107
Xenks) qo’shiladi 30 minut sentrifuga (3000 aylanma/min.) qilinadi. Olingan cho’kma usti
suyuqligi pipetkalar yordamida ajratib olinib muzlatkichlarda saqlanadi.
Fermentativ gidrolizat saqlovchi oziq muhitlar. Ko’proq sut laktoalbuminining gidrolizati va
kozein va shoxli hayvonlarni oqsil gidrolizatlari ishlatiladi. Bu gidrolizatlardan oziq muhit
tayyorlashda ularga tuzli eritmalar va 2, 4 va 10% gacha zardoblar qo’shiladi.
Sun’iy muhitlar. Bular ma’lum kimyoviy moddalardan tayyorlaniladi,
shuning uchun ular
doimiy va aniq tarkibga ega bo’ladi. Ular tabiiy moddalarga o’xshab ballast (begona oqsillar)
tutmaydi. Bu muhitlar ancha murakkab tarkibga (aminokislotalar, vitaminlar, pirimidin,
uglevodlar, mineral tuzlar va bosh. moddalar) ega bo’ladi. Bularga 199, Igla muhitlari kiradi.
Hujayra kulturalari.
Hujayra
kulturasi odam, hayvonlar, yoki parandalar va boshqa
biologik ob’ektlar to’qimasidan tayyorlanadi. Hujayra kulturasini tayyorlash
quyidagi bir necha
ketma-ket bosqichdan iborat:
-
to’qimani olish, qondan, keraksiz to’qimalardan tozalash va maydalash.
-
tripsin ta’sir ettirib, hujayralarni bir-biridan ajratish.
-
hosil bo’lgan bir jinsli hujayralar suspenziyasini yuvib, tripsindan tozalash.
-
tayyorlangan hujayra kulturalarini sanash va hujayrani ma’lum miqdordagi
suspenziyasini tayyorlash.
-
hujayra kulturalarini viruslarni undirishda qo’llaniladigan mahsus shisha probirka, flokon
(matraslar) larda, hujayralarning o’sishini ta’minlab beradigan oziqli muhitlar qo’shib saqlash.
Hujayra kulturalarini olishda va saqlashda yuqorida keltirilgan
oziqli muhitlardan
foydalaniladi.
Hujayra kulturalarini bakteriyalar bilan ifloslanib qolmasligi uchun, hujayra kulturalari bilan
ishlashda qa’tiy aseptik qoidalarga rioya qilgan holda maxsus steril bokslarda ish olib boriladi va
tekshirilayotgan materiallardagi qo’shimcha mikroflorani ko’payib ketishini oldini olish
maqsadida oziqli muhitlarga antibiotiklar qo’shiladi.
Hujayra kulturalarini tayyorlash usullari bo’yicha fiksasiyalangan to’qima bo’lakchalari
kulturasi, bir qavatli, suspenziyalangan va organ kulturasi tafovut qilinadi.
1) Bir qavatli hujayra kulturasi-
kimyoviy neytral shisha, plastika laboratoriya idishlari
yuzasiga bir qavat bo’lib ( monosloy) birikib oluvchi va ko’payuvchi hujayra kulturalaridir.
Virusologiya amaliyotida eng ko’p qo’llaniladi.
2) Suspenziyali hujayra kulturasi- oziqli muhitning hamma hajmida ko’payuvchi hujayralar
yig’indisi bo’lib, ular har doim aylantiruvchi magnit yordamida aralashtirib turiladi. Bunday
hujayra kulturalari virusologik amaliyotda vaksina preparatlari olishda qo’llaniladi.
3) Fiksasiyalangan to’qima bo’lakchalari kulturasi- maydalangan to’qima bo’lakchalari
tovuq plazmasiga solinadi. Plazmada hosil bo’lgan cho’kmaga to’qima bo’lakchalari
fiksasiyalanadi. Uning ustiga antibiotiklar
va Xenks eritmasi, embrion ekstraktidan tayyorlangan
suyuq suspenziya qo’shiladi.1-2 kundan kiyin to’qima bo’lakchalari atrofida plazma fibrinlaridan
hosil bo’lgan to’rda yangi hujayralar o’sa boshlaydi.
Fiksasiyalangan to’qima bo’lakchalari kulturasini olish va saqlash ancha murakkab jarayon
bo’lganligi sababli bu usulda olingan hujayra kulturalarini bir qavatli hujayra kulturasi amaliyotda
siqib chiqarmoqda.
3) Organ kulturasi – Birlamchi strukturasi o’zgarmagan ma’lum organ bo’lakchalari yoki
to’qima. Chegaralangan xolda qo’llaniladi.
Hujayra kulturasi va ularni undirib olish jarayonida bir qancha o’nlab generasiyalar (bir
ko’payish sikli) kuzatiladi. Hujayra kulturalarining hayot faoliyati saqlanib qoluvchi generasiya
sonlariga qarab bo’linadi:
birlamchi hujayra kulturalari, undiriladigan va yarim undiriladigan.
Do'stlaringiz bilan baham: