Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya


Ob’ekt tuzilmasi kamandasining qutkarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/186
Sana09.09.2021
Hajmi2,08 Mb.
#169208
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   186
Bog'liq
Hayot faoliyati xfx

Ob’ekt tuzilmasi kamandasining qutkarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish 
Tabiiy  ofatlar,  ishlab  chiqarishda  sodir  bo„ladigan  avariyalar,  halokatlar  iqtisodiyot 
ob‟ektlariga  ko„plab  zarar  keltiribgina  qolmasdan,  insonlar  hayotiga  ham  zomin  bo„ladi.  Ular 
kutilmaganda  sodir  bo„lishi  bilan  juda  xatarlidir.    Ko„pchilik  holalarda  ob‟ektdagi  ishchilar  va 
xodimlarning  texnika  xavfsizligi  qonun-qoidalariga  tushinmasligi,  saviyasi  pastligi  natijasida 
favqulodda vaziyatlar kelib chiqadi. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo„lganda bartaraf 
etish  usullarini  bilmaslik  esa  o„z  navbatida  ob‟ektda  ikkilamchi  favqulodda  vaziyatning  olib 
kelinishiga  sabab  bo„ladi.  Bu  hol  juda  xatarli  oqibatlarga,  odamlarning  qurbon  bo„lishiga, 
ob‟ektga juda katta miqdorada moddiy  zarar olib kelishiga  sabab bo„ladi.  SHuning uchun ob‟ekt 
fuqaro muhofazasi tuzilmalari xodimlari ob‟ekt ishchilari va xodimlarining  fuqaro muhofazasiga 
oid  bilimlarini  doimo  oshirib  borishlari,  favqulodda  vaziyatlarda  harakat  qilishning  qoidalarini 
o„rgatib borishlari zurur. 
Ishchi  va  xodimlarning  bu  boradagi  saviyasini  oshirish  fuqaro  muhofazasi  bo„yicha 
ob‟ektda o„tadigan o„quv mashqlarini qanday tashkil etishlariga bog„lik. 
Ob‟ektlardagi  barqarorlikni  oshirish, undagi avariyalarni kamaytirish   bo„yicha  tadbirlarni 
tahlil  qiladigan  bo„lsak,  ob‟ekt  fuqaro  muhofazasi  tuzilmalarining  quyidagi  vazifalarini  aytib 
o„tish joiz: 
-ishchilarni, xizmatchilarni, ularning oilalarini muhofaza qilish uchun barcha imkoniyatlarni 
o„rganib chiqib, tegishli tejalar tuzish; 
-ob‟ekt shikastlanuvchanligi jadvalini ishlab chiqish, tabiiy ofatlar, falokatlar ta‟sir etganda, 
ishlab chiqarish fondlarining talofati unga qanchalar bog„lik ekanligini tavsiflash. Ishlab chiqarish 
fondlarining talofati tufayli nisbiy birliklarda yoki dastlabki qiymatning fondi tarzida aks ettirish; 
-ehtimoli  bor  zarar  qancha  bo„lishiga  qarab,  korxonaning  belgilab  qo„yilgan  turdagi 
mahsulotni  chiqarish  yuzasidan  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  kamaytirish  grafigini  ishlab 
chiqishda ishtirok etish; 
-ob‟ektning favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo„lgan sharoitda ishlab chiqarish 
faoliyatini davom ettirish imkoniyatini aniqlash. 
Ob‟ekt  fuqaro  muhofazasi  tuzilmalari  ishchi  –  xizmatchilari  va  aholini  muhofaza  qilish 
maqsadida bir qancha tadbirlarni ishlab chiqishlari kerak. Ulardan asosiylari quyidagicha: 
-muhofaza inshootlari (panajoylar, va radiatsiyadan yashirinish joylari) fondini ko„paytirish 
va ularda yashirinuvchilar hayotiy faoliyatiga sharoit yaratish; 
-ko„chirish yo„li bilan aholini shahardan tashqari xavfsiz joylarga transportda olib chiqish va 
joylashtirishni shakl va usullarini takomillashtirish; 
-aholini shaxsiy muhofaza vositalari va muhofaza tibbiy vositalari bilan (GP-7V, R-2, AI-2, 
IPP-8a, yara bog„lash vositalari va boshqa muhofaza vositalari)  bilan ta‟minlash; 
-ob‟ekt,  tuman,  shahar,  viloyat  xabar  berish  tizimlarini  takomillashtirish  va  doimo  shay 
holatda saqlash; 
-favqulodda  vaziyatlardagi  halokatli  suv  bosish,  tabiiy  ofat  xavfi  haqida  aholiga  xabar 
berishning mahalliy (cheklangan) tizimlarini barpo etish; 
-aholiga kimyoviy xavfli moddalar va hozirgi zarba vositalaridan muhofaza qilish usullarini 
o„rgatish; 
-hududni,  inshootlar,  transport,  xom  ashyo  va  tayyor  mahsulotni  zararsizlantirish  ishlarini 
o„tkazishga tayyorlash; 
-erto„la, kon kovlamalari, meva-sabzovot omborlarini jihozlashni oxiriga etkazib qo„yish; 


85 
 
-alohida  sexlarni, korxonalarni,  moddiy  zahira bazalarini va boshqa iqtisodiyot ob‟ektlarini 
joylashtirish  uchun  er  osti  kon  kavlamalaridan,  er  osti  bo„shliqlaridan  muhofaza  inshootlari 
sifatida foydalanishni tashkil etish; 
-mavjud muhofaza inshootlari jihozlanishini oxiriga etkazish; 
-navbatchi xodimlar uchun muhofaza inshootlarini jihozlash; 
-shahardan  tashqari  zonani  (ko„chirilgan  aholini  joylash  uchun  mo„ljallangan  joyni) 
o„zlashtirish va jihozlash; 
-aholiga tibbiy yordam ko„rsatishga tayyorlanish tadbirlarini bajarish; 
-aholini  oziq-ovqat,  ichimlik  suvni,  suv  ta‟minoti  tizimini,  em-xashakni,  urug„  fondini 
kimyoviy xavfli moddalardan zaharlanishdan muhofaza qilish. 
YUqorida  qayd  etilgan  tadbirlardan  tashqari  ob‟ekt  tuzilmasi  kamandasi  sardorining 
zimmasiga  favqulodda  vaziyatlar  sodir  bo„lganda  yoki  favqulodda  vaziyat  sodir  bo„lish  xavfi 
tug„ilganda quyidagilar yuklatiladi: 
  - ob‟ektda fuqaro muhofazasi tadbirlarini uzluksiz boshqarishni tashkil etish va ta‟minlash;  
  -  ishchilar,  xizmatchilar  va  ob‟ekt  atrofida  yashovchi  aholi  punklarini  favqulodda  
vaziyatlar yuzaga kelishi yoki yuzaga kelish xavfi to„g„risida ogohlantirish; 
  - ob‟ektning fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqish va tashkil etish;   
  - favqulodda vaziyatlar sodir bo„lganida ishchilar, xizmatchilar va ularning oila -a‟zolarini 
himoya etish ishlarini amalga oshirish;        
  -  ob‟ektlardagi  aholini,  ishchilar,  xizmatchilar,  tuzilmalarni  favqulodda  vaziyatlar  sodir 
bo„lganda himoya usullariga o„rgatishni tashkil qilish;                              
  - favqulodda vaziyatlarni  bartaraf etish, ob‟ektlardagi qutqurish va qayta tiklash ishlariga 
tayyorgarlikni ta‟minlash;      
- ob‟ektdagi fuqaro muhofazasi rejasi talablarini bajarilishini nazorat qilishni tashkil qilish. 
Bu  tadbirlarning  to„la-to„kis  bajarilishi  favqulodda  vaziyatlarning  oldini  olishda  va  sodir 
bo„lganda  fuqarolarning  xavfsizligini  ta‟minlash  bo„yicha  hamda  ob‟ektga  etkazilishi  mumkin 
bo„lgan moddiy zararning sezilarli darajada kamaytirish tadbirlarining samaradorligini oshiradi. 
 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish