Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya


Taktik-maxsus  o‘quv  m ashqlarining  moddiy -texnik  ta’m inlash  va  o‘tkazish



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/186
Sana09.09.2021
Hajmi2,08 Mb.
#169208
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   186
Bog'liq
Hayot faoliyati xfx

Taktik-maxsus  o‘quv  m ashqlarining  moddiy -texnik  ta’m inlash  va  o‘tkazish 
uslubi 
          O„quv  mashqlarini  tashkil  etish  asoslari.  Taktik -maxsus    mashqlari  -  fuqaro 
muhofazasining  harbiy  va  maxsus  bo„linmalari  hamda avariya-qutqaruv  tuzilmalarining amaliy 
ishlarni bajarishga o„rgatish, tabiiy va texnogeya xususiyatli   vaziyatlarning  oqibatlarini  bartaraf 
etishga qaratish asosiy shaklidir. Uning asosiy maqsadlari; 
         -  sardor -boshliqlar  tarkibining  avariya -qutqaruv  va  shoshilinch  ishlarni  va 
aholini muhofaza qilishni   tashkil  etish,  tuzilmalarni  boshqarish  ishlarida amaliy ko„ nikmalarni 
takomillashtirish; 
            -  tuzilmalarni  hamda  avariya-qutqaruv  bo„linmalarini  aholini  muhofaza  etish 
tadbirlarini  mustaqil  ravishda  bajarish  hamda  boshqa  tuzilmalar,  qidiruv-qutqaruv  xizmati 
bo„linmalari, fuqaro muhofazasi xizmatlari bilan birgalikda harakat qilishga tayyorlash;  
            -aholini  favqulodda  vaziyatlardan  va  zamonaviy  qirg„in  vositalarini  qo„llanganda 
uning  oqibatlaridan  muhofaza  qilishning  eng  samarali  usullarini  qidirib  topish  hamda 
O„zbekiston  Respublikasi  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi,  fuqaro  muhofazasi  boshliqlari, 
vazirliklar,  boshqarma  va  tashkilotlarning  qarorlariga  binoan  tuzilmalar  harakatlari  bo„yicha 
me‟yoriy  hujjatlardagi  ayrim  holatlarni  tekshirish  maqsadida  tajriba-tadqiqot  taktik-maxsus 
o„quv mashqlarini o„tkazish. 
       Ularda  kuchli  vayronagarchiliklar,  yong„inlar,  suv  bosishlari,  radioaktiv  va 
kimyoviy  zararlanish  sharoitida,  sardor-boshliqlar  tarkibi,  avariya-qutqaruv  tuzilmalari  va 
boshqa  shoshilinch  ishlarni  olib  borishga  mo„ljallangan  tezkor  tuzilmalarning  mohirona 
harakatini talab etuvchi murakkab va ibratli sharoit yaratilmog„i zarur.  
        O„quv  mashqlari  uning  miqyosi  va  o„rgatilayotganlarning  tarkibiga  bog„liq  holda 
belgilangan  talablarga  muvofiq  maxsus  kiyim-bosh,  texnika  va  uskunalar  bilan  jihozlanib,  o„quv 
mashqlariga  to„la  butlangan  shaxsiy  tarkibda  olib  chiqiladigan  tuzilmalar,  komandalar,  guruhlar  va 
boshqa bo„linmalar bilan olib boriladi. 
          Umumiy vazifalarni bajaruvchi tuzilmalar bilan o„quv mashqlari odatda, xizmat tuzilmalari 
bilan  birgalikda  o„tkaziladi.  Masalan,  qutqaruv  otryadi  (komanda,  guruh)  bilan  birgalikda  sanitar 
drujinalar  (postlar),  razvedka,  jamoat  tartibini  saqlash,  yong„inga  qarshi  kurash,  panajoylarga  xizmat 
ko„rsatish  guruhlari  ishtirok  etishlari  kerak.  Fuqaro  muqofazasi  xizmatlaridan  jalb  etiladigan 
tuzilmalarning  soni  o„quv  mashqi  mavzusiga  to„liq  maqsadlariga,  xarakteri,  avariya-qutqaruv  va 
shoshilinch  ishlarning  hajmiga  bog„likdir.  Agar  fuqaro  muhofazasi  xizmatlarining  biror-bir  (maxsus) 
tuzilmasi  u  yoki  bu  sababga  ko„ra  ob‟ekt  taktik-maxsus  o„quv  mashqiga  jalb  etilmagan  bo„lsa, 
navbatdagi  kompleks  o„quv  mashqigacha  u  bilan  albatta  mustaqil  taktik-maxsus  o„quv  mashqi 
o„tkazilishi kerak. 
         Hududiy  tuzilmalar  va  qutqaruv  otryadlari  bilan  maxsus-taktik  mashqlarni  tayyorlash  va 
o„tkazish uchun rahbariyat shtabi tuziladi. Bo„linmalar, guruhlar va boshqa tuzilmalar bilan boshqaruv 
guruhi tashkil etiladi, tuzilmalar va taqlid bo„yicha rahbarning yordamchilari (vositachilar) tayinlanadi. 
Ayrim hollarda rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi (RTTM)ning o„qituvchilari jalb etilishi mumkin. 
        O„quv mashqi raqbarining majburiyatlari: 
         
 o„kuv mashqini tayyorlashda:  


93 
 
-tegishli  me‟yoriy  va  huquqiy  hujjatlarni  (qonunlar,  qarorlar,  yo„riqnomalar) 
o„rganish,  tuzilmalarning  tayyorgarlik  holatini  tahlil  etish,  dastlabki  ma‟lumotlarni 
ya‟ni  mavzuni,  o„quv  mashqining  maqsadini,  o„tkazish  muddatini,  o„quv  bosqichi  va 
savollarini,  jalb  etilayotgan  tuzilmalarning  soni  va  tarkibini,  o„quv  mashqi  o„tkaziladigan 
hududni, taqlid vositalarini, moddiy-texnik ta‟minot masalalarini aniqlash; 
-mashq  o„tkaziladigan  hududlarni  tayyorlash  tartibini,  qanday  kuchlar  bilan  qanday 
muddatlarda ular tayyor bo„lishi lozimligini belgilash; 
-o„r inbosarlar ,  yorda mchilar,  vositachilar  va  barcha  qatnashchilarni  tayyorlashni 
tashkil  etish.  Sardorlarni  avariya-qutqaruv ishlari olib borilayotganda boshqaruvni  mohirona 
tashkil etishga o„rgatish. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish