Gravimetriya usuli
2.1.38. Davlat Farmakopeyasi usuliga muvofiq xinin sulfatni graviometrik
miqdoriy aniqlashning tavsifi va reaksiya tenglamasini keltiring (Mr. [Xinin]
2
H
2
SO
4
∙H
2
O 783,0); Mr. (H
2
O) 18,0; Mr. (H
2
SO
4
) 98,0).
Agar massasi 0,5176 g tortim doimiy qiymatga keltirilgandan so‘ng qolgan
qoldiqning massa (gravimetrik shakl) si 0,4295 g bo‘lsa, xinin asosini xinin
sulfatga (suvsiz) o‘tkazish omilini, quruq moddaga nisbatan tahlil qilinayotgan
namunadagi xinin sulfat miqdorini (%) hisoblang. Xinin sulfatni quritishdagi
massa yo‘qotilishi 4,5%.
2.1.39. Davlat Farmakopeyasi usuliga muvofiq xinin digidroxlorid
miqdorini gravimetrik aniqlashning tavsifi va reaksiya tenglamasini keltiring
(Mr. [Xinin 2HCl 397,35); Mr. (HCl) 36,46).
Agar massasi 0,4962 g tortim doimiy qiymatga keltirilgandan so‘ng qolgan
qoldiqning massa (gravimetrik shakl) si 0,3937 g bo‘lsa, quruq moddaga
nisbatan
(%)
hisoblaganda
tahlil
qilinayotgan
namunadagi
xinin
digidroxloridning qayta hisoblash omili va miqdorini hisoblang. Xinin
digidroxloridning quritishdagi massa yo‘qotiligi 3,0 %.
2.1.40. Davlat Farmakopeyasi usuliga muvofiq xinin gidroxlorid miqdorini
aniqlashning tavsifi va reaksiya tenglamasini keltiring (Mr. [Xinin HCl 2H
2
O]
396,92); Mr. (HCl) 36,46; Mr. (H
2
O) 18,0).
Agar massasi 0,5158 g tortim ishlatilganda, u doimiy qiymatga
keltirilgandan so‘ng qolgan qoldiqning massa (gravimetrik shakl) si 0,4168 g
bo‘lsa, xinin asosini xinin gidroxloridga o‘tish omili va quruq moddaga nisbatan
(%) hisoblaganda tahlil qilinayotgan namunadagi xinin gidroxlorid miqdorini
hisoblang. Xinin gidroxloridning quritishdagi massa yo‘qotiligi 10,0 %.
2.1.41. Gravimetriya usulida papaverin gidroxlorid (Mr. 375,86) ni asos
shaklida miqdorini aniqlashning tavsifi va reaksiya tenglamasini keltiring.
Agar massasi 0,5243 g tortim ishlatilganda, doimiy qiymatga
yetkazilgandan so‘ng gravimetrik shaklning massasi 0,4735 g bo‘lsa, papaverin
61
asosini papaverin gidroxloridga o‘tkazish omili va tahlil qilinayotgan
namunadagi papaverin gidroxlorid miqdorini hisoblang (Mr. HCl 36,46).
2.1.42. Davlat Farmakopeyasi usuliga muvofiq graviometrik usulda natriy
benzilpenitsillin tuzidagi benzilpenitsillin miqdorini aniqlashning tavsifi va
reaksiya tenglamasini keltiring (Mr. 356,38).
Agar natriy benzilpenitsillin tuzi tortimi massasi 0,06738 g, graviometrik
shakl massasi 0,07515 g, graviometrik omil 0,7962 bo‘lsa, tekshirilayotgan
namuna tarkibidagi benzilpenitsillin miqdorini toping. Quritishdagi massa
yo‘qotiligi 0,8%. Miqdori bo‘yicha benzilpenitsillin Davlat Farmakopeyasi
talabiga (90,0 % dan kam bo‘lmasligi kerak) javob beradimi?
2.1.43. Davlat Farmakopeyasi tavsifiga muvofiq graviometrik usulda kaliy
benzilpenitsillin tuzidagi benzilpenitsillin miqdorini aniqlashning tavsifi va
reaksiya tenglamasini keltiring (Mr. 372,49).
Agar kaliy benzilpenitsillin tuzi tortimi massasi 0,0794 g, graviometrik
shakl massasi 0,08780 g, graviometrik omil 0,8322 bo‘lsa, tekshirilayotgan
namuna tarkibidagi benzilpenitsillin miqdorini toping. Quritishdagi massa
yo‘qotilishi 1,0 %. Miqdori bo‘yicha benzilpenitsillin Davlat Farmakopeyasi
talabiga (90,0 % dan kam bo‘lmasligi kerak) javob beradimi?
2.1.44. farmakopeya maqolasi tavsifiga muvofiq graviometrik usulda
benzilpenitsillinning
novokainli
tuzidagi
benzilpenitsillin
miqdorini
aniqlashning tavsifi va reaksiya tenglamasini keltiring (Mr. 588,70).
Agar benzilpenitsillinning novokainli tuzi tortimi massasi 0,0794 g,
graviometrik shakl massasi 0,08780 g, graviometrik omil 0,8322 bo‘lsa,
tekshirilayotgan namuna tarkibidagi benzilpenitsillin miqdorini toping.
Quritishdagi massa yo‘qotiligi 1,0 %. Miqdori bo‘yicha benzilpenitsillin Davlat
Farmakopeyasi talabiga (90,0 % dan kam bo‘lmasligi kerak) javob beradimi?
2.1.45. Graviometrik usulida tiamin xloridni kremniyvolfram kislotasi
ishtirokida kislotali muhitda aniqlashda tiamin cho‘kmaga tushadi. Ushbu
usulda tiamin xlorid miqdorini aniqlashning sxemasi va kimyoviy reaksiya
tenglamasini keltiring.
62
Agar tahlil uchun 0,04987 g tortim olinib, kremniyvolfram kislotasi
ta’sirida hosil bo‘lgan tiamin kompleksi cho’kmasining massasi (graviometrik
shakl) 0,24973 g bo‘lsa, tiamin xlorid miqdorini hisoblang. Graviometrik omil
0,1929.
Quritishdagi massa yo‘qotiligi 3,6% bo‘lsa, tahlil qilinayotgan namuna
farmakopeya maqolasi talabiga (quruq moddaga nisbatan hisoblaganda 99,0 %
dan kam bo‘lmasligi kerak) javob beradimi?
2.1.46. Graviometrik usulda tiamin bromidni kremniyvolfram kislotasi
ishtirokida kislotali muhitda aniqlashning sxemasini keltiring.
Agar tiamin bromid tortimi massasi 0,05025 g, gravimetrik shakl
(tiaminning kremniyvolfram kislotasi bilan kompleksi cho’kmasi) ning massasi
0,19758 g bo‘lsa, tahlil qilinayotgan namunaning sifatini baholang
(farmakopeya maqolasi ko‘ra 98,50 % dan kam bo‘lmasligi kerak). farmakopeya
maqolasi ko‘ra graviometrik omil 0,1929.
Graviometrik omilni qanday hisoblashni tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |