IV. Xulosa
Tibbiyotda va farmatsiyada tarkibida kishi organizmiga ta'sir etuvchi kimyoviy moddasi bo'lgan dorivor o'simlik organlari - mahsulotlari ishlatiladi. Dorivor mahsulotlar sifatida o'simliklarning ildizi, bargi, po'stlog'i, guli, mevasi va boshqa qismlaridan foydalaniladi.
Asosiy dorivor o’simliklar xom ashyosini etkazib beruvchi davlatlar orasida eng yirik davlat Xitoy bo’lib, 140450 tonna mahsulot sotadi, so’ngra keyingi o’rinlarni Xindiston - 35650 tonna, Germaniya -14900 tonna, CHili - 11700 tonna, Singapur - 14400 va boshqa davlatlar egallaydi. Mustaqil davlatlar hamdo’stligiga a‘zo davlatlarda ham dorivor o’simliklar va ulardan tayyorlanadigan dori vositalariga e‘tibor kuchayib bormoqda. Ayniqsa, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va boshqa davlatlarda xalqaro korporatsiyalar va farmatsevtik firmalarda, dorivor o’simliklardan tayyorlangan choylar, yig’malar, ekstraktlar, damlamalar, qaynatmalar keng qo’llanila boshladi. Hozirgi kunda chet el yetuk davlatlarida (Yevropada) Abu Ali ibn Sino tavsiya ilgan o’simliklar va yig’malardan foydalanadigan yirik korxona va tashkilotlar mavjud. O’zbekistonda, olim vatanida, bunday tashkilot yoki korxonalarni tashkil qilish juda o’rinlidir. O’zbekistonda ham bu sohada ayrim izlanishlar olib borilmoqda, ammo respublikaning hali imkoniyatlari katta.
Aholining sog‘lig‘ini saqlash va ularga kerakli bo'lgan yuqori malakali tibbiy yordamni o'z vaqtida ko'rsatish hamda kasallikning oldini olish kabi tibbiyotning asosiy masalalarini faqatgina vrachlar bilan farmatsevtlarning hamkorlikdagi olib borgan ishlari orqali amalga oshirish mumkin.Buning uchun o'simliklarning asosiy ta’sir qiluvchi moddasi aniqlanadi, uni ajratib olib, tuzilishi, fizik va kimyoviy xossalari hamda farmakologik xususiyati o'rganiladi. Asosiy ta ’sir ctuvchi moddani o'simlikning qaysi o'sish davrida va qaysi qismida ko'p to'planishi aniqlanadi, ajratib olish zarur. O’simliklar dunyosi shu qadar boyki uning xilma-xilligini so’z bilan tariflash mushkul , o’simliklar olami xilma xil ajoyibotlarga boy o’simlikning yer osti qismi esa xazinaning naqd o’zi yer osti qism o’zida turli tuman dorivor mahsulotlarni saqlash bilan bir qatorda ajoyib ko’rinishga ham egadir .
Zigi’r moyining tashqi ko‘rinishi, xossalariga ularning: rangi, tiniqligi, hidi va mazasi kiradi. Zigi’r moyining raigi ia tinihpigi huyidagicha aniqlanadi (DF XI bo‘yicha): diametri 2—3 sm bo‘lgan rangsiz, tiniq shisha silindrga 10 ml zigi’r moyisolib, o‘tuvchi nurda standart efir moyi bilan solishtirib ko‘riladi. Standart zigi’r moyi ham xuddi shunday idishga solingan bo‘lishi kerak.
Zigi’r moyining xidini aniqlash (DF XI bo‘yicha) uchun uzunligi 12 sm, kengligig 5 sm bo‘lgan filtr qog‘ozga (chetiga tegizmasdan) 0,1 ml (2 tomchi) moy tomiziladi. Xuddi shu usulda bosh - qa filtr qog‘ozga ham standart zigi’r moyi tomiziladi. So‘ngra ikkalasining hidi 1 soat davomida har 15 minutda solishtirib moylarining mazasini moyni filtr qog‘ozga tomizib va tilga tekkizib ko‘rib standart moy mazasi bilan solishtirib aniqpanadi.
Men kurs ishimni yozish davomida zig’ir o’simligi moyining foydali xususiyatlari bilan yaqindan tanishdim. Tibbiyotga qo’llanadigan vakili va dori turlarini o’rgandim. Ularni dorivorlik xususiyati, yig’ish vaqti va sharoiti hamda ko’pchilik vakillari kimyoviy tarkibini bilib oldim. Shu sababli ular tarkibidagi dorivor moddalarning olinish usullari, fizik va kimyoviy xossalari, sifat reaksiyalar, miqdorini aniqlashni o’rgandim va to’liqroq tarzda yoritishga harakat qildim. Ular mahsuloti mikroskopik tuzilishiga alohida to’xtalib o’tdim. Bu kurs ishi tayorlash davomida o’rgangan bilimlarim kelajakda soham bo’yicha qiladigan izlanishlarimda albatta foydasi tegadi degan umiddaman !
Do'stlaringiz bilan baham: |