Kommunal-energetika tarmoqlaridagi avariyalarni cheklash yoki bartaraf etish.
Kommunal-energetika
tarmoqlaridagi
avariya
oqibatlarini
bartaraf
etishda
ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik ko„rgan va qurollangan maxsus tuzilma mutaxassislari ishtirok
etadilar. Ularga yordam berish uchun umumiy tuzilma a‟zolari jalb etilishi mumkin.
78
Elektr tarmoqlaridagi avariyalar elektr energiya o„chirilganidan keyingina bartaraf
etiladi. Umumiy elektr energiya tarmoqlari o„chirilgandan keyin elektr energiyani vaqtinchalik
tiklash tadbirlari ko„riladi. Zilzila sodir bo„lganda, vayron bo„lgan yoki yong„in sodir bo„lgan bino
va inshootlarda odamlarni qutqarish ishlari olib borayottanlarni elektr energiya bilan
ta‟minlash birinchi darajadagi vazifalardan hisoblanadi.
Elektr energiyasi bilan ta‟minlash yoki avariya sodir bo„lgan elektr energiyasi tarmoqlarini
tiklash imkoniyati bo„lma gan ta qdirda ko„ chma elektrostansiyalar yoki energopoezdlardan
foydalanish zarur.
Bino yoki inshootlar konstruksiyasi bo„lmagan qismlarda buzilish sodir bo„lganda,
devorlar, qavatlar o„rtasidagi bino va inshootlarda yoriqlar bo„lishi natijasida ular qiyshayib yoki
osilib qolishi mumkin. Bunday holatlar aholi uchun ham, qutqaruv ishlarini olib borayotgan
tuzilmalar uchun ham xavf soladi. SHuning uchun bunday bino va inshootlar batamom buzib
tashlanishi yoki mustahkamlanishi lozim. Favqulodda vaziyat sodir bo„lgan joyda
shikastlanganlarni jamlash, ularga tibbiy yordam ko„rsatish shoxobchalari tuziladi.
SHikastlanganlarni jamlash va tibbiy yordam ko„rsatish uchun qulay, saqlanib qolgan binolarni
tanlash mumkin. Ularga eng qulay va xavfsiz kirish yo„llari tanlanadi. Zarurati bo„lsa vaqtinchalik
kommunal-energetika tarmoqlar tiklanib, suv, gaz, elekgroenergiya bilan taminlanadi.
Suv bilan ta‟minlash shoxobchalarini jihozlash . Suv bilan ta‟minlash shoxobchalari
aholi va tuzilmalarni suv bilan ta‟minlash uchun zarur bo„lib, ular saqlanib qolgan suv manbalari,
artezian qudukdar, ochiq suv havzalarini tashkil etadi. Birinchi navbatda avariya-qutqaruv va
boshqa kechiktirib bo„lmaydigan ishlar bajarilayotgan hamda shikastlanganlarni jamlash va
tibbiy punktlar joylashgan hududlar suv bilan ta‟minlanadi.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo„lmaydigan ishlarni olib borishda
xavfsizlik tadbirlari.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo„lmaydigan vayrona uyumlari orasida yurish,
buzilgan bino va inshootlarga kirish, qulab tushishi ehtimoli bor bo„lgan binolar yaqinida turish
xavflidir. Zararlangan bino va inshootlar oldiga faqatgana ularning xavfsiz tomonidan kelish
mumkin. Bino va inshootlarning ichki qismini ko„zdan kechirganda ochiq yoritgichlardan va
kerosinli fonarlardan foydalanish xavfli, chunki ular ikkilamchi favqulodda vaziyat sodir bo„lishiga
olib kelishi mumkin.
YOnayotgan, tutun bosgan va vayrona uyumlari bilan to„silib qolgan joylarga kirayotganda
arqonga boylanib, arqonning uchini kirish joyida turadigan sherigingizga bering, bu holat
xavfsizligingizni ta‟minlaydi. Xonalarga kirayotganda kirish eshiklarini ehtiyotkorlik bilan ochish
va alanganing to„sa oladigan yoki qizigan gaz alanga olganda muhofaza qila oladigan matodan
foydalanish ham xavfsizligingizni ta‟minlaydi.
YOnayotgan xona ichida emaklab yoki engashib harakat zarurati bo„lganda xonadan tez
chiqib ketish uchun ya qi n j o yla r da ha ra k a tla ni s h xa v fli va zi ya t bo„lishining oldini
oladi.
Uzoq vaqt davom etgan yong„indan so„ng erto„lalarga gazniqob kiyib yoki yaxshilab
shamollatilgandan so„ng ish jarayonini boshlash xavfli vaziyat sodir bo„lishining oldini oladi.
Vayrona uyumlari orasida hovuzlar tayyorlashda ularning chetlarini mustahkamlash kerak
bo„ladi. Mustahkamlash uchun metall va yog„och konstruksiyalarning bo„laklarini ishlatish mumkin.
Mustahkamlanmagan vayrona uyumlaridan tushish va chiqish joylaridan foydalanish maqsadga
muvofiq emas.
Baland joylarda ishlash kerak bo„lgan hollarda albatga ehtiyot vositalaridan foydalanish
kerak (qutqaruv arqonlari va belbog„lar). Gazlashgan ob‟ektlarda ish olib borish jarayonida yakka
muhofaza vositalaridan foydalanish xavfsizlikni ta‟minlaydi.
Zarar ko„rgan yoki buzilgan binolarda ish olib borayotganda himoyasiz qo„l bilan elektr
simlarini va elektr simlariga tegib turgan metall buyumlarni ushlash xavfli hisoblanadi. SHuning
uchun ishni boshlashdan oldin elektr tarmog„ini o„chirib qo„yiladi.
Vayrona uyumlari, shaxtalarda, kirish joylari shikastlangan bino va inshootlarda
ogohlantiruvchi qizil chiroq o„rnatib qo„yiladi.
79
Er ko„chishi natijasida odamlar vayrona uyumlari ostida qolishi, qulayotgan narsalar ta‟sirida
jarohatlanishi mumkin. SHuning uchun jabrlanganlarga iloji boricha tez yordam berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |