Yodometriya usuli
2.1.47. O‘rinbosarli yodometriya usulida mis sulfat (Mr. [CuSO
4
∙5H
2
O]
249,68) miqdorini aniqlashning reaksiya tenglamasi va indikatorini (nomi,
titrlashning oxirgi nuqtasidagi rangi) keltiring.
A. Ekvivalent molyar massani, aniqlanayotgan modda bo‘yicha titr va
tortim massasi 0,5012 g bo‘lgan mis sulfatni titrlash uchun ketgan 0,1 mol/l
natriy tiosulfat (K=1,02) eritmasi hajmini toping.
B. Massasi 0,55244 g bo‘lgan tortimni titrlash uchun 0,1 mol/l natriy
tiosulfat (K=1,02) eritmasidan 20,8 ml sarf bo‘lgan bo‘lsa, tahlil qilinayotgan
namunadagi mis sulfatning miqdorini toping.
2.1.48. Teskari yodometriya usulida rezorsin (Mr. 110,11) miqdorini
aniqlashning reaksiya tenglamasi va indikatorini (nomi, titrlashning oxirgi
nuqtasidagi rangi), ekvivalent molyar massasi, aniqlanayotgan modda bo‘yicha
titrini keltiring.
63
Massasi 0,1836 g bo‘lgan rezorsin tortimiga qo‘shish uchun ketgan 0,1
mol/l yod eritmasining hajmini hisoblang. Bunda olingan tortimni 100 ml li
kolbada eritib undan 20,0 ml li alikvotni titrlash uchun 0,1 mol/l natriy tiosulfat
(K=1,00) eritmasidan 10,0 ml sarf bo‘lgan.
2.1.49. Yodometriya usulida izoniazid (Mr. 137,14) miqdorini aniqlashning
reaksiya tenglamasi keltiring.
A. Ekvivalent molyar massani, aniqlanayotgan modda bo‘yicha titr va
tortim massasi 0,1024 g hajmi 50 ml bo‘lgan izoniazidga qo‘shilgan 0,1 mol/l
(UCH 1/2 I
2
) ortiqcha yod (K=1,00) eritmasini titrlash uchun sarflangan 0,1
mol/l natriy tiosulfat (K=1,02) eritmasi hajmini toping. Nazorat tajribasi uchun
0,1 mol/l natriy tiosulfatdan 49,5 ml sarflandi.
B. Agar massasi 0,1078 g bo‘lgan tortimga ortiqcha miqdorda 0,1 mol/l
(UCH 1/2 I
2
) 50 ml yod (K=1,00) eritmasini tirtlash uchun 0,1 mol/l natriy
tiosulfat (K=0,99) eritmasidan 19,2 ml sarflangan bo‘lsa hajmini toping. Bunda
nazorat tajribasi uchun titrantdan 51,0 ml sarflangan.
2.1.50. Yodometriya usulida nikodinning (Mr. 152,15) miqdorini aniqlash
tenglamasini keltiring.
Ekvivalent molyar massani, aniqlanayotgan modda bo‘yicha titrini va agar
massasi 0,1029 g izoniazid tortimiga 20,0 ml 0,1 mol/l (UCH 1/2 I
2
) yod
eritmasi (K=1,00) qo‘shilgan bo‘lsa, ortiqcha yod eritmasini titrlash uchun
sarflangan 0,1 mol/l natriy tiosulfat (K=1,02) eritmasi hajmini toping. Nazorat
tajribasini titrlash uchun 0,1 mol/l natriy tiosulfatdan 20,2 ml sarflangan.
2.1.51. Yodometriya usulida merkaptopurin (Mr. (C
5
H
4
N
4
S∙H
2
O) 170,19;
Mr. (H
2
O) 18,0) ning miqdorini aniqlashning reaksiya tenglamasini keltiring.
Potensiometriya usulida titrlashning oxirgi nuqtasini topishni tushuntiring.
Agar massasi 0,10119 g tortimni titrlash uchun 0,1 mol/l (UCH 1/2 I
2
) yod
eritmasi (K=0,98) dan 23,65 ml sarflangan bo‘lsa, miqdoriy tarkibi bo‘yicha
merkaptopurinning sifatini baholang (quruq moddaga nisbatan hisoblanganda
99,0-102,0 % bo‘lishi kerak). Tahlil qilinayotgan namunadagi suvning miqdori
12,0 %.
64
2.1.52. Benzilpenitsilinning natriyli tuzi miqdorini yodometriya usulida
aniqlashning reaksiya tenglamasini keltiring. Agar massasi 0,0612 g tortimni
suv bilan eritib, 100 ml li o‘lchov kolbaning chizig‘iga qadar yetkazilgach uning
miqdorini (%) hisoblang. Bunda hajmi 5,0 ml bo‘lgan alikvotga 20,0 ml 0,01
mol/l (UCH 1/2 I
2
) li yod eritmasi (K=1,01) qo‘shilib, ortiqcha yodni titrlash
uchun 11,6 ml 0,01 mol/l natriy tiosulfat (K=1,02), nazorat eritmasi uchun esa
19,4 ml sarflangan. Tajriba harorati 21
0
C da benzilpenitsillinning natriyli tuzi
titri 0,0004055 g/ml (T·B/A). Tahlil qilinayotgan namunadagi suvning miqdori
12,0 %.
2.1.53. Benzilpenitsilinning kaliyli tuzi miqdorini yodometriya usulida
aniqlashning reaksiya tenglamasini keltiring. Agar massasi 0,06024 g tortimni
suv bilan eritib, 100 ml li o‘lchov kolbaning chizig‘iga qadar yetkazilgach
undagi penitsilinlar yig’indisi miqdorini (%) hisoblang. Bunda hajmi 5,0 ml
bo‘lgan alikvotga 20,0 ml 0,01 mol/l (UCH 1/2 I
2
) li yod eritmasi (K=0,98)
qo‘shilib, ortiqcha yodni titrlash uchun 12,5 ml 0,01 mol/l natriy tiosulfat
(K=1,01), nazorat eritmasi uchun esa 19,2 ml sarflangan. Tahlil qilinayotgan
namunaning namligi 0,8%.
Tajriba sharoiti 20
0
C da benzilpenitsillinning natriyli tuzi titri 0,0004055
g/ml (TxV/A) ni tashkil etadi. 1 mg benzilpenitsillinning natriyli tuziga 1,045 g
benzilpenitsillinning kaliyli tuzi to‘g‘ri keladi.
2.1.54. Benzilpenitsilinning novokainli tuzi miqdorini yodometriya usulida
aniqlashning reaksiya tenglamasini keltiring. Agar massasi 0,0809 g tortimni
suv bilan eritib, 200 ml li o‘lchov kolbaning chizig‘iga qadar yetkazilgach,
undagi penitsilinlar yig’indisi miqdorini (%) hisoblang. Bunda hajmi 10,0 ml
bo‘lgan alikvotga 20,0 ml 0,01 mol/l (UCH 1/2 I
2
) li yod eritmasi (K=1,00)
qo‘shilib, ortiqcha yodni titrlash uchun 14,8 ml 0,01 mol/l natriy tiosulfat
(K=0,98), nazorat eritmasi uchun esa 20,4 ml sarflangan. Tahlil qilinayotgan
namunaning namligi 4,2%.
65
Tajriba harorati 15
0
C da benzilpenitsillinning natriyli tuzi titri 0,0004374
g/ml (T·B/A) ni tashkil etadi. 1 mg benzilpenitsillinning natriyli tuziga 1,652 g
benzilpenitsillinning novokainli tuzi to‘g‘ri keladi.
2.1.55. Fenoksipenitsillin miqdorini yodometriya usulida aniqlashning
reaksiya tenglamasini keltiring. Agar massasi 0,0636 g tortimni suv bilan eritib,
50 ml li o‘lchov kolbaning chizig‘iga qadar yetkazilgach, uning miqdorini (%)
hisoblang. Bunda hajmi 2,5 ml bo‘lgan alikvotga 20,0 ml 0,01 mol/l (UCH 1/2
I
2
) li yod eritmasi (K=0,98) qo‘shilib, ortiqcha yodni titrlash uchun 12,8 ml 0,01
mol/l natriy tiosulfat (K=1,02), nazorat eritmasi uchun esa 19,6 ml sarflangan.
Namunaning namligi 1,5%, harorat 18
0
C da fenoksimetilpenitsillinning titri
0,0004367 g/ml (T·B/A).
2.1.56. Yodometriya usulida sefaleksin miqdorini aniqlashning reaksiya
tenglamasi, indikator (nomi, titrlashning oxirgi nuqtasida rang o‘zgarishi),
aniqlanayotgan moddaning ekvivalent omilini keltiring. Agar massasi 0,0636 g
tortimni suv bilan eritib, 100 ml li o‘lchov kolbaning chizig‘iga qadar
yetkazilgach, undagi sefaleksinning miqdorini quruq modda hisobida (%)
hisoblang. Bunda hajmi 2,5 ml bo‘lgan alikvotga 25,0 ml 0,01 mol/l (UCH 1/2
I
2
) li yod eritmasi (K=1,01) qo‘shilib, ortiqcha yodni titrlash uchun 12,7 ml 0,01
mol/l natriy tiosulfat (K=1,02), nazorat eritmasi uchun esa 23,7 ml sarflangan.
Tekshirilayotgan namunadagi sefadeksinning namligi 7,5%.
Bir vaqtning o‘zida ushbu usulda tarkibida 99,8% ta’sir etuvchi modda
saqlagan sefaleksinning standart namunasi uchun xam yodometrik tahlil
o‘tkaziladi (tortim massasi 0,0992 g). Sefaleksinning asosiy standart namunasini
titrlash uchun 12,3 ml, nazorat tajribasi uchun esa 24,5 ml 0,01 mol/l natriy
tiosulfat sarflangan.
Namuna tarkibidagi sefaleksin miqdori farmakopeya maqolasi ФС 42-
1030-80 ga muvofiq quyidagi formula bo‘yicha topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |