118
olib keladigan konsentratsiyada tarqalishi ehtimoli bo„lgan hudud ehtimol bo„lgan xavfli
kimyoviy zararlanish zonasini tashkil etadi.
Kuchli ta‟sir etuvchi zaharli moddalarni saqlash uchun bazis omborlari shahardan tashqari
zonada, aholi punktlaridan uzoqda, qattiq vayronalik hamda halokatli suv bosish ehtimoli bor
hududlardan tashqarida qurish mo„ljallanishi kerak.
YAngi qurilayotgan va qurilishi tavsiya etilayotgan kuchli ta‟sir etuvchi zaharli moddalar va
yong„in-portlash xavfi bor moddalar ishlab chiqaradigan yoki ishlatadigan korxonalarda idishlar
va kommunikatsiyalarni shikastlanishdan muhofaza qilish (past tayanchlarga o„rnatish, tuproq
ostiga yotqizish yoki tuproq tortib o„rash), shuningdek kuchli ta‟sir etuvchi zaharli moddalar va
yong„in-portlash xavfi bor suyuqliklar to„kilishiga yo„l qo„ymaydigan choralar (er ostida saqlash,
chiqarib yuborish uchun o„zi yopiluvchi klapani bor tagliklar, avariya idishlari, yo„nalgan
tashlamali tutgichlar va omborlar) nazarda tutilishi kerak.
Muhim mudofaa ahamiyatiga ega ob‟ekt va ishlab chiqarishlarni, moddiy va oziq-ovqat
rezervlari davlat bazalarini, taqsimot sovitgichlarini, strategik material va xom ashyo omborlarini
texnik jihatdan iloji bor va iqtisodiy maqbul joylardagi kon kavlamalariga joylashtirish tavsiya
etiladi.
Toifalangan shaharlar va ob‟ektlar aholisini joriy ta‟minlash mollarini saqlashga
mo„ljallangan yangi bazalar, omborlar, taqsimot sovitgichlari va boshqa omborxonalar qurish
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar hamda viloyat hokimliklari belgilaydigan me‟yorlarda shunday
moddar zahirasini saqlash uchun etarli omborxona sig„imlariga bo„lgan talabdan oshmaydigan
hajmda amalga oshirilishi kerak.
Mavjud bo„lgan, qurilayotgan va qurilishi mo„ljallanayotgan yirik suv omborlarining
halokatli suv bosish ehtiomli bor hududlarida zararli kimyoviy moddalar chiqaradigan toifalangan
yangi sanoat korxonalari va ob‟ektlari qurish, materiallar va oziq-ovqat davlat zahira bazalari va
omborlari, viloyat va respublika ahamiyatiga molik aeroport va boshqa ob‟ektlar qurilishiga yo„l
qo„yilmaydi.
Mavjud shaharlarda yangi turar joylarni suv bosmaydigan hududlarda qurish kerak.
Halokatli suv bosish hududining chegaralari, chuqurligi va boshqa ko„rsatgichlari bosimli
frontning qisman (chala) buzilish lahzasi bilan suv omborining suv tutib turish yuzasi me‟yorda
bo„lgan lahza to„g„ri kelib qolish ehtimolidan kelib chiqib aniqlanadi. Pansionatlar, sanatoriylar,
istirohat shaharchalari, mehnatkashlarning qisqa va uzoq vaqt dam olish ob‟ektlari hamda boshqa
sog„lomlashtirish muassasalari ehtimol bo„lgan vayronaliklarni hisobga olib, halokatli suv bosish
hududlaridan tashqarida joylashtirilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: