Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/186
Sana09.09.2021
Hajmi2,08 Mb.
#169208
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   186
Bog'liq
Hayot faoliyati xfx

 
Tayanch  iboralar:  fuqaro  muhofazasi,  muhandislik-texnik  tadbirlar,  loyihalashtirish, 
me‟yorlar, talablar, qurilish me‟yoriy qoidalari. 
 
Ma‟lumki  respublikamizning  katta  qismi  seysmik  faol  hududda  joylashib,  o„ziga  xos 
geologik,  girogeologik  va  iqlim  xususiyatlariga  ega.  SHu  omillarning  o„zigina  ob‟ektlar 
qurilishining ishonchli va sifatli bajarilishini, aholining xavfsizligini hamda iqtisodiyot ob‟ektlari 
barqarorligini  ta‟minlash  maqsadida  foydalanilayotgan  bino  va  inshootlarning  texnik  holatini 
me‟yoriy darajada saqlash muhim masalalarni qo„yadi. 
O„zbekiston  Respublikasi  Fuqaro  muhofazasi  muhandislik-texnik  tadbirlari,  qurilish 
me‟yorlari  qoidalarida  bayon  etilgan  talablar  iqtisodiyot  ob‟ektlari,  aholi  yashash  joylarida, 
muhandislik  tizimlari  rejalashtirilishi  va  joylashtirilishida  bajaralishi  lozimligi,  natijada  avriya, 
halokat  va  tabiiy  ofatlardan  iqtisodiyot  ob‟ektlari,  aholi  yashash  joylari,  muhandislik  tizimlari 
muhofaza qilinishini ta‟minlanishi demakdir. 
Fuqaro  muhofazasi  muhandislik-texnik  tadbirlarini  loyihalashtirish  me‟yorlarining 
vazifalari va talablari 
 Fuqaro  muhofazasi  muhandislik-texnik  tadbirlarining  qurilish  me‟yoriy  qoidalarining 
hamma talablari: 
1. 
Aholini  favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish. 
2. Tinchlik davrida favqulodda vaziyatlar sodir bo„lgandagi zararni kamaytirish. 
3.Tinchlik  davrida  va  harbiy  harakatlar  vaqtida  ob‟ektlar,  birlashmalar,  iqtisodiyot 
tarmoqlari ishlashi barqarorligini oshirish. 
4.  Tabiiy  ofat  hududlarida  qutqaruv  ishlarini  o„tkazish  uchun  kerakli  sharoitni  yaratishga 
qaratilgan bo„lishi. 
YUqorida  qayd  etilgan  me‟yorlarning,  hamda  quyidagi  talablarning  O„zbekiston  hududida 
fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarini loyihalash va o„tkazishda bajarilishi kerak. 
1.  Tinchlik  davri  sharoitida  imorat  va  inshootlarni  loyihalashda  “Zilzilaviy  hududlarda 
imorat  va  inshootlar  qurilishi”  hamda  “Qo„shimcha  ishlov  hududlarida  va  cho„kadigan  erlarda 
imoratlar va inshootlar qurilishi” talablariga rioya qilinishi kerak. 
2.  Fuqaro  muhofazasi  muhandislik-texnik  tadbirlarining  hajmi  va  mazmuni  fuqaro 
muhofazasidagi  shaharlarning  guruhlariga  va  iqtisodiyot  ob‟ektlarining  toifalariga  qarab,  ishlab 
chiqarishdagi ehtimoli bor yirik avariyalar, halokatlar hamda tabiiy ofatlar ko„lamini hisobga olib 
belgilanadi. 
3.  Fuqaro  muhofazasi  muhandislik-texnik  tadbirlari  tinchlik  davrida  oldindan  ishlab 
chiqarilishi  va  o„tkazilishi  kerak.  Xususiyati  jihatidan  oldindan  amalga  oshirish  iloji  bo„lmagan 
tadbirlar maxsus vaqtda mumkin qadar qisqa muddatda o„tkazilishi kerak. 
Ishlab  chiqilgan  tadbirlarning  hajmi  va  o„tkazilish  muddati  O„zbekiston  Respublikasi 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi rejasida belgilab qo„yiladi. 
Muhandislik-texnik  tadbirlarning  mohiyati,  asosan  yirik  shaharlardagi  sanoat  va  aholi 
zichligini  cheklashga,  aholini  muhofaza  qilishga,  moddiy  resurslar  saqlanishiga  borib  taqaladi. 


88 
 
Buning  esa  shu  shahar  va  ob‟ektlarini  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilishga  o„z  vaqtida 
tayyorlab qo„yish uchun muhim ahamiyati bor. 
Muhandislik-texnik  tadbirlari  biror  ob‟ektni  loyihalash,  qurishda,  ekspluatatsiya  qilish, 
yopish  kabi  har  bir  bosqichda  o„tkaziladi.  Fuqaro  muhofazasi  bo„yicha  ekspertiza  ishini 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari o„tkazadilar. 
Muhandislik muhofazasi – bu tinchlik va  harbiy  davrlarda  favqulodda vaziyatlarning  oldini 
olish  va  ularning  oqibatlarini  tugatish,  aholini  va  hududlarni  muhofaza  qilishga,  mamlakat 
iqtisodiyotiga  etadigan  zararni  kamaytirishga  qaratilgan  fuqaro  muhofazasi  muhandislik -texnik 
tadbirlarning majmuidir. 
Aholi  punktlarini  rejalashtirishdagi  talablar:  yong„in  xavfini  kamaytirish,  evakuatsiya 
tadbirlarini  tez  o„tkazish  shartlariga  rioya  qilish,  FVDT  kuchlari  kiritilishi  uchun  sharoitni 
ta‟minlash, iqtisodiyot ob‟ektlari vayron bo„lishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan. 
Buning uchun me‟yorlarda: 
-shahar  hududini  250  gektardan  katta  bo„lmagan  mikrotumanlarga  bo„lish,  ular  bir-biridan 
kamida 100 m. ajratib qo„yilgan bo„lishi kerak; 
-ko„kalamzor maydonlar va qatorlar ekish; 
-shahardan  tashqari  zonaga  kamida  ikki  yo„nalishda  chiqish  yo„li  bo„lishini  hisobga  olib, 
shahar  atrofida  yo„l  tarmog„i  qurish  (yo„llarning  kengligi  eng  baland  imorat  balandligiga 
qo„shimcha yana 15 metrga teng bo„lishi kerak); 
-avtotransport va temir yo„l platformalarini birlashtirib qurish; 
-shahardan tashqari zonani rivojlantirishni nazarda tutish. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish