Ob’ekt tuzilmasi kamandasining qutkarish va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish
Tabiiy ofatlar, ishlab chiqarishda sodir bo„ladigan avariyalar, halokatlar iqtisodiyot
ob‟ektlariga ko„plab zarar keltiribgina qolmasdan, insonlar hayotiga ham zomin bo„ladi. Ular
kutilmaganda sodir bo„lishi bilan juda xatarlidir. Ko„pchilik holalarda ob‟ektdagi ishchilar va
xodimlarning texnika xavfsizligi qonun-qoidalariga tushinmasligi, saviyasi pastligi natijasida
favqulodda vaziyatlar kelib chiqadi. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo„lganda bartaraf
etish usullarini bilmaslik esa o„z navbatida ob‟ektda ikkilamchi favqulodda vaziyatning olib
kelinishiga sabab bo„ladi. Bu hol juda xatarli oqibatlarga, odamlarning qurbon bo„lishiga,
ob‟ektga juda katta miqdorada moddiy zarar olib kelishiga sabab bo„ladi. SHuning uchun ob‟ekt
fuqaro muhofazasi tuzilmalari xodimlari ob‟ekt ishchilari va xodimlarining fuqaro muhofazasiga
oid bilimlarini doimo oshirib borishlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilishning qoidalarini
o„rgatib borishlari zurur.
Ishchi va xodimlarning bu boradagi saviyasini oshirish fuqaro muhofazasi bo„yicha
ob‟ektda o„tadigan o„quv mashqlarini qanday tashkil etishlariga bog„lik.
Ob‟ektlardagi barqarorlikni oshirish, undagi avariyalarni kamaytirish bo„yicha tadbirlarni
tahlil qiladigan bo„lsak, ob‟ekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarining quyidagi vazifalarini aytib
o„tish joiz:
-ishchilarni, xizmatchilarni, ularning oilalarini muhofaza qilish uchun barcha imkoniyatlarni
o„rganib chiqib, tegishli tejalar tuzish;
-ob‟ekt shikastlanuvchanligi jadvalini ishlab chiqish, tabiiy ofatlar, falokatlar ta‟sir etganda,
ishlab chiqarish fondlarining talofati unga qanchalar bog„lik ekanligini tavsiflash. Ishlab chiqarish
fondlarining talofati tufayli nisbiy birliklarda yoki dastlabki qiymatning fondi tarzida aks ettirish;
-ehtimoli bor zarar qancha bo„lishiga qarab, korxonaning belgilab qo„yilgan turdagi
mahsulotni chiqarish yuzasidan ishlab chiqarish quvvatlarini kamaytirish grafigini ishlab
chiqishda ishtirok etish;
-ob‟ektning favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo„lgan sharoitda ishlab chiqarish
faoliyatini davom ettirish imkoniyatini aniqlash.
Ob‟ekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari ishchi – xizmatchilari va aholini muhofaza qilish
maqsadida bir qancha tadbirlarni ishlab chiqishlari kerak. Ulardan asosiylari quyidagicha:
116
-muhofaza inshootlari (panajoylar, va radiatsiyadan yashirinish joylari) fondini ko„paytirish
va ularda yashirinuvchilar hayotiy faoliyatiga sharoit yaratish;
-ko„chirish yo„li bilan aholini shahardan tashqari xavfsiz joylarga transportda olib chiqish va
joylashtirishni shakl va usullarini takomillashtirish;
-aholini shaxsiy muhofaza vositalari va muhofaza tibbiy vositalari bilan (GP-7V, R-2, AI-2,
IPP-8a, yara bog„lash vositalari va boshqa muhofaza vositalari) bilan ta‟minlash;
-ob‟ekt, tuman, shahar, viloyat xabar berish tizimlarini takomillashtirish va doimo shay
holatda saqlash;
-favqulodda vaziyatlardagi halokatli suv bosish, tabiiy ofat xavfi haqida aholiga xabar
berishning mahalliy (cheklangan) tizimlarini barpo etish;
-aholiga kimyoviy xavfli moddalar va hozirgi zarba vositalaridan muhofaza qilish usullarini
o„rgatish;
-hududni, inshootlar, transport, xom ashyo va tayyor mahsulotni zararsizlantirish ishlarini
o„tkazishga tayyorlash;
-erto„la, kon kovlamalari, meva-sabzovot omborlarini jihozlashni oxiriga etkazib qo„yish;
-alohida sexlarni, korxonalarni, moddiy zahira bazalarini va boshqa iqtisodiyot ob‟ektlarini
joylashtirish uchun er osti kon kavlamalaridan, er osti bo„shliqlaridan muhofaza inshootlari
sifatida foydalanishni tashkil etish;
-mavjud muhofaza inshootlari jihozlanishini oxiriga etkazish;
-navbatchi xodimlar uchun muhofaza inshootlarini jihozlash;
-shahardan tashqari zonani (ko„chirilgan aholini joylash uchun mo„ljallangan joyni)
o„zlashtirish va jihozlash;
-aholiga tibbiy yordam ko„rsatishga tayyorlanish tadbirlarini bajarish;
-aholini oziq-ovqat, ichimlik suvni, suv ta‟minoti tizimini, em-xashakni, urug„ fondini
kimyoviy xavfli moddalardan zaharlanishdan muhofaza qilish.
YUqorida qayd etilgan tadbirlardan tashqari ob‟ekt tuzilmasi kamandasi sardorining
zimmasiga favqulodda vaziyatlar sodir bo„lganda yoki favqulodda vaziyat sodir bo„lish xavfi
tug„ilganda quyidagilar yuklatiladi:
- ob‟ektda fuqaro muhofazasi tadbirlarini uzluksiz boshqarishni tashkil etish va ta‟minlash;
- ishchilar, xizmatchilar va ob‟ekt atrofida yashovchi aholi punklarini favqulodda
vaziyatlar yuzaga kelishi yoki yuzaga kelish xavfi to„g„risida ogohlantirish;
- ob‟ektning fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqish va tashkil etish;
- favqulodda vaziyatlar sodir bo„lganida ishchilar, xizmatchilar va ularning oila -a‟zolarini
himoya etish ishlarini amalga oshirish;
- ob‟ektlardagi aholini, ishchilar, xizmatchilar, tuzilmalarni favqulodda vaziyatlar sodir
bo„lganda himoya usullariga o„rgatishni tashkil qilish;
- favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, ob‟ektlardagi qutqurish va qayta tiklash ishlariga
tayyorgarlikni ta‟minlash;
- ob‟ektdagi fuqaro muhofazasi rejasi talablarini bajarilishini nazorat qilishni tashkil qilish.
Bu tadbirlarning to„la-to„kis bajarilishi favqulodda vaziyatlarning oldini olishda va sodir
bo„lganda fuqarolarning xavfsizligini ta‟minlash bo„yicha hamda ob‟ektga etkazilishi mumkin
bo„lgan moddiy zararning sezilarli darajada kamaytirish tadbirlarining samaradorligini oshiradi.
Ma‟lumki respublikamizning katta qismi seysmik faol hududda joylashib, o„ziga xos
geologik, girogeologik va iqlim xususiyatlariga ega. SHu omillarning o„zigina ob‟ektlar
qurilishining ishonchli va sifatli bajarilishini, aholining xavfsizligini hamda iqtisodiyot ob‟ektlari
barqarorligini ta‟minlash maqsadida foydalanilayotgan bino va inshootlarning texnik holatini
me‟yoriy darajada saqlash muhim masalalarni qo„yadi.
O„zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlari, qurilish
me‟yorlari qoidalarida bayon etilgan talablar iqtisodiyot ob‟ektlari, aholi yashash joylarida,
muhandislik tizimlari rejalashtirilishi va joylashtirilishida bajaralishi lozimligi, natijada avriya,
halokat va tabiiy ofatlardan iqtisodiyot ob‟ektlari, aholi yashash joylari, muhandislik tizimlari
muhofaza qilinishini ta‟minlanishi demakdir.
117
Fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarini loyihalashtirish me‟yorlarining
vazifalari va talablari
Fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarining qurilish me‟yoriy qoidalarining
hamma talablari:
Do'stlaringiz bilan baham: |