Masalan: Agar tekshirilayotgan modda bilan tigelning birgalikdagi
og‘irligi kuydirishga qadar (m
1
) 36,8744 g, kuydirishdan so‘ng esa (m
2
) 35,9143
g bo‘lsa, faollangan ko‘mirni kuydirishdan so‘ngi qoldig‘ini aniqlang (4% dan
yuqori bo‘lmagan). Tigel massasi (m
0
) 35,8762 g.
16
Masalaning yechimi:
2
0
%
1
0
35,9143 35,8762
36,8
100
(
) 100
,
3,816
74
9
4
3,
35,87 2
8
(
)
6
m
m
g
m
m
Mustaqil yechish uchun masalalar
1.2.1. Agar tigel massasi 15,0621 g, tahlil uchun olingan o‘tning massasi
3,0110 g, doimiy massaga qadar kuydirilgandan so‘ngi kulning tigel bilan
birgalikdagi massasi 15,2253 g bo‘lsa, dalachoy o‘ti umumiy kul miqdori
bo‘yicha farmakopeya maqolasi talablariga (8,0 % dan ortiq emas) javob
beradimi? Bunda dalachoy o‘ti namligi 10,0 %.
1.2.2. Do‘lana mevasidagi umumiy kul miqdorini aniqlashda tigel massasi
10,1731 g, tigelning meva tortimi bilan birgalikdagi massasi 13,4264 g ni tashkil
etdi. Doimiy qiymatga qadar kuydirilgandan so‘ngi tigelning kul bilan
birgalikdagi massasi 1 tortimda 10,4608 g, 2-tortimda 10,4606 g ga teng.
Do‘lana mevasi umumiy kul miqdori bo‘yicha farmakopeya maqolasi talabiga
(11,0 % dan ortiq emas) javob beradimi?
1.2.3. Jenshen ildizidagi umumiy kul miqdorini aniqlashda bo‘sh tigel
massasi 13,8576 g, tortim bilan birgalikdagi tigelning massasi 16,7382 g ni
tashkil etdi. Kul hosil bo‘lishi va doimiy qiymatga qadar kuydirilgandan so‘ng
tigelning massasi 13,9685 g bo‘ldi. Agar tahlil qilinayotgan mahsulotning
namligi 12,5% bo‘lsa, «Umumiy kul» miqdori bo‘yicha farmakopeya maqolasi
talabiga (5,0 % dan ortiq emas) javob beradimi?
1.2.4. Ftivazidning sulfatli kulini aniqlashda bo‘sh tigelning massasi
11,2874 g, tortim bilan birgalikdagi tigelning massasi 11,8432 g. Agar doimiy
qiymatga qadar kuydirilgandan so‘ng tigelning kul bilan birgalikdagi massasi
11,2879 g bo‘lsa, ftivaziddagi sulfatli kulning miqdorini aniqlang. «Sulfatli kul»
ko‘rsatkichi bo‘yicha ftivazid farmakopeya maqolasi talabiga (0,1 % dan ortiq
emas) javob beradimi?
1.2.5. Umumiy kul va 10 % li xlorid kislota eritmasida erimagan kulni
aniqlash uchun dalachoy o‘tidan 5,0234 g tortim olindi. Tigel massasi 9,2068 g.
17
Doimiy qiymatga qadar kuydirilgandan so‘ng tigelning massasi 9,5986 g ga teng
bo‘ldi. Dalachoy o‘ti «Umumiy kul» va «10 % li xlorid kislota eritmasida
erimaydigan kul» ko‘rsatkichlari bo‘yicha farmakopeya maqolasi talabiga (mos
ravishda 8,0 % va 1,0 % dan ortiq emas) javob beradimi?
1.2.6. Sulfatli kul va og‘ir metallar miqdori bo‘yicha diprofillin
farmakopeya maqolasi talabiga (mos ravishda 0,1% va 0,001% dan ortiq emas)
javob beradimi? Bunda tahlil uchun olingan tortim massasi 0,49872 g, sulfatli
kul massi 0,00038 g ga teng.
1.2.7. Furatsilinning kul hosil bo‘lishida tigelning sulfatli kul bilan massasi
26,4781 g, kul hosil bo‘lishiga qadar tortimning tigel bilan birgalikdagi massasi
esa 26,9809 g ni tashkil etadi. Bo‘sh tigelning massasi 26,4774 g.
Sulfatli kulni aniqlashda og‘ir metall qo‘shimchalari aniqlanilayotgan
eritmani etalon rangi bo‘yicha o‘zgartirmadi. Etalon eritmani tayyorlash uchun
tarkibida 0,005 mg/ml qo‘rg‘oshin ioni bo‘lgan 1,0 ml B etalon eritma olindi.
Agar sulfatli kul miqdori bo‘yicha 0,1%, og‘ir metallar miqdori bo‘yicha esa
0,001% dan ortiq bo‘lmasa furatsilin farmakopeya maqolasi talablariga javob
beradimi?
1.2.8. Umumiy kul va 10 % li xlorid kislota eritmasida erimagan kulni
aniqlash uchun kuydirishga qadar qizilmiya ildizining tigel bilan birgalikdagi
massasi
18,3645
g,
doimiy
qiymatga
qadar
kuydirishdan
so‘nggi
aniqlanilayotgan namunaning tigel bilan birgalikdagi massasi 13,7586 g teng.
Qizilmiya ildizi «Umumiy kul» va «10 % li xlorid kislota eritmasida
erimaydigan kul» ko‘rsatkichlari bo‘yicha farmakopeya maqolasi talabiga (mos
ravishda 8,0 % va 2,5% dan ortiq emas) javob beradimi?
1.2.9. Agar kuydirishga qadar tigelning aniqlanilayotgan modda bilan
birgalikdagi massasi 28,7684 g, kuydirishdan so‘ngi massasi esa 28,2242 g
bo‘lsa, kuydirishdagi massa yo‘qotilishi ko‘rsatkichi bo‘yicha magniy sulfat
farmakopeya maqolasi talabiga (48,0 % dan kam va 52,0 % dan ortiq emas)
javob beradimi? Bo‘sh tigel massasi 27,6976 g.
18
1.2.10. Agar kuydirishga qadar tigelning aniqlanilayotgan modda bilan
birgalikdagi massasi 24,7692 g, kuydirishdan so‘ngi massasi esa 247442 g
bo‘lsa, «Kuydirishdagi massa yo‘qotilishi» ko‘rsatkichi bo‘yicha magniy oksidi
farmakopeya maqolasi talablariga (5,0 % dan ortiq emas) javob beradimi?
Bunda bo‘sh tigel massasi 24,2588 g ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |