Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kaedrasi "iqtisodiyot nazariyasi"


-MAVZU. ISTE'MOL, JAMG`ARMA VA INVESTITSIYALAR



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/231
Sana16.01.2022
Hajmi2,19 Mb.
#372505
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   231
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

1-MAVZU. ISTE'MOL, JAMG`ARMA VA INVESTITSIYALAR 
1. Iste'mol va jamg`armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o`zaro bog`liqligi 
2. Jamg`arishning mohiyati, omillari va samaradorligi 
3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar 
Asosiy tayanch tushunchalar 


110 
 
Iste'mol  –  jamiyat  iqtisodiy  ehtiyojlarini  qondirish  maqsadida  ishlab  chiqarish  natijalaridan  va 
ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi)dan foydalanish jarayonini bildiradi. 
Shaxsiy  iste'mol  –  iste'molchilik  xarakteridagi  ne'matlar  va  xizmatlardan  bevosita  foydalanishni, 
ya'ni ularning individual tarzda iste'mol qilinishini bildiradi.  
Unumli  iste'mol  –  ishlab  chiqarish  jarayonida  ishlab  chiqarish  vositalari  va  ishchi  kuchidan 
foydalanishni anglatadi.  
Iste'molchilik  sarflari  –  aholi  daromadlarining  tirikchilik  ne'matlari  va  xizmatlar  uchun 
ishlatiladigan qismi. 
Jamg`arma  –  aholi,  korxona  (firma)  va  davlat  joriy  daromadlarining  kelajakdagi  ehtiyojlarini 
qondirish va foizli daromad olish maqsadida to`planib borilishi. 
Iste'molga o`rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste'molga ketadigan ulushi. 
Jamg`armaga o`rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamg`armaga ketadigan ulushi. 
Iste'molga  qo`shilgan  moyillik  –  shaxsiy  daromad  o`sgan  qismining  iste'mol  qilinadigan  qismi 
yoki ulushi. 
Jamg`armaga  qo`shilgan  moyillik  –  shaxsiy  daromad  o`sgan  qismining  jamg`armaga  ketadigan 
hissasi. 
Iqtisodiy  jamg`arish  –  milliy  daromadning  bir  qismidan  asosiy  va  aylanma  kapitallarni, 
shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko`paytirish uchun foydalanish. 
Jamg`arish normasi – jamg`arish fondining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi. 
Kapital quyilmalar – asosiy kapitalni kengaytirish va uni takror ishlab chiqarishga qilinadigan 
sarflar. 
Investitsiyalar  – ishlab  chiqarishni  va xizmat ko`rsatish  sohalarini kengaytirishga, ya'ni asosiy 
va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo`yilmalar.  
1- Iste'mol va jamg`armaning iqtisodiy mazmuni 
hamda ularning o`zaro bog`liqligi 
Milliy  iqtisodiyotda  yangidan  vujudga  keltirilgan  qiymat,  ya'ni  milliy  daromad  iste'mol  va 
iqtisodiy jamg`arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste'mol keng ma'noda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini 
qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni, uni iste'mol qilishini 
bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste'mol farqlanadi.  
Unumli iste'mol bevosita ishlab  chiqarish jarayoniga tegishli bo`lib, ishlab  chiqarish  vositalari 
va inson ishchi kuchining iste'mol qilinishini, ya'ni ulardan foydalanish jarayonini anglatadi.  
Shaxsiy iste'mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro`y berib, bunda iste'mol buyumlaridan 
bevosita foydalaniladi yoki ular to`liq iste'mol qilinadi.  
Iste'mol  jarayonida  turli  xil  moddiy  va  ma'naviy  ne'matlardan  foydalaniladi.  Iste'mol 
qilinadigan  ne'mat  turiga  bog`liq  ravishda  moddiy  ne'matlarni  va  xizmatlarni  iste'mol  qilish 
ajratiladi.  
Individual  yoki  jamoa  bo`lib  iste'mol  qilish  ham  farqlanadi.  Alohida  oila  yoki  jamiyat 
a'zolarining  ixtiyorida  bo`lgan  moddiy  ne'matlarni  iste'mol  qilish  individual  iste'molga  jamiyat 
a'zolarining  guruhlari  moddiy  ne'mat va  xizmatlardan  foydalanishi jamoa  bo`lib iste'mol  qilishga 
kiradi.  
Iste'mol  fondi  mablag`laridan  butun  iqtisodiyot  doirasida  band  bo`lgan  xodimlarning  moddiy 
va  madaniy  ehtiyojlarini,  shu  jumladan  boshqarish  va  mudofaa  ehtiyojlarini  qondirish  uchun 
foydalaniladi.  U  butun  aholining  shaxsiy  iste'molini,  aholiga  ijtimoiy  xizmat  qiladigan 
muassasalardagi,  shuningdek,  ilmiy  muassasalar  va  boshqarishdagi  moddiy  sarflarni  o`z  ichiga 
oladi. 
Iste'mol  fondining  shaxsiy  daromad  shaklida  xodimlar  qo`liga  kelib  tushadigan  qismi 
iste'molchilik sarflari maqsadida ishlatiladi. 
Iste'molchilik sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne'matlari va xizmatlar uchun 
ishlatiladigan qismi. 
Jamg`arma  –  bu  aholi,  korxona  (firma)  va  davlat  joriy  daromadlarining  kelajakdagi 
ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to`planib borilishi. 


111 
 
Uning  hajmi  uy  xo`jaliklari  daromadidan  iste'molchilik  sarflarini  ayirib  tashlash  yo`li  bilan 
aniqlanadi. 
Daromad  fondida  iste'molchilik  sarflari  ulushi  qanchalik  yuqori  bo`lsa  jamg`arma  hajmi 
shunchalik  kam  bo`ladi.  Jamg`armaning  o`sishi  esa  iqtisodiy  ma'noda  mablag`larning  iste'mol 
buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlarga yo`naltirilishini bildiradi.  
Shu  sababli  daromadda  iste'molchilik  sarflari  va  jamg`arma  nisbatining  o`zgarishi  bir  qator, 
ba'zan qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Birinchidan,  daromadlarning  qandaydir  qismini  jamg`armaga  qo`yish  oqibatida  u  tovarlarda 
bo`lgan  talabda  o`z  aksini  topmaydi.  Mahsulotning  har  qanday  hajmini  ishlab  chiqarishdan 
olingan  daromad  to`liq  sarflangandagina  jami  talabni  ta'minlash  uchun  etarli  bo`ladi.  Demak 
jamg`arma daromadlar - xarajatlar oqimida nomutanosiblik bo`lishiga olib keladi. 
Jamg`arma  daromadlardan  mablag`larni  olib  qo`yishni  bildirib  iste'molchilik  sarflar  barcha 
ishlab  chiqarilgan  mahsulotni  sotib olish uchun  etarli  bo`lmay  qolishini  bildiradi. Agar aholi  o`z 
daromadining  qandaydir,  qismini  jamg`arsa,  o`zining  xususiy  talabini  vujudga  k eltirmaydi. 
Buning natijasi sotilmay qolgan tovarlarning ko`payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik 
va daromadlarning pasayishi bo`lishi mumkin. 
Boshqa  tomondan  jamg`arma  talabning  etishmasligiga  olib  kelmasligi  ham  mumkin,  chunki 
jamg`arilgan  mablag`lar  tadbirkorlar  tomonidan  investitsion  maqsadlarda  ishlatiladi.  Bu 
iste'molchilik  sarflarining har  qanday  etishmasligini  qoplaydi  va jamg`arma keltirib  chiqaradigan 
iste'moldagi  har  qanday  etishmaslikni  to`ldiradi.  Uchinchidan,  korxonalar  ham  o`zining  barcha 
mahsulotini  iste'molchilarga  sotishni  ko`zda  tutmaydi,  balki  uning  bir  qismidan  ishlab  chiqarish 
vositalari  shaklida  foydalanishi  mumkin.  Shunday  qilib,  agar  tadbirkorlar  aholining 
jamg`armalariga  teng  miqdordagi  mablag`larni  investitsiyalarga  qo`yishni  ko`zda  tutsa,  ishlab 
chiqarish darajasi doimiy bo`lib qoladi. 
Iste'mol  va  jamg`arma  darajasini  aniqlab  beruvchi  asosiy  omil  milliy  daromad  hisoblanadi. 
Lekin  milliy  daromad  tarkibida  to`g`ri  soliqlar  ham  mavjud  bo`ladi.  Shu  sababli  soliqlar 
to`langandan keyin aholi  qo`lida qoladigan  daromad iste'molchilik sarflari  va  shaxsiy jamg`arma 
yig`indisiga  teng  bo`ladi.  Iste'mol  va  shaxsiy  jamg`armaning  darajasi  bevosita  soliqlar 
to`langandan  keyingi  qolgan  daromad  bilan  aniqlanadi.  Demak  bu  daromad  iste'molning  ham, 
jamg`armaning  ham  umumiy  omili  hisoblanadi.  Chunki  jamg`arma  daromadning  iste'mol 
qilinmaydigan  qismi  hisoblansa,  soliqlar  to`langandan  keyingi  daromad  shaxsiy  jamg`armani 
aniqlab  beradigan  asosiy  omil  bo`lib  chiqadi.  Har  yilgi  haqiqiy  iste'mol  miqdori  va  soliqlar 
to`langandan keyingi daromad o`rtasidagi farq shu yildagi jamg`arma miqdorini aniqlaydi. 
qarab chiqilgan omil ta'sirida iste'mol va jamg`arma darajasining o`zgarishini quyidagi jadvalda 
tushuntiramiz. Tahlil uchun shartli ma'lumotlardan foydalanamiz. 
Iste'mol 
va 
jamg`arma 
darajasi, 
mlrd., 
so`m 
(shartli ma'lumotlar) 
 
Yillar 
Daromad 
darajasi  (D) 
Iste'mol (I)  Jamg`arma 
(J) 
IO`M 
JO`M 
I=M 
J=M 
1990 
1500 
1300 
200 
0,87 
0,13 


1995 
1800 
1500 
300 
0,83 
0,17 
0,67 
0,33 
2000 
2200 
1700 
500 
0,77 
0,23 
0,50 
0,50 
 


3 (1-2) 
4 (2:1)  5(3:1)  6(2:1) 
7 (3:1) 
 


112 
 
11-jadval  ma'lumotlaridan  xulosa  chiqarib  aytish  mumkinki,  birinchidan,  aholi  daromadining 
asosiy  qismi  iste'molga  sarflanadi,  qolgan  qismi  jamg`armaga  ajratiladi.  Ikkinchidan,  iste'mol 
ham, jamg`arish ham daromadlar darajasiga bevosita bog`liq bo`ladi. 
Aholi daromadining iste'molga ketadigan ulushi iste'molga o`rtacha moyillik deyiladi (IO`M). 
Aholi daromadining jamg`armaga ketadigan ulushi esa jamg`armaga o`rtacha moyillik (JO`M) 
deyiladi. Ya'ni: 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish