Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kaedrasi "iqtisodiyot nazariyasi"


-MAVZU. IQTISODIYOTNING SIKLLIGI VA MAKROIQTISODIY BARQARORLIK



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/231
Sana16.01.2022
Hajmi2,19 Mb.
#372505
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   231
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

12-MAVZU. IQTISODIYOTNING SIKLLIGI VA MAKROIQTISODIY BARQARORLIK. 
YALPI ISHCHI KUCHI, UNING BANDLIGI VA ISHSIZLIK 
 
1. Iqtisodiy muvozanatlik, uni ta'minlash shart-sharoitlari va      aniqlash usullari 
2. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari 
3. O`zbekistonda iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o`zgartirishdagi       vazifalari 
4. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning sikliligi. Iqtisodiy inqirozlar 
5. Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari 
6. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Siklning iqtisodiyotni alohida  
      sohalariga ta'siri 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
Iqtisodiy inqiroz – ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishidir. 
Iqtisodiy  sikl  –  ishlab  chiqarishning  bir  iqtisodiy  inqirozdan  ikkinchisi  boshlangunga  qadar 
takrorlanib turadigan to`lqinsimon harakati. 
Turg`unlik (depressiya) – ishlab  chiqarishning  bir  joyda depsinib turishini  bildiradi  va  bu  fazada 
iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart – sharoit vujudga kelish nihoyasiga etadi. 
Jonlanish  –  iqtisodiy  siklning  ishlab  chiqarishning  barqaror  kengayib  borishiga  o`tishini 
xarakterlovchi fazasi. 
Yuksalish  –  iqtisodiy  siklning  iqtisodiyotda  to`liq  bandlikka  erishilishi,  ishlab  chiqarishning 
inqirozdan oldingi darajadan  ham  ortib ketishi  va to`lovga layoqatli talabning kengayib  borishini 
xarakterlovchi fazasi. 
Tarkibiy  inqirozlar  – iqtisodiyotning ayrim  tarmoqlari  va  sohalari rivojlanishi o`rtasidagi  chuqur 
nomutanosibliklarni ifodalaydi. 
Agrar inqirozlar – qishloq xo`jaligida ro`y beradigan iqtisodiy inqirozlar bo`lib, sikllik xarakterga 
ega bo`lmaydi va sanoat sikllariga qaraganda ancha uzoq davr davom etadi. 
Ishchi  kuchini  takror  hosil  qilish  –  insonning  jismoniy  kuchlari  va  aqliy  qobiliyatlarini  uzluksiz 
qayta tiklash va ta'minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, 
umumiy  bilim  va  kasbiy  darajasi  o`sishini  ta'minlash,  qarigan  ishchilar  o`rnini  bosadigan  yosh 
ishchilar avlodini etishtirish demakdir. 
Ishsizlik  –  mehnatga  layoqatli  bo`lib,  ishlashni  xohlagan,  lekin  ish  bilan  ta'minlanmagan  ishchi 
kuchi. 
Friktsion ishsizlik – malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o`rinlar bo`shashini kutayotganlar. 


116 
 
Tarkibiy  ishsizlik  –  ishlab  chiqarish  va  yalpi  talab  tarkibidagi  o`zgarishlar  natijasida  vujudga 
keladigan ishsizlik. 
Tsiklik  ishsizlik  –  iqtisodiy  siklning  inqiroz  fazasi  bilan  bog`liq  ravishda  vujudga  k eladigan 
ishsizlik. 
Ishsizlik darajasi – ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizli nisbati. 
Ouken  qonuni  –  ishsizlik  darajasi  va  YaMM  hajmining  orqada  qolishi  o`rtasidagi  nisbatning 
matematik ifodasi. 
1-Makroiqtisodiy 
beqarorlik 
va 
iqtisodiyotning 
tsiklligi. Iqtisodiy inqirozlar. 
Har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlangan mamlakatlar ham iqtisodiy o`sishga, 
hamda  to`liq  bandlilik  va  narxlarning  barqaror  darajasiga  erishishga  harakat  qiladi,  ammo  uzoq 
muddatli  iqtisodiy  o`sish  bir  tekis  va  uzluksiz  bormaydi,  u  iqtisodiy  beqarorlik  davrlari  bilan 
uzulib  turadi.  Iqtisodiy  o`sish  ketidan  doimo  tanazzul  kelib  turadi.  Vaqti-vaqti  bilan  ob'ektiv 
qonunlarning  o`zgartirib  bo`lmaydigan  ta'siri  ostida  takror  ishlab  chiqarish  harakatida  uzilishlar 
paydo  bo`ladi  va  bu  uzilish  iqtisodiyot  nomutanosibliklarining  keskin  shaklda  namoyon 
bo`lishidir. 
Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatidan, yoki bir inqirozdan 
ikkinchisi  boshlangunga  qadar  takrorlanib  turadigan  to`lqinsimon  harakati  tushuniladi.  Sikl 
inqiroz,  turg`unlik,  jonlanish,  yuksalish  fazalarini  o`z  ichiga  oladi.  Ana  shu  fazalarning  har  biri 
rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o`tish uchun sharoit yuzaga keladi. 
Inqiroz ishlab chiqarishning  pasayishida ifodalanadi  va  siklning  qayd etuvchi ifodasidir.  U bir 
siklni  nihoyasiga  etkazib,  yana  muqarar  ravishda  inqiroz  bilan  tugaydigan  yangisining 
boshlanishiga  asos  soladi;  inqiroz  vaziyatda  asosiy  kapitalning  ortiqcha  jamg`arilishi  uning 
hamma  funktsional  shakllarida  namoyon  bo`ladi.  Inqirozdan  keyin  turg`unlik  keladiki,  uning 
davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi. 
Jonlanish  fazasining  boshlanishi  ozmi-ko`pmi  darajada  barqaror  ishlab  chiqarishning 
kengayishiga o`tishni bildiradi. 
Ish  bilan  ta'minlanish  darajasining  ortishi  va  foydalarning  tez  o`sishi  jonlanishning  yuksalish 
bosqichiga  o`sib-o`tishiga  ko`maklashadi.  Yangi  sikl  yuksalishning  boshlang`ich  nuqtasi 
hisoblanadi. Yuksalish fazasida ish kuchiga bo`lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha 
kamayishiga  hamda  ish  haqining  o`sishiga  olib  keladiki,  buning  oqibatida  iste'mol  tovarlariga 
to`lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o`z navbatida, iste'mol tovarlari ishlab 
chiqaruvchi  tarmoqlarga,  bozorni  kengaytirishga  jadal  turtki  beradi.  Raqobat  va  foyda  ketidan 
quvish  oqibatida  nomutanosibliklarning  to`planib  borishidan  iborat  zanjirli  reaktsiya  tezlashadi. 
Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo`lib qoladi. 
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo`yicha keskin farqlanadi. Shu 
bilan  birga  ularning  hammasi  bir  xil  fazalarga  ega  bo`ladi  va  har  xil  tadqiqotchilar  tomonidan 
turlicha  nomlanadi.  6-chizmada  ko`pchilik  iqtisodchilari  tomonidan  tan  olingan  iqtisodiy  sikl 
ko`rsatilgan.  Siklning  eng  yuqori  nuqtasida,  iqtisodiyotda  to`liq  bandlilik  kuzatiladi  va  ishlab 
chiqarish to`liq yoki deyarli to`liq quvvat bilan ishlaydi. Siklning bu fazasida narx darajasi o`sish 
tamoyiliga ega bo`ladi, iqtisodiy faollikning o`sishi to`xtaydi. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish