompleks hosil qiluvchi oqsillar bilan bog`langan gormonlar fiziologik faollikka ega bo`lmay, metabolik o`zgarishlarga uchramaydi. Faqatgina erkin shakldagi gormonlar biologik faollikka ega.
T3 ni T4 ga nisbatan faolligi yuqori va ta`sir etish latent davri qisqa, chunki T3 TSG bilan juda kuchsiz va TSPA bilan deyarli bog`lanmaydi. Insulin bog`lovchi
protein gormonni biologik effektini ma`lum darajada namoyon bo`lishiga to`sqinlik qiladi. Natijada bog`langan insulinning skelet mushaklariga ko`rsatadigan ta`siri yo`qoladi, lekin yog` to`qimasiga nisbatan faolligi saqlanib qoladi (homiladorlikda bog`lanish kuchayadi).
Gormonlarni transport oqsillari bilan o`ziga xos bog`lanishi ba`zi endokrin funktsiyalar patologiyasining birlamchi sabablari deb taxmin qilinmoqda. Masalan, giperkortitsizmning ba`zi shakllarida erkin glyukokortikoidlar miqdorining ortishi jigarda ularni bog`lovchi transkortin sintezi yoki kontsentratsiyasini kamligi tufayli kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |