Mustaqil yechish uchun masalalar:
1.1.1 Magniy peroksidni quritishda massa yo‘qotilishini aniqlashda byuks
massasi – 18,3176 g; quritishga qadar moddani byuks bilan birgalikdagi massasi
– 18,8342 g, quritilgandan so‘ng: 1 tortim – 18,8086 g, 2 tortim – 18,8084 g
magniy
peroksidni
quritishdagi
massa
yo‘qotilishini hisoblang (%).
farmakopeya maqolasi talabiga javob beradimi (4,5% oshmasin).
1.1.2 Fisher usuli bo‘yicha suvni aniqlashda massasi 0,05078 g
benfotiamin tortimini titrlash uchun 1,45 ml reaktiv, nazorat tajriba uchun esa
0,4 ml sarflandi. Fisher reaktivining titrini aniqlashda massasi 0,04214 g suvni
titrlash uchun 10,8 ml ko‘rsatilgan reaktivdan, nazorat tajribasi uchun esa 0,4 ml
sarflandi. Tahlil qilinayotgan benfotiamin namunasi farmakopeya maqolasining
“Suv” ko‘rsatkichi bo‘yicha javob beradimi? (9,0 % oshmasligi kerak).
1.1.3 Byuks massasi 13,87665 g, quritishga qadar moddaning byuks bilan
massasi 14,2872 g, quritishdan so‘ng: 1 tortim – 14,2865 g, 2 tortim – 14,2856
g, 3 tortim – 14,2852 g bo‘lsa, glyutamin kislotasini quritishdagi massa
yo‘qolishini hisoblang. Glyutamin kislotadagi namlik farmakopeya maqolasi
talablariga javob beradimi? (0,5% yuqori bo‘lmasligi kerak).
1.1.4 Agar qarag‘ay shirasidagi namlikni distillyasiya usuli bilan
aniqlashda tahlil qilinayotgan namunaning massasi 10,5042 g, yig‘gichning
graduirlangan qismidagi suvning hajmi 0,05 ml bo‘lsa, qarag‘ay shirasidagi
namlik farmakopeya maqolasi talablariga (0,5% oshmasligi kerak) javob
beradimi.
1.1.5 “Quritishdagi massa yo‘qotilishi” ko‘rsatkichini aniqlash uchun
in’eksiya uchun natriy sitratning 0,50295 g massali tortimi ishlatildi. Quruq
byuks massasi 19,35784 g, doimiy qiymatga qadar quritilgan tahlil qilinayotgan
namunaning byuks bilan tortimi 19,74631 g teng. Tahlil qilinayotgan in’eksiya
uchun natriy sitrat namunasi farmakopeya maqolasi talablariga aniqlanayotgan
ko‘rsatkichi bo‘yicha javob beradimi? (25% kam va 28% ko‘p bo‘lmasligi
kerak).
9
1.1.6 Quritish usulida do‘lana gulining namligini aniqlashda byuks
massasi – 12,4164 g. Quritishga qadar do‘lana gulining byuks bilan birgalikdagi
massasi 14,3264 g, quritishdang so‘ng: 1 tortim – 14,0596 g, 2 tortim – 14,0594
g. Xom ashyoning namligini hisoblang va farmakopeya maqolasi talabiga mos
kelishini aniqlang (14,0 oshmasligi kerak).
1.1.7 Dibazolni quritishdagi massa yo‘qotilishini hisoblashda byuks
massasi 15,8176 g. Quritishga qadar tortimning byuks bilan massasi 16,3576 g,
doimiy massaga keltirilgandan so‘ng esa – 16,3496 g. Dibazol namligi
farmakopeya maqolasi talablariga javob beradimi (1,5% oshmasligi kerak).
1.1.8 Agar 0,10124 g massali tortimni titrlash uchun 1,30 ml Fisher
reaktivi, nazorat tajriba uchun 0,15 ml sarflangan bo‘lsa, aminofillin (eufillin)
dagi suv miqdorini hisoblang. Fisher reaktivi titrini aniqlashda 0,04234 g suv
tortimini titrlash uchun 10,45 ml reaktiv, nazorat tajribasi uchun esa 0,15 ml
sarflangan. Aminofillin suv miqdori bo‘yicha farmakopeya maqolasi talablariga
javob beradimi (4,5% oshmasligi kerak).
1.1.9 Koriandr moyi suv miqdori bo‘yicha farmakopeya maqolasi
talablariga javob beradimi? (0,5% oshmasligi kerak). Agar koriandr moyi
tarkibidagi suv distillyasiya usulida aniqlaganda 50,0954 g tortim olindi.
Yig‘gichning graduirlangan qismidagi suv 0,225 ml ga teng.
1.1.10 Agar 0,10085 g merkaptopurinni titrlash uchun 2,95 ml Fisher
reaktivi sarflangan bo‘lsa, merkaptopurin suv miqdori bo‘yicha farmakopeya
maqolasi talablariga javob beradimi (10 % dan kam emas va 12% dan ko’p
emas). Nazorat tajribasida 5 ml metanolni titrlash uchun 0,12 ml Fisher reaktivi
sarf bo‘ldi. Fisher reaktivining titri 0,00405 g/ml ga teng.
1.1.11 Massasi 0,50118 g atsiklovir tortimidagi suvni titrlash uchun 8,05
ml, nazorat tajribasi uchun 0,18 ml K.Fisher reaktivi sarflandi. K.Fisher reaktivi
titrini aniqlashda massasi 0,03022 g suv tortimini titrlash uchun 7,81 ml, nazorat
tajribasi uchun esa 0,18 ml reaktiv sarflandi. Atsiklovirning tahlil qilinayotgan
namunasidagi suv miqdori farmakopeya maqolasi talablariga javob beradimi?
(6,0 % oshmasligi kerak).
10
1.1.12 “Quritishdagi massa yo‘qotilishi” ko‘rsatkichini aniqlashda tahlil
qilinayotgan rezorsin namunasining byuks bilan birgalikdagi massasi quritishga
qadar 24,38765 g. Bo‘sh byuks massasi 23,29834 g. 50-55°C haroratda doimiy
massa quritilgan byuksning tortim bilan birgalikdagi massasi 24,37648 g.
Aniqlanayotgan ko‘rsatkich bo‘yicha tahlil qilinayotgan rezorsin namunasi
farmakopeya maqolasi talablariga javob beradimi. (0,5% oshmasin).
1.1.13 “Quritishdagi massa yo‘qotilishi” ko‘rsatkichini aniqlashda tahlil
qilinayotgan kalsiy laktat namunasini (farmakopeya maqolasi talabiga muvofiq
20,0 % kam va 30,0 % yuqori bo‘lmasligi kerak) baholang. Agar 120°C
haroratda doimiy massaga qadar quritilgan byuksning namuna bilan birgalikdagi
massasi 18,43282 g, bo‘sh byuksning massasi 17,92358 g, quritishga qadar
kalsiy laktatning byuks bilan birgalikdagi tortimi 18,34574 g. Kalsiy laktatdagi
suv miqdorini kamligini tushuntiring.
1.1.14 Farmakopeya maqolasiga asosan natriy benzoatning “Quritishdagi
massa yo‘qotilishi” ko‘rsatkichi 2,0 % dan oshmasligi kerak. Agar bo‘sh byuks
massasi 15,38492 g, quritishga qadar moddaning byuks bilan birgalikdagi
massasi – 15,88364 g, doimiy massaga qadar quritilgandan so‘ng – 15,87541 g
bo‘lsa tahlil qilinayotgan modda namunasi aniqlanayotgan ko‘rsatgich bo‘yicha
farmakopeya maqolasi talablariga mos keladimi.
1.1.15 Evkalipt barglaridagi namlikni aniqlashda quritishga qadar
byuksning mahsulot bilan birgalikda massasi – 31,00187 g. Doimiy massaga
qadar quritilgandan so‘ng – 30,26269 g, bo‘sh byuks massasi 25,83275 g. Tahlil
qilinayotgan evkalipt barglari namunasi aniqlanayotgan ko‘rsatgich bo‘yicha
farmakopeya maqolasi talablariga javob beradimi (14,0 % oshmasin).
1.1.16 Fenxel mevasi tarkibidagi efir moylarini aniqlashda tahlil uchun
10,15 g xom ashyo olindi. Ginzberg uskunasidagi yig‘gichning graduirlangan
qismidagi efir moyi hajmi 0,295 ml tashkil etdi. Tahlil qilinayotgan Fenxel
mevasi namunasi efir moyi bo‘yicha farmakopeya maqolasi talablariga javob
beradimi (quruq mahsulotga nisbatan hisoblaganda 3,0 % oshmasin).
11
1.1.17
Agar quritishga qadar byuksning mahsulot bilan birgalikdagi
massasi 23,41850 g, doimiy massaga qadar quritishdan so‘ng esa – 22,80223 g,
quruq byuks massasi – 18,36708 g bo‘lsa, tahlil qilinayotgan oddiy Anis mevasi
namunasining “Namlik” ko‘rsatkichi sifatini baholang. (farmakopeya maqolasi
bo‘yicha 12,0 % oshmasin).
1.1.18 Massasi 18,35 g marvarak barglari tortimi qo‘llanilganda
Klevendjer uskunasining graduirlangan qismidagi efir moyi hajmi 0,125 ml ni
tashkil etdi. Agar tahlil qilinayotgan xom ashyoning namligi 14,0 % bo‘lsa
marmarak barglarini “Efir moyi” ko‘rsatkichi bo‘yicha baholang. (farmakopeya
maqolasi talabi bo‘yicha quruq moddaga nisbatan 0,8% kam bo‘lmasligi kerak).
Do'stlaringiz bilan baham: |