Nitritometriya usuli
2.1.68. Nitritometriya usulida natriy para-aminosalitsilat (Mr. 211,15)
miqdorini aniqlashning reaksiya tenglamasini keltiring. Indikatorni (nomi,
formulasi, titrlashning oxirgi nuqtasidagi rangning o‘zgarishi) va uning
yordamida titrlashning oxirgi nuqtasining o‘ziga xosligini ko‘rsating. Ayni
indikatorning qo‘llanilish sababini tushuntiring.
A. Ekvivalent molyar massani, aniqlanayotgan modda bo‘yicha titrini,
titrlash uchun 20,0 ml 0,1 mol/l natriy nitrit eritmasi (K=0,98) sarflangan bo‘lsa,
natriy para-aminosalitsilatning tortimi og‘irligini toping.
B. Massasi 0,3864 g bo‘lgan natriy para-aminosalitsilat tortimini titrlash
uchun sarflangan 0,1 mol/l li natriy nitrit (K=1,02) hajmini hisoblang.
V. Og‘irligi 0,4028 g bo‘lgan tortimni titrlash uchun 0,1 mol/l li natriy
nitritdan 19,2 ml sarflangan bo‘lsa, natriy para-aminosalitsilat miqdorini (%)
hisoblang.
2.1.69. Nitritometriya usulida novokannamid (prokainamid gidroxlorid)
(Mr. 271,79) miqdorini aniqlashning reaksiya tenglamasini keltiring. Indikatorni
(nomi, formulasi, titrlashning oxirgi nuqtasidagi rang o‘zgarishi) ko‘rsating. Qay
holatda ichki indikatorlarni qo‘llash mumkinligini ko‘rsating.
A. Titrlash uchun 15,0 ml 0,1 mol/l natriy nitrit eritmasi (K=1,09)
sarflangan bo‘lsa, novokainamid tortimi og‘irligini toping.
B. Massasi 0,2362 g bo‘lgan tortimni titrlash uchun sarflangan 0,1 mol/l li
natriy nitrit (K=0,98) ning hajmini hisoblang.
V. Agar massasi 0,3104 g bo‘lgan tortimni titrlash uchun 0,1 mol/l li natriy
nitritdan 11,1 ml sarflangan bo‘lsa, novakainamid miqdorini (%) hisoblang.
2.1.70. Nitritometriya usulida anestezin (benzokain) (Mr. 165,19)
miqdorini aniqlashning reaksiya tenglamasini keltiring. Titrlashning oxirgi
72
nuqtasida tropeolin 00 indikatorini metilen ko‘ki bilan aralashmasining rang
o‘zgarishini ko‘rsating.
A. Ekvivalent molyar massani, aniqlanayotgan modda bo‘yicha titrini,
titrlash uchun 0,1 mol/l natriy nitritdan (K=0,98) 10,0 ml sarflangan bo‘lsa,
anestezin tortimini hisoblang.
B. Massasi 0,1936 g bo‘lgan tortimni titrlash uchun sarflangan 0,1 mol/l li
natriy nitrit (K=0,99) ning hajmini hisoblang.
V. Agar massasi 0,2076 g bo‘lgan tortimni titrlash uchun 0,1 mol/l li natriy
nitritdan (K=1,02) 12,2 ml sarflangan bo‘lsa, anesezin miqdorini (%) hisoblang.
2.1.71. Nitritometriya usulida streptotsidni (Mr. 172,21) miqdoriy tahlilida
reaksiya tenglamasini keltiring. Titrlashni oxirgi nuqtasida tropeolin 00 va
metilen ko‘ki aralashmasidan iborat indikatorni rang o‘zgartirishini ko‘rsating.
A. Agar steptotsidni titrlash uchun 10,0 ml 0,1 mol/l natriy nitrit (K= 0,99)
sarflangan bo‘lsa, ekvivalent molyar massasini, aniqlanuvchi modda bo‘yicha
titrini va streptotsid tortimini aniqlang ?
B. 0,2436 g streptotsid tortimini titrlash uchun sarflangan 0,1 mol/ l natriy
nitrit eritmasi (K= 1,01) hajmini aniqlang ?
V. 0,2476 g streptotsid tortimini titrlash uchun 0,1 mol/ l natriy nitrit (K=
1,02) eritmasidan 14,05 ml sarflangan bo‘lsa, streptotsidni (%) miqdorini
hisoblang.
2.1.72. Sulfatsil natriyni (sulfatsetamid –natriy) (Mr. [C
8
H
9
O
3
N
2
SNa·H
2
O]
254,24; M (H
2
O) 18,0) miqdoriy reaksiya tenglamasini, indikator neytral qizilni
formulasini, titrlashning oxirgi nuqtasida rang o‘zgarishini keltiring.
A. Titrlashga 15 ml 0,1 mol/l natriy nitrit (K= 1,00) eritmasidan sarflangan
bo‘lsa, sulfatsil natriy tortimini, ekvivalent molyar massasini, aniqlanuvchi
modda bo‘yicha titrini aniqlang?
B. 0,1564 g tortimli sulfatsil natriyni titrlash uchun qancha hajm 0,1 mol/l
natriy nitrit (K= 0,98) eritmasidan sarflanadi ?
73
V. 0,2894 g sulfatsil natriy tortimini titrlash uchun 0,1 mol/ l natriy nitrit
(K= 0,99) eritmasidan 11,4 ml sarflangan bo‘lsa, sulfatsil natriyni (%) miqdorini
hisoblang.
2.1.73. Dikainni nitritometriya usulida miqdoriy reaksiya tenglamasini
keltiring (tetrakain gidroxlorid) (Mr. 300,83). Tropeolin 00 indikatorini
titrlashning oxirgi nuqtasida o‘zgaradigan rangini ko‘rsating.
A. Dikainni titrlashga 12,0 ml 0,1 mol/l natriy nitrit (K= 1,00) eritmasi
sarflangan bo‘lsa, dikainni ekvivalent molyar massasini, aniqlanuvchi modda
bo‘yicha titrini va tortimini aniqlang?
B. 0,1534 g dikain tortimini titrlash uchun sarflanadigan 0,1 mol/l natriy
nitrit eritmasi (K= 0,98) hajmini aniqlang ?
V. 0,3057 g dikain tortimini titrlash uchun 0,1 mol/ l natriy nitrit (K=0,98)
eritmasidan 10,25 ml sarflangan bo‘lsa, dikainni (%) miqdorini hisoblang.
Dikainni quritishdagi massa yo‘qotishi 0,5 %.
2.1.74. farmakopeya maqolasiga ko‘ra levomitsetinni (Mr. 323,13)
nitritometriya usulida miqdoriy tahlil reaksiya tenglamasini keltiring.
Nitritometriya uslidagi titrlashning oxirgi nuqtasini belgilash uchun
qo‘llanadigan ichki indikatorni ko‘rsating. Uni qo‘llash shartlarini keltiring.
A. Titrlashga 15 ml 0,1 mol/l natriy nitrit (K= 1,0) eritmasidan sarflangan
bo‘lsa, levomitsetin aniq tortimini aniqlang?
B. 0,50018 g tortimli levomitsetinni titrlash uchun 15,25 ml 0,1 mol/l natriy
nitrit (K= 1,02) eritmasi sarflangan bo‘lsa, levomitsetinni miqdori bo‘yicha
sifatini baxolang. (farmakopeya maqolasi bo‘yicha quruq moddaga nisbatan
99% kam bo‘lmasligi kerak). Quritishdagi massa yo‘qolishi 0,35%.
Farmakopeya maqolasiga ko‘ra miqdorini ruxsat etilgan yuqori chegarasini
ko‘rsating.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |