106
D.I. Ivanovskiy chinni sham filtrlarni qo’llab viruslar olamini kashf qildi. Elektron
mikroskopni kashf qilinishi, viruslarni ko’rish, ularning ultra strukturalarini o’rganishni ochib
berdi. Gradient zichliklarda o’ta tez ultra sentrifugalarni qo’llash orqali viruslarning tozalangan
preparatlarini olish imkoniyatini va ularning kimyoviy tarkibini o’rganishga olib keldi.
Virusologiya fanini rivojlanishidagi asosiy omillardan biri, viruslarning o’stirib olish usullarini
ishlab
chiqilganligi hisoblanadi. Viruslar obligat parazitlar bo’lib, faqat tirik hujayralardagina ko’paya
olishi mumkin.
Viruslar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasalliklar diognostikasida zamonoviy usullar bilan bir
qatorda sinalgan turli xil viruslogik tekshirish usullari qo’llaniladi:
- elektron mikroskapiya usuli;
- sitoskapik, immunoflyuorissent usullar;
- hujayra kulturalarida viruslarni o’stirish va ajratib olish;
- rivojlanayotgan tovuq embirionida viruslarni o’stirish va ajratib olish;
- gemagglyutinasiya reaksiyasi yordamida viruslarni aniqlash;
- serologik reaksiyalar, an’anaviy serologik reaksiyalar (KBR,PR, NR) bilan bir qatorda
zamonoviy (IFA, RIU, immunbloting) usullar;
- molekulyar-genetik tekshirish usullari- molekulyar gibridizasiya (MG) va polimeraza
zanjirli reaksiya (PZR).
Asosan viruslarni laboratoriya sharoitida ajratib olishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
sezgir laboratoriya hayvonlarga yuqtirish, rivojlanuvchi tovuq embrionida va hujayra kulturasida
o’stirish.
Viruslarni undirib olishda hujayra kulturalari muhim ahamiyatga egadir.
Hujayra kulturasi- sun’iy sharoitda o’sish va ko’payish qobiliyatiga ega bo’lgan, odam va
hayvonlarning to’qima hujayralaridir.
Hujayra kulturalarini olish, qo’llashda 4 ta muhim bo’lgan muommalarni hal qilishga to’g’ri
keladi, bularga kiradi:
1. Bir-biridan chegaralanib yotgan, miqdoriy jihatdan yetarili hujayralarni olish.
2. Bu hujayralarni saqlash va ko’payishini taminlovchi oziq muhitlarni qo’llash.
3
.
Hujayra kulturalarida bakteriyalarning ko’payib ketmasligi uchun chora tadbirlar qo’llash.
4. Viruslarni hujayra kulturalarida ko’pyayotganligini (indikasiya) aniqlash va ularni bir-
birdan (identifikasiya) saralash.
Virusologik amaliyotda qo’llaniladiga oziqli muhitlar. Hujayra kulturasini saqlash va
ko’paytirishda murakkab tarkibga ega bo’lgan muhitlar qo’llaniladi. Bu muhitlar tarkibiga
aminokislotalar, vitaminlar, odam yoki hayvon qon zardobi, mineral tuzlar kiradi va ularning rN
buferli eritmalar stabil saqlaydi.
Hujayra kulturalari uchun tayyorlangan ko’pgina oziqli muhitlar tarkibi tuzli eritmalardan
iborat. Virusologik amaliyotda turli eritmalar hujayra kulturalarni organizimdan tashqarida
yashashini taminlaydi va ularni tayyorlash jarayonida to’qima va hujayralarni yuvishda
qo’llaniladi va virusologik oziq muhitlarni tayyorlashda asosiy manba bo’lib hisoblanadi.
Amaliyotda eng ko’p Xenks va Erl tuzli eritmalari ishladiladi (jadval 8).
Virusologik amaliyotda qo’llaniladiga oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab farqlanadi:
1. Tabiiy oziq muhitlar (kam qo’llaniladi);
2. Oqsil moddalarning fermentativ gidrolizatlari;
3. Sun’iy oziq muhitlar.
Do'stlaringiz bilan baham: