Bromometriya usullari
2.1.59. Timolni bromometriya usullarida miqdorini aniqlang va reaksiya
tenglamasini keltiring. Indikatorni ko‘rsating.
A) 0,1 mol/l kaliy bromid eritmasidan 20,0 ml sarf bo‘lsa, timolning
massasini aniqlang.
B) 0,5042 g timol 100 ml o‘lchov kolbasida suv yordamida eritildi. Shu
eritmadan 10 ml alikvot hajmini titrlash uchun 0,1 mol/l kaliy bromat (Uch 1/6)
eritmasidan qancha hajm sarf bo‘ladi.
V) Timolning “sifatini” miqdoriy tahlil yordamida tekshiring (99,0 % kam
bo‘lmasligi kerak) tahlil qilinayotgan modda tortim massasi 0,50075 g ni eritib
suv yordamida 100 ml ni kolbaning chiziq me’yoriga yetkazilgan. 10 ml
hajmdagi alikvotni titrlash uchun 0,1 mol/l kaliy bromat eritmasidan 13,1 sarf
bo‘lgan. (K=1,02)
(Timolning farmakopeya maqolasiga binoan)
2.1.60. Rezorsinning miqdoriy tahlildagi reaksiya tenglamasini teskari
bromometriya usullari yordamida keltirilgan, ekvivalent molyar massasini,
aniqlanayotgan modda titrini ko‘rsating. Titrlashdagi indikatorni ko‘rsating.
68
A) Rezorsinning sifatini miqdoriy tahlil yordamida aniqlang. Tahlil
qilinayotgan modda tortim massasi 0,30395 g ni suvda eritib 100 ml hajmli
kolbasini chiziq me’yorigacha to‘ldirilgandan olingan 20 ml eritmaga 40 ml 0,1
mol/l kaliy bromat qo‘shilgan. Ushbu eritmani titrlashga 6,7 ml 0,1 mol/l natriy
tiosulfat eritmasi sarf bo‘ldi. Nazorat tajribasi jarayonida esa 39,5 ml natriy
tiosulfat sarf bo‘ldi.
B) 0,1 mol/l kaliy bromat eritmasini titrlashga 0,1 mol/l natriy tiosulfat
eritmasidan qancha talab etiladi. 100 ml hajmli kolbada 0,29845 gr rezorsin
suvda eritilib alikvot tayyorlangan va keyinchalik ishlatilgan.
2.1.61. Teskari bromometriya usullari yordamida fenolning miqdoriy tahlil
reaksiya tenglamasini ko‘rsating. Titrlash oxiridagi nuqtasida indikatorni rang
o‘zgarishini aniqlang.
0,49812 gr preparatni 250 ml hajmli kolbada suv yordamida eritilib suv
miqdorini 250 ml gacha yetkazildi. Suyuq toza fenolning sifatini “miqdoriy
tahlil” yordamida aniqlang. (89-82 % bo‘lishi kerak)
25 ml alikvot hajmga 50 ml 0,1 mol/l kaliy bromat eritmasi qo‘shildi va
ushbu eritmani titrlash uchun 28 ml 0,1 mol/l natriy tiosulfat eritmasi sarf bo‘ldi.
Nazorat tajribasida 52,0 ml natriy tiosulfat eritmasi sarf bo‘ldi.
2.1.62. Teskari bromometriya usuli yordamida salitsil kislotasining
miqdoriy tahlil reaksiyasi tenglamasini ko‘rsating. Titrlash oxirida rang
o‘zgarish nuqtasidagi indikatorni ko‘rsating.
a) Ekvivalent molyar massasini aniqlayotgan modda titrini, satsilil kislota
miqdorini aniqlang, agar 0,0576 g tortim massasi 50 ml 0,1 mol/l kaliy bromat
eritmasi qo‘shilgan bo‘lsa, asosiy tajriba paytida titrlashga 0,1 mol/l natriy
tiosulfat eritmasidan 23.75 ml ketgan bo‘lsa nazorat tajriba paytida 48 ml sarf
bo‘ldi.
b) 0,1 mol/l li kaliy bromat eritmasini titrlash uchun kerak bo‘ladigan 0,1
mol/l natriy tiosulfat eritmasining hajmini aniqlang. Alikvot 100 ml kolbada
0,2143 g satsilil kislotasi suvda eritib tayyorlanishidan olingan.
69
2.1.63. Teskari bromometriya usuli yordamida ftorofur (Mr. 200.17)
miqdoriy tahlil reaksiya tenglamasini. Indikatorni ko‘rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |