64
Fakultatif aerob, optimal temperaturasi 37
0
, oddiy oziq muhitlarida yaxshi o‘sadi.
Fermentativ xossasi. Salmonellalar jelatinani suyultirmaydi,
indol hosil qilmaydi, ko‘pchiligi H
2
S
hosil qiladi. Glyukoza, maltoza, mannit, saxarozalarni kislota va gaz hosil qilib parchalaydi.
Ekzotoksin hosil qilmaydi. Glyusid-lipit-protein kompleksidan tashkil topgan endotoksinga
ega.
Serologik belgilariga qarab salmonellalar bir qancha (35 ta) guruhlarga bo‘lingan. SHulardan
Kaufman-Uayt klassifikatsiyasi bo‘yicha S.enteritidis - D guruhiga, S tihyimurium – V guruhiga,
S.choierae suis – S guruhiga kiradi. Salmonellalarning klassifikatsiyasi ularning antigen,
kultural
va biologik xossalariga qarab tuzilgan.
Ovqatdan zaxarlanishni chaqiruvchi salmonellalar tif va paratif qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan
birmuncha chidamlik. YUqori tumperaturaga, osh tuzining yuqori konsentratsiyali eritmasiga,
ayrim kislotalarga chidamli, 60-70
0
da 1 soatda, 8-10% uksus kislotasida 18 soatda halok bo‘ladi.
400 grammlik go‘sht bo‘lagida 2,5 soat qaynatishga chidaydi. Uy temperaturasida 2-3 oy
saqlanadi. Endotoksinlari esa qaynatgandan so‘ng ham bir necha soat saqlanib qoladi. SHunisi
xarakterli salmonellalar bilan zaxarlangan ovqat mahsulotlarining ko‘rinishi ham, hidi ham
buzilmaydi.
Odamlar uchun patogen bo‘lgan salmonellalarning ko‘pchiligi ko‘pchilik hayvonlar ichida,
ya’ni yirik shohli hayvonlar, cho‘chqa va jo‘jalar orasida ko‘p tarqalgan
va ularda turli kasallar
chaqiradi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar salmonellalarga sezgir. Kasal hayvonlar
go‘shtidan, kasal tovuq tuxumlaridan tayyorlangan ovqatlar kasallik manbai bo‘lib hisoblanadi.
Salmonellalar bilan zararlangan ovqatlarni iste’mol qilish kasallikning kelib chiqishiga
sabab bo‘ladi. Ayniqsa kasal hayvon, qushlar va ularning tuxumlaridan tayyorlangan ovqatlar
ko‘proq kasallikka sababchi bo‘ladi. salmonellalar ovqat bilan qanchalik ko‘p tushsa u tez
ko‘payib shunchalik ko‘p o‘ladi va ulardan ko‘plab endotoksin ajralib chiqadi. Oshqozon ichak
traktidan endotoksin qonga o‘tadi va bir necha soatdan so‘ng kasallik belgilari asosida o‘tadi.
Kasallik faqat zararlangan ovqatlardan emas, balki kasal odamlardan va kasal tashuvchilardan
ham yuqadi. Bunday hollarda kasallik ko‘proq yosh bolalar orasida uchraydi
. Bolalarda
salmonellez dispepsiya, enterokolit, qorin tifi ko‘rinishida o‘tadi va ko‘pincha septitsemiya va
bakteriemiya holatini chaqirib, ba’zan surunkali dizenteriya deb noto‘g‘ri tashhis qo‘yiladi.
Salmonellalarning endotoksini ichak shilliq qavatining va limfatik sistemaning himoya qilish
qobiliyatini ham ishdan chiqaradi va natijada bakteriyalarning qonga o‘tishiga zamin yaratiladi va
bunday hollarda kasallikning birinchi soatlaridayoq qonda bakteriyalar topiladi. Kasallik asosan 4-
5 kun davom etadi.
Kasallikdan so‘ng kuchsiz va qisqa muddatli immunitet hosil bo‘ladi. Kasal bo‘lib o‘tgan
odamlar qonida agglyutininlar, pretsipitinlar, bakteriolizinlar va boshqa antitelolar topiladi.
Salmonellalarning bir serovari bilan chaqirilgan kasallikdan so‘ng boshqa serovarlariga immunitet
hosil bo‘lmaydi, ya’ni qarama-qarshi immunitet mavduj emas.
Ovqat
qoldiqlari, buyumlardan olingan chayindilar, kasalning axlati, qusugi, oshqozon
yuvilgandagi suv, qon, siydik, o‘likdan olingan materiallar oziq muhitlarga ekilib (Endo,
Ploskirev, Vismut-sulfit agar va h.k.) sof kultura ajratib olinadi va ularning kultural, serologik va
biologik hossalari o‘rganiladi, ya’ni turlari va serovarlari aniqlanadi. Ayrim hollarda ajratilgan
kultura yoki ovqat qoldiqlari bilan biologik probalar qo‘yiladi. Retrospektiv diagnoz qo‘yish
uchun kasallikning 8-10 kunlarida rekonvallessentlarning qon
zardobi bilan asosiy
qo‘zg‘atuvchilarning diagnostikumlari bilan Vidal reaksiyasi qo‘yiladi.
Antibiotiklar-streptomitsin, levomitsin, xlortetrotsiklin va tetroatseklin, oshqozonni yuvish,
glyukoza va fiziologik eritmalar quyish yaxshi natija beradi.
Veterenar-sanitar nazoratini kuchaytirish, ya’ni go‘sht va go‘sht mahsulotlarini doimiy
tekshirib turish, oziq-ovqat sohasida ishlovchilarni bakteriya tashuvchilikka tekshirib turish va h.z.
65
Ayrim hollarda ovqatdan zaxarlanish shartli patogen mikroblari tomonidan ham chaqirilishi
mumkin (proteus morgani, Pr. miriabilis, Pr. rettgeri, Pr. incostans, E.Coli va b.).
Salmonellalar ko‘pchilik hollarda bolnitsa ichi kasalligini ham chaqiradi. Bunda
S.tiphymirium ko‘proq uchraydi va ayrim hollarda S.heidelberg, S.derby, S. Haifa, S. Wien va
boshqalar qatnashadilar. Bu salmonellalar barcha xususiyati jihatidan yuqorida ko‘rsatilgan
salmonellalardan farq qilmayd
9
i
.
YOsh bolalarda bolnitsa ichi kasalligi uzoqroq davom etadi va og‘irroq kechadi, ularda og‘ir
intoksikatsiya va oshqozon-ichak traktining kuchli shikastlanishi kuzatiladi. Bolalarda salmonellez
intoksikatsiyasi natijasida modda almashinuv va gipotalamus ishi buziladi. Emizikli bolalarda
ko‘p suv va tuz yo‘qotishlari natijasida toksikoz va suvsizlanish holatlari kuzatiladi. YOsh
bolalarda ayniqsa stafilokokkli viruslar, esherixiyalar chaqirgan kasalliklarga yoki pnevmoniyaga
salmonellez qo‘shilsa ularda sepsis yoki meningit rivojlanib kasallik nihoyatda og‘ir o‘tishi
mumkin.
Laboratoriya diagnostikasi, davosi, profilaktikasida boshqa salmonellalardan farqi yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: