104
Viruslarning morfologik va ulturastrukturasini elektron mikroskop yordamida o’rganiladi.
Virionlar o’lchami jihatdan mayda (22-30 nm poliomielit), o’rta (80-120 nm gripp), katta
o’lchamda (00-350 nm chin chechak)
bo’lishi mumkin.Virionlarning shakli ham (rasm 30) turli ko’rinishlarda uchraydi. Shakli
tayoqchasimon ( tamaki bargi virusi), o’qsimon (qutirish virusi), sharsimon (gripp, paragripp,
gepatit V viruslari), ipsimon (flaviviruslar), kuboidal (chin chechak, ospa vaksina)
spermatozoidsimon
(bakteriofaglar) bo’lishi mumkin.
Viruslar genomi gaploid ko’rinishda bo’lib bir tipdagi nuklein kislotadan DNK yoki RNK
iborat, lekin retroviruslarda diploidli genom uchraydi. Virus genomi oltitadan birnecha yuz genlar
tutishi mumkin va ularning nuklein kislotalari – ikki ipli, bir ipli, chiziqli (lineyni), xalqasimon va
fragmentlangan bo’lishi mumkin.
RNK saqlovchi viruslarda faqat musbat ipli (+RNK) genom tutuvchi viruslar uchrab,
infeksion virus deb ham ataladi. Bu viruslarda transkripsiya kuzatilmaydi, virusning RNK si bir
vaqtni o’zida informasion (iRNK) vazifasini ham bajaradi.
Manfiy ipli RNK tutuvchi viruslarda esa RNK genomi faqat nasliy funksiyani bajaradi.
Virionlar tuzilishi jihatdan oddiy (yalang’oya) va murakkab (kiyingan) viruslarga bo’linadi.
Oddiy viruslarga ( shol, gepatit A), murakkab viruslarga (qizamiq, OITV, gepatit V,) kiradi.
Oddiy virionlar nuklein kislota va uni zich o’rab turgan oqsil qobig’i — kapsiddan iborat
(capsa- lotincha bo’lib g’ilof demakdir). Virionlarning kapsidlari o’z navbatida ketma ket keluvchi
subbirliklardan iborat bo’lib ularni kapsomerlar deb ataladi (rasm-31). Kapsomerlarni elektron
mikroskopda ko’rish mumkin, har bir virionlar oilasi uchun kapsomerlarni soni ularga xos
xisoblanadi. Masalan, adenoviruslar 252 ta , pikornoviruslar 60 ta kapsomerlar tutadi. Nuklein
kislotasi va kapsomer o’zaro birikib virusni nukleokapsidni hosil qiladi.
Murakkab virionlarni nukleokapsidi tashqi tomondan lipoproteinli qobiq bilan o’ralgan
bo’lib –superkapsid yoki peplos deb nomlanadi (rasm-31). Superkapsid tarkibida oqsillardan
tashqari, yog’ va uglevodlar lipo -, glikoproteinlar ko’rinishida uchraydi. Ba’zi viruslarda
glikoproteinlar supekapsid tarkibida tikanak ko’rinishida (gripp, pargripp viruslarda) bo’lishi
mumkin superkapsid ostida M, F oqsillar bo’lib, viruslar bilan zararlangan hujayralarning bir-biri
bilan qo’shilib ketishini taminlaydi, bu esa gigant ko’p yadroli simplast hujayralari hosil
bo’lishiga olib keladi va hujayralarning destruksiyasi bilan tugaydi. Bundan tashqari ba’zi viruslar
o’ta murakkab tuzilishlarga ega bo’lib virusning nuklein kislotasi oqsil qobiq bilan o’ralgan, uning
ustidan kapsid o’rab turadi (virus mag’izi), kapsid ustida esa virusni yana bir ichkiy matriks oqsil
qavati (M-qavat) bo’lib u super kapsidga birikib ketadi (OITV), chin chechak virusi tuzilishi esa
prokariot hujayralariga yaqin turadi.
Virionning kapsid kapsomerlari nuklein kislotani tashqi tomondan o’rab turganda ma’lum
simmetriya tiplarini shakllantiradi. Virionlarda uch hil simmetriya tiplari uchraydi: spiralsimon,
kubsimon va aralash.
Do'stlaringiz bilan baham: