Toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi mikrobiologiya, virusologiya va



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/281
Sana09.03.2022
Hajmi3,97 Mb.
#487540
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   281
Bog'liq
mikrobiologiya virusologiya va immunologiya

 
 
Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi 
Ko‘k yo‘t al bol al arda uchra ydi gan o‘tki r yuqumli kasal li k bo‘li b, o‘zi ga xos
kuchli bo‘g‘ilib yo‘tallish bilan kechadi. ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi 1906 yili 
j.borde va o.j angul ar tomonidan bemordan ajratib oli ngan. 1937 yi li 
ko‘kyo‘talning engil shakli bilan og‘rigan boladan b. pertussis ga o‘xshash 
mikroorganiz mni eldring va kendrikl ar aj rat ib olib, unga b. parapert ussis , b. 
bronchisepti ca deb nom berdil ar.
Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi kokkobakteriyalar mayda, kalta, tayoqcha shaklida bo‘lib, ikki 
uchi bir oz bukilgan, uzunligi 0,5-1,2 mkm, eni 0,2-0,4 mkm. virulent turlarida kapsulasi bor, 
xarakatsiz. Gram manfiy. 


68 
Ko‘kyo‘tal mikrobi qat’iy aerob, oddiy oziq muhitlarida o‘smaydi, chunki bunda yog‘ 
kislotalari to‘planib, bakteriyalarning ko‘payishini to‘xtatadi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisini qon 
aralashtirilgan kartoshka-glitserinli 25% muhitlarda (Borde-Jangu ozig‘i) ko‘paytiriladi. Hozir 
yarim sintetik kazein-ko‘mirli qonsiz agarda (KKA muhit) keng foydalaniladi, chunki bu muhit 
arzon va oson tayyorlanadi. Oziq muhitida ko‘kyo‘tal mikrobi 24-72 soatdan so‘ng mayda, 
bo‘rtgan, simob tomchilariga o‘xshash yaltiroq, qora rangli koloniyalar hosil qiladi. Ko‘kyo‘tal 
mikroblari mayda, diametri 1-2 mm yaltiroq, chetlari tekis bo‘rtgan S-shaklidagi koloniyalar (I-II 
f) hosil qilib, o‘ziga xos, ya’ni gomologik immun zardoblar bilan agglyutinatsiya reaksiyasini 
beradi. 
Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisining eski kulturasi, aksincha yirik, diamtri 3-4 mm bo‘lgan, 
chetlari notekis, yassi R-1 shakldagi koloniyalar (III-IV f) hosil qiladi. 
Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi biokimyoviy xususiyati bo‘yicha faol emas, qand, oqsil va 
mochevinalarni parchalamaydi, nitratlarni qaytarmaydi, katalaza hosil qiladi. 
Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi temperaturaga chidamsiz ekzotoksin ishlab chiqaradi. 
Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi gialuronidaza, letsitinaza, gemagglyutinlarni hosil qiladi va quyon, 
qo‘y, buzoq va odam qonidagi zardobni ivitadi. 
Bordotella urug‘iga mansub bakteriyalar O-antigen va turli maxsus agglyutininlarga ega 
B.pertussis turiga agglyutinogen-1; parapertussis ga 14, B. Bonchisepticis-12 agglyutininlar xos. 
Ko‘kyo‘tal va parako‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchisi fizik va kimyoviy omillar, tashqi muhitga 
chidamsiz, quyosh nuri va dezinfeksion moddalar ta’sirida tezda o‘ladi. Ko‘kyo‘tal bilan tabiiy 
sharoitda hayvonlar kasallanmaydi. 
Ko‘kyo‘tal bilan odatda bolalar og‘riydi. Kasallik tipik simptomlar va siklik tarzda o‘tishi 
bilan ta’riflanadi. Ko‘kyo‘tal qo‘zg‘atuvchilari yuqori nafas yo‘llari orqali organizmga kirib, 
traxeya va bronxlar shilliq pardasining kataral yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.
Kasallikning kataral davri 2 xafta chamasi davom etadi va nafas bo‘g‘ilib qoladigan darajada 
tutib turadigan yo‘tal bilan davom etuvchi konsulsiv (talvasali) davriga o‘tadi, bunda goho har xil 
tashqi ta’sirotlar (tovush, bemorni ko‘zdan kechirish, in’eksiya qilish) tufayli yo‘tal tutib 
qolaveradi. Konsulsiv davri 4-6 xafta davom etadi va yo‘tal xurujlari qolib ketganidan keyin 
sog‘ayishi bilan tugallanadi. Bemorlar, shuningdek sog‘lom bakteriya tashuvchilar infeksiya 
manbai bo‘lishi mumkin. Kasallikning kataral davrini boshidan kechirayotgan bemorlar kasallik 
yuqtiruvchi manba sifatida ayniqsa xavflidir. Kasallikning asosiy o‘tish yo‘li havo-tomchi yo‘lidir. 
Ko‘kyo‘tal bakteriyalari tashqi muhitda kam chidamli bo‘lgani uchun buyumlar infeksiya 
yuqishida rol o‘ynamaydi. Kasallikdan so‘ng mustaxkam va uzoq davom etadigan immunitet 
qoladi. 
Laboratoriya diagnostikasi uchun bakteriologik usul qo‘llaniladi. SHu maqsadda bemordan 
balg‘am yoki xalqum va burundan shilliq modda olinib Borde-Jangu, sut-qonli yoki gidrolizat-
kazeinli, kazein-ko‘mirli muhitlarga ekiladi. Begona mikrofloralar o‘sishini to‘xtatish uchun oziq 
muhitlarga penitsillin qo‘shiladi, 3-5 kundan so‘ng oziq muhitlarda koloniyalar o‘sib chiqadi, 
so‘ngra ulardan sof kulturaajratib olinib, uning morfologiyasi, o‘sishi, biokimyoviy, antigenlik va 
biologik xususiyatlari o‘rganiladi. Teri-allergik sinamasi ham qo‘llaniladi. Ko‘kyo‘tal mikrobni 
tezda aniqlash uchun tezkor immunoflyuoressent usuldan foydalaniladi. 
Kasallikning oldini olish uchun umumiy profilaktika choralari ko‘riladi. Hozirgi vaqtda 
adsorbsiya qilingan ko‘kyo‘tal-bo‘g‘ma qoqshol vaksinalar (AKDS) bilan bolalar emlanadi. Bu 
vaksina tarkibida 40 mlrd. o‘ldirilgan ko‘kyo‘tal mikroblari bo‘ladi. AKDS vaksina bilan bolani 2, 
3, 4, 16 oyligida emlanadi.
SIL QO‘ZG‘ATUVCHISI 
Mikobakteriyalar oilasiga sil qo‘zg‘atuvchisi – Mycobacterium tuberculosis va moxov 
qo‘zg‘atuvchisi – Micobacterium liprae kiradi. Mikroorganizmlar hujayra pardasida yog‘-
mumsimon moddalar ko‘p bo‘lganligi uchun ular kislota, spirt va ishqorlarga chidamli bo‘lishi 
bilan ajralib turadi, ularni bo‘yash uchun konsentrlargan bo‘yoqlar va qizdirish usulidan 
foydalaniladi (Sel-Nilsen metodi). Bo‘yalgan mikobakteriyalar qiyinchilik bilan rangsizlanadi. 
Ularning ko‘pchiligi – tuproqda, ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarida yashovchi saprofitlardir. 
Sil qo‘zg‘atuvchisini Mycobacterium tuberculosis 1882 yili R. Kox kashf etgan.


69 
Morfologiyasi va biologik xossalari. 
Mycobacterium lar shu tipik vakillari bo‘lib, kislotalar ta’siriga hammadan ko‘ra ko‘proq 
chidaydi. Balg‘am yoki organlardan tayyorlangan surtmalarda mikobakteriyalar kattaligi 1,5-4x4 
mkm keladigan kichkina, ingichka tayoqcha shaklida ko‘rinadi, gram musbat. Sun’iy oziq 
muhitlarida tarmoqlanadigan formalar hosil qilishi mumkin. Sil mikobakteriyalari ko‘p darajada 
polimorf bo‘ladi: tayoqchasimon, donador, ipsimon, kokksimon, filtrlanadigan va L- formalari 
uchraydi. 
Patogen mikobakteriyalarning 4 ta tipi tafovut qilinadi. 
Mycobacterium tuberculosis (odamlarga xos tipi). 
Mycobacterium bovis (xo‘kizlarga xos tipi). 
Mycobacterium avium (parrandalarga xos tipi). 
Mycobacterium tuberculosis mirium (dala sichqonlarga xos tipi). 
Sil mikobakteriyalarining hamma tipi morfologik jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lib, bir 
xildagi oziq muhitlarda o‘sadi. 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish