8.4. Piruvat ishtirokida kechadigan reaktsiyalar
Piruvat ishtirokida kechadigan reaktsiyalarning uch turi mavjud:
1- tur. Piruvatdan etanol hosil bo`lishi spirtli bijg`ish deb ataladi.
Glikoliz mahsuloti bo`lgan piruvat etanol, laktat va atsetilkoenzim A ga aylanishi mumkin. Barcha tirik organizmlarda glyukozani anaerob parchalanishidan piruvat hosil bo`lgunga qadar asosan bir yo`nalishda kechadi. Hosil bo`lgan piruvat odam,
hayvon va o`simlik organizimida sut kislotasiga aylansa, ko`pchilik mikroorganizmlarda, yuqori faollikka ega bo`lgan dekarboksilaza fermenti ta`sirida dekarboksillanib, sirka aldegidga aylanadi. Hosil bo`lgan mahsulot alkogoldegidrogenaza fermenti ta`sirida NAD*H ishtirokida qaytarilib, etil spirtiga aylanadi.
Piruvatdе- Alkоgоl-
karbоksilaza dеgidrоgеnaza
Do'stlaringiz bilan baham: |