Orqa miya suyuqligi, burun-xalqum suyuqligi, assit bulon va agarga, qonli agarga ekilib,
ajratilgan kulturani xossalari, fermentativ xossalari, serologik xossalari o‘rganiladi va burun-
xalqumda
uchraydigan
kataral
meningokokklardan
(Neiseria
catarhalis)
farqlanadi,
differensatsiya
qilinadi,
shu
jumladan
xalqumda
uchraydigan
saprofitlardan
ham.
Meningokokklar maltozani parchalaydi, Neiseria catarhalis parchalamaydi.
8
Orqa miya suyuqligi bilan pretsipitatsiya reaksiyasi qo‘yiladi.
DAVOSI: Antibiotiklar, sulfanilamidlar.
PROFILAKTIKASI: Umumiy kasalni ajratish, karantin e’lon qilish, shamollashdan
saqlanish va h.k.
GONOKOKKLAR.
8
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
62
Gonorreya va blenorreya qo‘zg‘atuvchisi Neisseria gonorrhoeae, 1879 yilda A.Neyser
tomonidan yiringdan topilgan va 1885 yil E.Bauman tomonidan batafsil o‘rganilgan. Gonokokklar
Neisseria avlodiga Neisseriaceae oilasiga kiradi.
MORFOLOGIYASI: meningokokklarga o‘xshash, diametri 0,6-1 mkm, juft holdagi
loviyasimon (kofesimon) kokk bo‘lib gr(-), hujayra ichi va tashqarisida joylashadi, spora hosil
qilmaydi, xivchini yo‘q, juda o‘zgaruvchan (polimorf). Antibiotiklar ta’sirida tez o‘zgaradi –
kattalashadi, gr(+) bo‘lib qoladi.
O‘STIRILISHI: Aerob, oddiy muhitda o‘smaydi. Odam organizm hujayrasida, oqsil tutuvchi
muhitlarda (qon, zardob, oqsil suyuqligi qo‘shilgan) yaxshi o‘sadi. Muhiti Ph 7,2-7,6, optimal
o‘sish t
o
si 37
o
S.
25 va 42
o
S da o‘smaydi, namlikni yaxshi ko‘radi, yaxshi ko‘rgan muhitlari – assitlik agar va
bulon, tuxum sarig‘i qo‘shilgan muhit. Qattiq muhitlarda yumaloq, tiniq, diametri 1-3 mm ga teng
koloniya hosil qilib o‘sadi. Assitlik bulonda bir necha kundan so‘ng cho‘kmaga tushuvchi parda
hosil qilib o‘sadi.
FERMENTATIV XOSSASI: faqat glyukozani K hosil qilib parchalaydi. Fermentativ
jixatdan aktiv emas.
TOKSIN HOSIL QILISHI: Ekzotoksin hosil qilmaydi. Bakteriyani parchalanishida
endotoksin ajralib chiqadi, u hayvonlar uchun ham zaharlidir.
ANTIGEN TUZILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI: Antigen strukturasi protein va
polisaxarid fraksiyalari bilan bog‘liq. Gonokokklarning 7 ta gruppasi mavjud bo‘lib, ulardan 4 tasi
gruppospetsifik – A, V
1-4
, S, D va 3 tasi tipospetsifik – E, F, D antigenlarga ega. V
1-4
va D
antigenlari gonokokklar va meningokokklar uchun umumiy bo‘lib hisoblanadi.
CHIDAMLILIGI: Past t
o
ga nihoyatda chidamsiz. Quruqlikda ham chidamsiz. Nam
buyumlarda 1 sutkagacha saqlanadi. 56
o
S da 5 minutda o‘ladi. Nordon azot-kumushning 1:1000
va fenolning 5% li eritmalarida bir necha daqiqada o‘ladi.
HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Hayvonlar uchun patogen emas.
ODAMLARDA KASALLIK VA PATOGENEZI: Kasallikning manbai faqat kasal odam.
Kasallik jinsiy aloqa orqali, ba’zan kasal ishlatgan buyumlar orqali (sochiq, machalka) yuqadi.
YUqish yo‘li uretra va bachadon bo‘yni shilliq qavati orqali. Ayollarda bachadon, bachadon
naylari, tuxumdonning yallig‘lanishi, qizlarda vulvovagenit kuzatiladi. Erkaklarda urug‘ning,
prostat bezini yallig‘lanishi (prostatit), ko‘pincha surunkali yallig‘lanish kuzatiladi. Bachadon
bo‘ynidan gonokokklar to‘g‘ri ichakka ham o‘tishi mumkin. Noto‘g‘ri davolash va davolanish
natijasida kasallik bo‘g‘imlarda, endokardga o‘tishi va qonga o‘tib “sepsis” chaqirishi mumkin.
Kasallik surunkali holga ham o‘tishi mumkin. Gonokokklar gonorreyali kon’yuktivit, kattalar va
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga “blennorreya”ni chaqirishi mumkin.
IMMUNITETI: Tug‘ma immmuniteti yo‘q. kasallikdan so‘ng ham immunitet qolmaydi.
Kasalning qonida antitelolarni (agglyutinin, pretsipitin, opsonin, KB-chi tanachalari) topish
mumkin, lekin ular organizmni kasallikdan himoya qilmaydi. SHuning uchun ham kasallikda tana
haroratini ko‘tarilishi bilan organizmning umumiy qarshiligi ham ko‘tariladi.
LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Mikroskopik tekshirish uchun uretra, qin, vulva,
bachadon bo‘ynidan, prostatadan, to‘g‘ri ichak shilliq pardasidan, kon’yuktivadvn, spermadan,
siydik cho‘kmasidan material olinadi. Surtma Gramm usuli va Leffler usuli metil ko‘ki (sinkasi)
bilan bo‘yab tekshiriladi. Natija chiqmasa, u holda olingan materiallarni sof kulturasini olish
uchun ekiladi. Kasallikning surunkali va asoratli darajalarida KBR-Borde-Mantu va allergik
sinama qo‘yiladi.
DAVOSI: Antibiotiklar: penitsillin, gentamitsin, polimiksin va sulfanilamidlar – streptocidi,
norsulfasoli, sulfacili yoki pronilin yuborish.
63
PROFILAKTIKASI: Umummiy sanitar qoidalarga rioya qilish. YAngi tug‘ilgan chaqaloqlar
ko‘ziga 2% li kumush nitrat eritmasidan tomiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |