Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/186
Sana09.09.2021
Hajmi2,08 Mb.
#169208
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   186
Bog'liq
Hayot faoliyati xfx

O„zbekiston Respublikasi muhandislik-texnik tadbirlarining QMQ-93 ning talablari 
Kimyoviy xavfli ob‟ektlarga tutash,  chegarasi ichida kuchli ta‟sir  etuvchi  zaharli  moddalar 
(KTZM) solingan idishlar buzilib qolsa, bu moddalar muhofazalanmagan kishilarni shikastlashga 
olib  keladigan  konsentratsiyada  tarqalishi  ehtimoli  bo„lgan  hudud  ehtimol  bo„lgan  xavfli 
kimyoviy zararlanish zonasini tashkil etadi. 
Kuchli  ta‟sir  etuvchi  zaharli  moddalarni  saqlash  uchun  bazis  omborlari  shahardan  tashqari 
zonada,  aholi  punktlaridan  uzoqda,  qattiq  vayronalik  hamda  halokatli  suv  bosish  ehtimoli  bor 
hududlardan tashqarida qurish mo„ljallanishi kerak. 
YAngi qurilayotgan va qurilishi tavsiya etilayotgan kuchli ta‟sir etuvchi zaharli moddalar va 
yong„in-portlash  xavfi  bor  moddalar  ishlab  chiqaradigan  yoki  ishlatadigan  korxonalarda  idishlar 
va  kommunikatsiyalarni  shikastlanishdan  muhofaza  qilish  (past  tayanchlarga  o„rnatish,  tuproq 
ostiga  yotqizish  yoki  tuproq  tortib  o„rash),  shuningdek  kuchli  ta‟sir  etuvchi  zaharli  moddalar  va 
yong„in-portlash xavfi bor suyuqliklar to„kilishiga yo„l qo„ymaydigan choralar (er ostida saqlash, 
chiqarib  yuborish  uchun  o„zi  yopiluvchi    klapani  bor  tagliklar,  avariya  idishlari,  yo„nalgan 
tashlamali tutgichlar va omborlar)  nazarda tutilishi kerak. 
Muhim  mudofaa  ahamiyatiga  ega    ob‟ekt  va  ishlab  chiqarishlarni,  moddiy  va  oziq-ovqat 
rezervlari davlat bazalarini, taqsimot sovitgichlarini, strategik material va xom ashyo omborlarini 
texnik  jihatdan  iloji  bor  va  iqtisodiy  maqbul  joylardagi  kon  kavlamalariga  joyla shtirish  tavsiya 
etiladi. 
Toifalangan  shaharlar  va  ob‟ektlar  aholisini  joriy  ta‟minlash  mollarini  saqlashga 
mo„ljallangan  yangi  bazalar,  omborlar,  taqsimot  sovitgichlari  va  boshqa  omborxonalar  qurish 
Vazirlar  Mahkamasi,  vazirliklar  hamda  viloyat  hokimliklari  belgilaydigan  me‟yorlarda  shunday 
moddar  zahirasini  saqlash  uchun  etarli  omborxona  sig„imlariga  bo„lgan  talabdan  oshmaydigan 
hajmda amalga oshirilishi kerak. 
Mavjud  bo„lgan,  qurilayotgan  va  qurilishi  mo„ljallanayotgan  yirik  suv  omborlarining 
halokatli suv bosish ehtiomli bor hududlarida zararli kimyoviy moddalar chiqaradigan toifalangan 
yangi  sanoat korxonalari va  ob‟ektlari qurish,  materiallar va oziq-ovqat  davlat  zahira bazalari va 
omborlari, viloyat va respublika ahamiyatiga molik aeroport va boshqa ob‟ektlar qurilishiga  yo„l 
qo„yilmaydi. 
Mavjud  shaharlarda  yangi  turar  joylarni  suv  bosmaydigan  hududlarda  qurish  kerak. 
Halokatli  suv  bosish  hududining  chegaralari,  chuqurligi  va  boshqa  ko„rsatgichlari  bosimli 


89 
 
frontning  qisman  (chala)  buzilish  lahzasi  bilan  suv  omborining  suv  tutib  turish  yuzasi  me‟yorda 
bo„lgan  lahza to„g„ri kelib qolish ehtimolidan kelib  chiqib aniqlanadi. Pansionatlar,  sanatoriylar, 
istirohat shaharchalari, mehnatkashlarning qisqa va uzoq vaqt dam olish ob‟ektlari hamda boshqa 
sog„lomlashtirish muassasalari ehtimol bo„lgan vayronaliklarni hisobga olib, halokatli suv bosish 
hududlaridan tashqarida joylashtirilishi kerak. 
Iqtisodiyot ob‟ektlarini joylashtirishdagi talablar. 
Eng  avvalo,  sanoat  korxonalariga  taalluqli  bo„lib,  bu  korxonalar  (mazkur  shahar  aholisiga 
xizmat  ko„rsatish  bilan  bog„liklaridan  tashqari)  aholisi  250  ming  kishi  va  undan  ortiq  bo„lgan 
toifalangan shaharlarning katta vayronaliklar ehtimoli bor hududlarida joylashtirmasliklari kerak. 
Ehtimoli  bo„lgan  halokatli  suv  bosish  hududining  katta-kichikligini  asoslovchi  hujjatlar 
(texnik-iqtisodiy asoslari, texnik-iqtisodiy ishlab chiqarish) tayyorlanayotganda hamda aholini va 
iqtisodiyot  ob‟ektlarini  muhofaza  qilish  yuzasidan  O„zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv 
xo„jaligi  vazirligi  ishlab  chiqadigan  muhandislik  tadbirlari  sxemasi  asosida,  shuningdek  aholi 
punktlari,  ob‟ektlar,  imoratlar  va  inshootlar  qurish  uchun  maydonlar  tanlash  asosida  aniqlanishi 
kerak. 
Toifalangan  shaharlardagi iqtisodiyot  ob‟ektlarini  qayta ta‟mirlash  va kengaytirish  Vazirlar 
Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. 
Tez  yonadigan  va  yonilg„i  suyuqliklar  (neft,  benzin,  moy  va  h.k.)  ni  qayta  ishlash 
korxonalarini,  shuningdek  shu  suyuqliklar  saqlanadigan  bazis  omboxonalarni  toifalangan 
shaharlardagi  va  ob‟ektlardagi  turar  joy  hududlariga  va  sanoat  korxonalariga  nisbatan  er  yuzasi 
qiyaligi  bo„ylab  pastroqda,  shuningdek  magistral  avtomobil  yo„llari  va  temir  yo„llari  bo„ylab, 
idishlar buzilsa, yonilg„i suyuqliklarni xavfsiz joylarga oqizib yuborish imkoniyatini hisobga olib 
joylashtirish kerak bo„ladi. 
Daryolar  bo„yida  quriladigan  neft  va  neft  mahsulotlari  omborlari  aholi  punktlariga, 
gidroelektrstansiyalar  va  gidrotexnika  inshootlariga,  temir  yo„l  ko„priklariga,  suv  o„tkazgich 
stansiyalariga  nisbatan  daryo  oqimi  bo„ylab  pastroqda,  kamida  100  metr  oraliqda  joylashtirilishi 
kerak. 
Kuchli  ta‟sir  etuvchi  zaharli  moddalar,  yong„in-portlash  xavfi  bor  moddalar  ishlab 
chiqaradigan  yoki  ishlatadigan  korxonalarda  oraliq  omborlardagi  va  texnologik  idishlardagi 
bunday  moddalar  zahirasini  ishlab  chiqarish  uchun  kerakli  minimum  miqdorgacha  iloji  boricha 
maksimal darajada kamaytirishga batamom tayyor turish nazarda tutilishi kerak.  

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish