2.2. Tayyor dori turlari tahlili
Farmatsevtika sanoatida ishlab chiqariladigan tayyor dori turlari (TDT)
xilma xil bo‘lib, ularga tabletkalar, malhamlar, in’eksiya va infuziya uchun
eritmalar, shamchalar, granula va boshqalar kiradi. Tarkibidagi dorivor
moddalar bo‘yicha (TDT) bir, ikki, uch va ko‘p komponentli dori turlariga
bo‘linadi. Tayyor dori turlarning o‘ziga xosligi, ular tarkibida asosiy dori
moddasi bilan birga, turli stabilizatorlar, to‘ldiruvchilar, bo‘yoqlar, yordamchi
modda va boshqalarning borligidir. Dori turi tarkibi aniqlanayotgan dori
moddasini identifikatsiya qilish usuli va miqdorini aniqlashga ta’sir ko‘rsatadi.
Sanoat korxonalarida tayyorlanilayotgan dori turlari sifati mos kelayotgan
dori turi (tabletkalar, in’eksion dori turlari, malhamlar va boshqalar) uchun
umumiy farmakopeya maqolalari bilan tavsiflanadi. Masalan, «Tabletkalar» ga
doir umumiy farmakopeya maqolalari «Tabletkaning o‘rtacha massasi»,
79
«Tabletkaning o‘rtacha og‘irligidan chetlanish», «Parchalanishi», «Erishi»,
«Dozalangan ta’sir qiluvchi moddaning bir jinsliligi (0,05 g va undan kam
bo‘lgan dori moddasi saqlagan qobiqsiz tabletkalar uchun va 0,01 g dori
moddasini saqlagan qobiq bilan qoplangan tabletkalar uchun)», «Talkning
miqdori», «Yemirilishga bo‘lgan mustahkamligi (chidamliligi)» kabi sifat
ko‘rsatkichlarni tavsiflaydi.
Xususiy farmakopeya maqolalarida mos keluvchi tajribalarni o‘tkazish
usuli va olingan natijalarni baholash uchun yo‘riqnomalar keltirilgan.
Xususiy farmakopeya maqolasi keltirilgan dori moddalari miqdorini
aniqlash usullari dori turlari tarkibiga bog‘liq. Agar mos keluvchi modda
kimyoviy jihatdan indifferent bo‘lsa.
Dori vositasi tarkibiga bog‘liq holda xususiy maqolalarda miqdoriy tahlil
usullari keltirilgan bo‘ladi. Agar qo‘shilgan modda indifferent bo‘lsa, dori
moddasining tahlili xuddi induvidual tahlildek olib boriladi (masalan norsulfazol
substansiya va tabletka holida bir xil tekshiriladi). Qo‘shimcha moddalar dori
modda molekulasining faol qismini aniqlashda titrlashga halaqit beradigan
paytda shu dori modda molekulasi struktura tuzilishidagi boshqa funksional
guruhlarni aniqlovchi usullardan foydalaniladi. Masalan, substansiya xolidagi
sitizin farmakopeya maqolasi bo‘yicha atsidimetriya usuli bo‘yicha aniqlansa,
sitoton tarkibida esa (0,15 % li sitizin eritmasi) argentometriya usulli bo‘yicha
aniqlanadi, nikotin kislotasi substansiya xolida alkalimetriya usuli bo‘yicha
aniqlansa, 1% li in’eksiya xolida spektrofotometriya usuli bo‘yicha aniqlanadi.
Dori moddalar substansiya va turlari tayyor dori turlari tarkibidagi miqdorini
aniqlashning bunday xilma-xilligi qo‘shimcha moddalarning dori turiga ta’siri
bilan bog‘liq (dori moddalar, to‘ldiruvchilar va boshq.)
Tayyor dori turlari tarkibidagi ta’sir qiluvchi moddaning miqdoriy tahlili
me’yoriy hujjat da keltirilgan quyidagi formula bo‘yicha hisoblab topiladi:
;
V K T P
a
b
bu yerda: a – dori turi tortimi, g yoki ml;
80
V – titrlangan eritmaning optimal hajmi;
T – ishchi eritmaning aniqlanayotgan modda bo‘yicha titri, g/ml;
K – titrlangan eritmaning tuzatish koeffitsienti (hisoblashda 1 ga teng deb
olinadi);
b –tayyor dori turlari tarkibidagi aniqlanayotgan moddaning berilgan
miqdori, g;
P – dori turining berilgan hajmi yoki massasi, g yoki ml;
Do'stlaringiz bilan baham: |