Birinchi. Integratsiyalashish bo‘lib, bunda demokratiyalashish va milliy chegara doirasida qolib ketmaslik muhim hisoblanadi.
Ikkinchi. Globallashish xususiyati. U insonparvarlashish va jamiyat hayotining hamma sohalariga ta’sir ko‘rsatishda ifodalanadi.
Uchinchi. Differetsiyalashish xususiyati. U siyosiylashish va inson umrining barcha bosqichlariga umumiy ta’sir ko‘rsatishda ko‘zga tashlanadi.
Mafkuraviy jarayonlarni globallashtiruvchi va universallashtiruvchi omillar:
Iqtisodiy munosabat va aloqalarning kuchayishi
ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning kengayishi
Axborot va aloqa kommunikatsiyalarining taraqqiyoti
Ma’naviy munosabatlar va madaniy aloqalar ko‘lamining ortishi
fundamental ilmiy kashfiyotlar va fan yutuqlarining ko‘payishi
Texnik va texnologik yutuqlarning o‘sishi.
Bugungi dunyoda misilsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularning butun kurash zaminini qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. Bu jarayonlar jahon taraqqiyotining muhim xususiyati ekanini e’tirof etgan holda, ularning kuchli mafkuraviy ta’sir vositasi ekaninni ham unutmasligimiz darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |