1. Karantin olib borish ishlari.
Bunda har bir davlat o’z chegarasiga kasallik chaqiruvchilarini kirgizmaslik. Bular har bir
davlatda maxsus "O’simliklarni davlat muxofazasida" karantin bo’lishi mavjud.
2. Muhofazaning fizik-ximiyaviy turi.
Bunga zararlangan o’simliklardan, sog’larini ajratish, zararlangan qismlarni ajratib olish,
oraliq kasallik manbalarini yo’qotish kabi ishlar olib boriladi. Bunda tuproqni zararsizlantirish,
urug’larni zararsizlantirish ishlari muhim rol o’ynaydi. Bu maqsadda fungitsidlardan keng
foydalaniladi.
O’simliklarning dorivor xomashyosini turli xil tayyorlanish davrida (terli, quritish,
standartizatsiya qilish, maydalash va saqlash) mikrob bilan ifloslanish mumkin.
Dorivor o’simliklarni saqlashda namlikka, yoruqlikka, chang va xashoratlarga ahamiyat
berish lozim. Ortiqcha namlikni o’simlik o’ziga tortib olish xossasiga ega, bular natijada ular rangi
o’zgaradi, o’zidan qo’lansa hid ajratadi va chirish protsessini keltirib chiqaradi. Bu protsesslar
dorivor moddalarga ta'sir qilishi o’zgaradi va aktiv moddalar yo’q bo’lib ketadi (masalan
glikozid).
Chirish protsessi o’simliklarda mikrofloraning almashinuvchi (zamburug’larni bakteriyalar
bilan) bo’lib o’tadi.
Dori moddalar va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil mikroorganizmlar bo’lishi mumkin.
O’simliklardan olinadigan dorivor moddalarning mikroblar bilan zararlanishi o’sha o’simlik turi
va uning o’sib chiqishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitga bog’liq bo’ladi. Chunki o’simliklar
atrof muhitdagi ayniqsa, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar bilan zararlangan bo’lishi ham
mumkin. Bundan tashqari o’simliklarning o’z mikroflorasi xam katta ahamiyatga ega: masalan,
epifit (Erwinia herbicola, P. fluorescens va fitopatogen (Erwinia, Pseudomonos,
Coryhebacterium, Agrobacterium, aktinomitsetlar, ayrim zamburug’lar). Axlatxona yoki avvaldan
axlatlar tashlangan joylarda, shuningdek, sug’oriladigan maydonlarda, mol boqiladigan
yaylovlarda o’simliklar tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo’lgan patogen
mikroorganizmlar ham bo’lishi mumkin.
O’simliklardan olinadigan dorivor xom-ashyolar bu mahsulotlarni yig’ishtirib olish va
tayyorlashning turli bosqichlarida - o’simliklarni yig’ish, dastlabki ishlov berish, quritish,
yanchish-maydalash, maxsus idishlarga joylashtirish, shuningdek, standart holatda saqlanish
chog’ida xom ashyoni maydalash, dorivor kukunlarga aylantirish, briket, granul va tabletka holiga
keltirish jarayonida ham urug’lanishi mumkin.
O’simliklardan olingan dorivor xomashyolar avvalo saqlanishjoyida namlikning belgilangan
normadan oshib ketishi natijasida buziladi: namlik oshib ketsa, xomashyo tarkibida har xil
zamburug’lar, chirituvchi, sellyuzalarni parchalovchi bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar
paydo bo’ladi. Mikroblar degradatsiyasi o’simlik farmakologik xususiyatlarining o’zgarishiga olib
keladi va zaharli moddalarning hosil bo’lishiga sabab
bo’lishi mumkin.
Mikroorganizmlar dorivor xomashyolarni zararlash orqali doridarmonlarning
xususiyatlarini o’zgartirib yuboradi. Chunki dorivormoddalardan ferment chiqishi, mikrobli
og’ular yoki pirogenlarning hosil bo’lishi natijasida ular o’ta zaharli holatga kelib qolishi ham
mumkin.
Agar odamlar Staphylococcus, Pseudomonas, Salmonella va boshqa mikroorganizmlar bilan
zararlangan tibbiy preparatlarni iste'mol qilsa, ularning tarkibidagi patogen mikroblar turli xil
122
yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. O’simliklardan olinadigan dorivor moddalar va
homashyolarning mikrob bilan zararlanishini tekshirib ko’rishda quyidagi usuldan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |