Ekspress –dionostika (26- sxema).
Bilvosita, to’g’ridan-to’g’ri immunoflyuoressensiya (Kuns) reaksiyasi BIFR (RIF) juda
spesifik bo’lib, bunda zararlangan hujayralardan virus antigelarini nishonlangan flyuoressentli
antitelalar yordamida aniqlash mexanizimi yotadi.
Tekshirish uchun material bo’lib, bemorning tamoq, burin halqum chayindilari va shu
chayindilar bilan yuqtilgan hujayra kulturalari xizmat qiladi. Preparat tayyorlash uchun olingan
chayindi sentrifugada bir minutda 2000-3000 marta 10 minut aylantiriladi. Cho’kmadan bir nechta
moysizlantirilgan buyum oynachalariga surtmalar tayyorlanadi va quritilib 5 minut davomida toza
asetonda fiksasiya qilinadi. Kiyin xuddi shu preparatlar nishonlangan flyuoressentli antitelalar
(maxsus chiqarilgan: grippning A1,A2; paragrippning 2 va 3 tip viruslari; resperator sinsitial
virusga qarshi, adenoviruslarga qarshi ko’p valentli zardob) bilan ishlanadi. Agar bilvosita usul
qo’llanilsa, surtmaga oldin yuqorida keltirilgan viruslarga qarshi spesifik AT qo’shilib, kiyin
yuvib tashlanadi va nishonlangan flyuoressentli odam antiglobulinli qon zardoblari bilan ishlav
beriladi. Analiz oxirida preparatlarni lyumensent mikroskopda ko’zdan kechiriladi. Preparatda
viruslar bo’lsa lyumenissent mikroskopda yog’dulanadi va maxsus nur sochayotgan virus
zarralariga e’tibor beriladi: yog’dulanayotgan adenoviruslar hujayrani yadrosida ko’rinsa; gripp va
paragripp viruslari sitoplazmada yig’ilib qolgan bo’ladi. Hujayralardagi virus zarralari va ularning
soniga qarab reaksiya javobi o’qiladi.
Virusologik tekshiruv.
O’tkir resperator virusli kasalliklarda tekshirish uchun material
burin halqum chayindisi, bolg’am va boshqalar bo’lishi mumkin. Patologik material hujayra yoki
tovuq embrioniga yuqtirishdan oldin, ularning tarkibidagi boshqa mikroorganizimlarni yo’qotish
uchun antibiotiklar bilan ishlov berilib (pensillin, streptomisin 1000 TB ml) sentrifuga qilinadi.
Virusologik ishlar hammasi bokslarda o’ta steril sharoitlarda olib boriladi. Cho’kma ustidagi
suyuqlik pipetka yordamida so’rib olinib har bir viruslar uchun maqbul bo’lgan hujayra
kulturalariga (gripp virusi tovuq embrionining amniotik va allantois bo’shlig’iga, maymun, odam
embrionlarining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalariga; paragripp virusi
maymun, odam embrionining buyragidan va odam embrionining fibroblastlarida tayyorlangan
to’qima kulturalariga; paratit tepki virusi tovuq embrionining amniotik bo’shlig’iga va yangi
ajratib olingan virus shtammlari odam embrionining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra
kulturalariga; qizomiq virusi odam embrioni va maymun buyragidan tayyorlangan birlamchi
hujayra kulturalariga va bundan tashqari, odam amnioni va undiriluvchi hujayra kulturalariga
(Hela, KB, Vero va boshqalar); RS-virus maymun buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra va
undiriluvchi o’sma hujayra kulturalariga (Hela, Hep-2, KB); adenoviruslar esa odam embrioni
buyragidan tayyorlangan birlamchi va undiriluvchi Hela, Ner-2 hujayra kulturalariga yuqtiriladi.
Virus yuqtirilgan tovuq embrionlari va hujayra kulturalari 37º da termostatda saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |