Xorazmiy yil hisobi - qadimgi xorazmda yashagan xorazmiylarning quyosh taqvimiga asoslangan yil hisobidir. Abu Rayhon Beruniyning xabar berishicha xorazmiy yil hisobi O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yil hisobi hisoblanadi. Bu taqvim Beruniyning ko‘rsatishicha Iskandar Zulqarnayndan 980 yil avval boshlangan ya’ni, meloddan avvalgi ming yillikning boshlariga to‘g‘ri keladi. Abu Rayhon Beruniy yashagan davrda xorazmiy yil hisobi ikki ming yildan oshib ketgan bo‘ladi. Xorazmiy taqvimida bir yil 12 oyga bo‘lingan va har bir oy 30 kundan iborat bo‘lgan. Qo‘shimcha 5 kun yil oxirida 12-oyga qo‘shilgan va bir yil 365 kunni tashkil etgan. Har yili qoldiq sifatida ortib qoladigan chorak kunga xorazmiy taqvimida e’tibor berilmagan. YAngi yil bahorgi tengkunlikdan boshlangan. Oy nomlari Abu Rayhon Beruniy asarida ikki xil to‘liq va qisqartirilgan shakllarda keltiriladi. Oylarning to‘liq nomi juda uzun bo‘lib, ko‘pchilik tovushlarni undosh harflar tashkil qiladi. Beruniy xorazmiycha oy nomlarining qisqartirilgan shaklini quyidagicha keltiradi: 1. Novsorjiy. 2. Ardvst. 3. Xrvdod. 4. Jiriy. 5. Xmdod. b.Axshrivriy. 7. Avmriy. 8. Enoxi. 9. Arv. 10. Rimjd. 11. Arshmn. 12. Isfandorajiy. Beruniy oylarning to‘liq nomini bergan bo‘lsa-da, ammo kundalik ish yuritishda va ma’muriy hujjatlarda oylarning yuqorida keltirilgan qisqa shaklidan foydalanilgan. ^L/SH asr qadimgi xorazmiy yozuvi hujjatlarida va XP-X^ asr arab-xorazm yozuvi manbalarida oy nomlari yuqoridagi shakllarda qo‘llanadi. 12-oyga qo‘shiladigan 5 kunning maxsus nomi yo‘q. Qadimgi eron (avesto) va sug‘d taqvimida bo‘lgani kabi xorazmiy taqvimida ham oyning har bir kuni (30 kuni) alohida-alohida nom bilan yuritilgan. Beruniy 30 kunga qo‘yilgan 30 xil nomni ham beradi.
Xorazmiy taqvimi atamalari xorazmiy yozuvi va xorazmiy tili iste’moldan chiqishi bilan butunlay unutilib ketdi. Ayrim atamalar XIV asr xorazmiy tili yodnomasi "Kunyat ul-munyo"da uchraydi xolos.
Sug‘d taqvimi. Xorazmiy taqvimiga juda yaqin bo‘lgan sug‘d taqvimining vujudga kelishida xorazmiy taqvimi asos bo‘lgan bo‘lsa ajab emas, chunki xorazmiy tili bilan sug‘d tili ko‘p jihatdan bir-biriga yakin turadi. SHuni ham aytib o‘tish kerakki xorazmiy oylarining nomlari ham, sug‘d oylarining nomlari ham lug‘aviy jihatdan qanday ma’no berishi noma’lum. Bu haqda Abu Rayxon Beruniy ham to‘xtalmaydi. Xorazmiy tilidagi va sug‘d tilidagi hujjatlarda ham oylarning qanday ma’no anglatishi xususida ma’lumotlar yo‘q.