Ma’naviy sohada. Ma’naviy qadriyatlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, o‘zligimizni chuqurroq anglash, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasi tamoyillarini xalqimizning qalbi va ongiga singdirish, muqaddas dinimiz va tariximizni soxtalashtirish, ulardan siyosiy maqsadlarda foydalanishlarga yo‘l qo‘ymaslik – bu boradagi asosiy vazifalarimizdir. Ushbu vazifalar Milliy g‘oyaning ma’naviy sohada namoyon bo‘lishining asosiy tamoyillarini belgilaydi.
YAngi jamiyatni barpo etish jarayonida, eng avvalo, ma’naviy qadriyatlarni to‘g‘ri baholay olishni, soxta qadriyatlardan yoki tarixan eskirgan, o‘zidagi bunyodkorlik va ijobiy salohiyatni sarflab bo‘lgan qadriyatlardan haqiqiy hayotbaxsh qadriyatni ajrata olishni o‘rganish lozim. Biror bir qadriyatga baho berilar ekan, uning mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, e’tiqodiy va axloqiy asoslarini qay darajada mustahkamlay olishi, xalqimizning umumjahon ijtimoiy taraqqiyotining faol sub’ektiga aylanishiga xizmat qila olishi bosh mezon bo‘lishi kerak.
Milliy qadriyatlarga, jumladan madaniy merosga ilmiy asosda to‘g‘ri yondashishning asosiy tamoyillariga xos mezonlar — insonparvarlik, vatanparvarlik, xalqchillik va taraqqiyparvarlikdir. Bu mezonlarning har birida milliylik va umuminsoniylik mujjassamlashgan. Ular mohiyatan umuminsoniy xarakterga ega bo‘lsa-da, har bir tarixiy davrda muayyan xalqlarning ehtiyojlarini yuzaga chiqaradi va ularni qondirishga xizmat qiladi. SHu bois ularning zamirida mujassam bo‘lgan umuminsoniylik mohiyati, milliy ehtiyojlarni muayyan milliy shaklda ifodalab va o‘z mazmunini ularga moslashtirgan holda yuzaga chiqadi. Mazkur mezonlarga nafaqat milliylik va umuminsoniylik, balki tarixiylik ham xos. YA’ni ular shaklan va mazmunan qotib qolgan andozalar mos holda emas, balki davr talablariga, jamiyat oldida turgan yangi vazifalarga mutanosib tarzda boyib, takomillashib boradi.
Mazkur tamoyillar milliy g‘oyamizning tarkibiy unsurlaridir. Zero, Milliy g‘oya butun jamiyat, butun millat, butun o‘zbekistonliklar uchun xizmat qiladi. Milliy qadriyatlarimizni baholaganda, ularning milliy g‘oyaga nechog‘lik mos ekanini nazarda tutamiz. Lekin biz baholash jarayonida faqat alohida bir inson, muayyan ijtimoiy guruh, biror bir etnos, manfaatni emas, balki umuminsoniy jamiyatimiz, barcha o‘zbekistonliklar manfaatini nazarda tutamiz. SHu bois, yuqorida zikr etilgan mezon va tamoyildan foydalanib, madaniy merosimizni va bugun ayrim yot mafkuraviy poligonlar tomonidan targ‘ib etilayotgan ba’zi g‘oyalarni tahlil etsak, ularda insonning erkin rivojiga, o‘z orzu-intilishlariga mos holda yashashiga, xalqimizning psixologiyasi, maqsad-muddaolari, Vatan manfaatlari va zamonaviy taraqqiyot talablariga mos kelmaydigan unsurlarni, g‘oyalarni yaxshi payqab olamiz.
YAngi jamiyatni barpo etishda ma’naviy sohada quyidagi vazifalarni bajarishimiz lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |