Glitseraldegid-3-fosfatni 1,3-difosfoglitseratgacha oksidlanishi. Reaktsiya glikolitik oksidoreduktsiya deb atalib, muhim vazifani bajaradi, unda substratni oksidlanishi bilan birga energiyaga boy mahsulot ham hosil bo`ladi. Reaktsiya qaytar bo`lib, glitseraldegid -3-fosfatdegidrogenaza bilan katalizlanadi:
Fosfat guruhini 1,3-difosfoglitseratdan ADF ga o`tkazilishi. 1,3-difosfoglitseratdan energiyaga boy birikma–ATF hosil bo`lishida foydalaniladi (birinchi glikolitik fosforillanish).
Reaktsiya fosfoglitseratkinaza yordamida tehglama bo`yicha katalizlanadi. 3-fosfoglitserat unumi ortiqcha miqdorda hosil bo`lganda fosfoglitseratkinaza reaktsiyasi orqaga qaytishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |