O„quv mashqini baholash mezoni. Vazifalariing tayyorlik darajasini, sifati va
bajarilish sa maradorligini, boshqaruv organi, xizmatlar va tuzilmalar ishining o„quv
mashqidagi faolligini baholash uchun o„zini amalda oqlagan asosiy sifat va miqdor
ko„rsatkichlaridan foydalanish mumkin.
Bulardan tashqari quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
-umumiy tashkilotchilik;
-qabul qilingan qarorlarning to„g„riligi va maqsadga muvofiqligi;
-o„quv mashqi davomida yaratilgan hujjatlarning to„laligi va maqsadga muvofiqligi;
-qarorlarning o„z vaqtida etkazilishi va ularning o„z vaqtida bajarilishi;
-hamkorlikni tashkil qilish va qo„llab -quvvatlash;
-xavfsizlik qoidalariga rioya qilish e‟tiborga olinishi lozim.
Umumiy baho quyidagicha qo„yiladi:
-“a‟lo” baho, agarda 50 va undan ko„p foiz ko„rsatkichlar ”a‟lo”ga baholangan, 25%
dan kam bo„lmagani “yaxshi”ga va ”qoniqarsiz” baholar bo„lmagan takdirda;
-“yaxshi” baho, agarda 50% dan kam bo„lmagan ko„rsatkichlar ”a‟lo” va “yaxshi” bahoga,
qolganlari “qoniqarli” baholangan bo„lsa;
-“qoniqarli” baho, agarda 65% dan kam bo„lmagan ko„rsatkichlar “qoniqarli”
baholanganda.
Ishlab chiqilgan hujjatlar sifatsiz yoki sifati past bo„lganda, xizmatlar va tuzilmalar
ishida tashkilotchilik bo„lmaganda umumiy baho bir ballga pasayadi.
97
O„quv mashqi muhokamasi. Xotima qism - muqokamani korxona rahbari shaxsan o„zi
o„tkazadi. Rahbar muhokamaga oldindan tayyorlanishi kerak. Mashq davomida u daliliy
ma‟lumotlar to„playdi, o„rinbosarlari va rahbariyat axborotlarini eshitadi.
Muhokama oxirida rahbar o„quv maqsadiga erishish darajasini aniqlaydi, har bir
toifada o„rgatilayotganlarning harakatlariga baho beradi va keyingi o„quv jarayonlarida yoki
qo„shimcha mashg„ulotlarda ochilgan kamchiliklarga barham berish borasida vazifalar qo„yadi.
Umumiy muhokamadan so„ng o„rinbosarlar va yordamchilar xizmatlar va tuzilmalar,
qidiruv-qutqaruv bo„linmalari (agarda ular jalb etilgan bo„lsalar) bilan shaxsiy muhokama
o„tkazadilar.
Ob‟ektda o„quv mashqi natnjalari asosida kamchiliklarni bartaraf etish tadbirlari rejasi
tuziladi, “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etishda harakat qilish rejasi” va
“Fuqaro muhofazasi rejasi”ga zarur tuzatishlar kiritiladi, mashq yakuni bo„yicha fuqaro
muhofazasi boshlig„ining buyrug„i chiqariladi.
O„quv mashqida xavfsizlik choralarini tashkil qilish va ta‟minlash uchun rahbar
javobgardir. U xavfli joylarda komendantlik (tartibga solish) xizmatini joriy qilish, yong„inlar,
vayronalar, kommunal-energetika tarmoqlaridagi avariyalarni taqlid qilish, bu uchastkalarni
to„sib (qurshab), belgilab qo„yishi shart. Mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda
o„tkazilishi kerak bo„lgan o„quv mashqida xavfsizlik choralari bo„ yicha yo„riqnoma ishlab
chiqilib, barcha shaxsiy tarkib tomonidan uning o„rganilishini tashkil etishi shart.
Xavfsizlik choralariga rioya qilish uchun javobgarlik o„quv mashqida qatnashayotgan
tuzilmalar sardorlari zimmasiga yuklanadi. Ular shaxsiy tarkib bilan yo„riqnomani o„rganishlari,
xavfli hududlyarni (joylarni) belgilash tartibini ko„rsatishi, texnika va transport
vositalarining soz holatda ekanligiga ishonch hosil qilishlari shart.
O„quv mashqida quyidagilar taqiqlanadi:
-xavfli taqlid vositalari va boshqa buyumlarni transportda odamlar bilan birgalikda
tashish;
-nosoz texnikani ishlatish;
-troslarga chiqish, ko„tarma kranlarning o„qi (strelasi) ostida, ekskavatorlarning
cho„michlari ostida turish, vayronalarda muhandislik texnikasi ishlayotgan paytda u erda
turish;
-“jabrlanganlar” belgisi qo„yilgan hududga shaxsiy tarkib va texnikani joylashtirish;
-bekatlarda chap tomonga chiqish, mashinalar o„rtasida turish va ular ostida dam olish,
yonilg„i moddalar solingan idishlar oldida chekish;
-shaxsiy tarkibdan va tez alangalanadigan materiallardan 50 metrgacha masofada
tutun beradigan shashkalar yoqish va taqlid granatalarini portlatish;
-tutun bilan to„la binolarga gazniqobsiz, gazdan muhofazalovchi komplektsiz kirish;
-mashinalarni va ularning atrofini sinchkovlik bilan tekshirmasdan turib mashinalar
dvigatelini ishga solish va yurgizish;
-shaxsiy tarkib joylashgan joyda hamda engil alangalanuvchi moddalar yo„nalishida
portlovchi paketlar tashlash, yorituvchi va signal raketalarini o„chirish;
-tegashli tashkilotlar bilan kelishmasdan turib er qazish ishlarini olib borish;
-tekshirilmagan manbalardan olingan, qaynatilmagan suvni ichish.
Tuzilmalarning sardorlar tarkibi avariya-qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni olib
borishda xavfsizlikni ta‟minlash uchun quyidagi tadbirlarni o„tkazishi shart:
-bajariladigan ishlar hududini sinchkovlik bilan tekshirib chiqish;
-mexanizatsiya vosita la ri, elektr uskunalar, portlovchi moddalar va yong„indan
xavfli vositalar bilan ishlaganda texnika xavfsizliga borasida amaldagi ko„rsatma
(yo„riqnoma)lar qoidalariga qat‟iy rioya etish;
-qulab tushishi xavfi bo„lgan bino va inshootlar konstruksiyalarini mustahkamlash yoki
ag„darib tashlash;
-ishlar olib borilayotgan joylarga ogohlantiruvchi (signal beruvchi) belgilar o„rnatishni
amalga oshirish;
98
-o„quv mashqi boshlangunga qadar muhandislik texnikasi hisoblarida muhofaza
vositalarida ishlash mashqlarini o„tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |