Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo



Download 1,27 Mb.
bet55/190
Sana20.04.2022
Hajmi1,27 Mb.
#565298
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   190
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kaf

Nazorat savollari

  1. O‘simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari va ular to‘g‘risida ma’lumot.

  2. O‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari.

  3. Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari.

  4. Dori-darmonlarning mikrob bilan zararlanishining oldini olish choralari.

  5. Dori-darmonlarning zararlanishini mikrobiologik nazorat qilish usullari.

Adabiyotlar



  1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.

  2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.

  3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.

  4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.

  5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.

  6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.

  7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.



Mavzu: Tabiatda uglerod va azot aylanishida mikroorganizmlarning roli. Aerob va anaerob sharoitda kletchatkani parchalovchi mikroblar


Ma’ruzadan maqsad: Mikroorganizmlar yordamida tabiatda azot va uglevodning aylanishi xaqida ma’lumot berish.


Ma’ruza rejasi:
1. Tabiatda azotning almashtirilishi.
2. Nitrifikatsiya, Denitrifikatsiya.
3. Erkin azot to‘playdigan bakteriyalar.
4. Oltingugurt, fosfor va temirning tabiatda aylanishi.
5. Tabiatda karbonatning almashinishi.

Yer yuzida hayotni saqlash uchun azot almashinishi muhim ahamiyatga. ega. Azot hayvon va o‘simlik oqsillarining, ya’ni tirik materiyaning zarur va doimiy qismidir. Azotning tabiatda almashinishi asosan mikroorganizmlarning faoliyati natijasida sodir bo‘ladi. Azot almashinuvining bir necha davri ma’lum. CHirish, mochevinaning parchalanishi (ammonifikatsiya, nitrifikatsiya, denitrifikatsiya va boshqalar).


Tabiatda birmuncha azot zapasi bo‘lib, uning asosiy miqdori havoda erkin azot (N2) shaklidadir.
Quruq havoda og‘irligi jihatdan 75,5% yoki hajmi jihatidan 78,1 % azot bor, ya’ni azot miqdori havo tarkibining taxminan 4/5 qismiga to‘g‘ri keladi. SHunga qaramay o‘simliklar va hayvonlar havodan azotni o‘zlashtira olmaydilar. Ular faqat kimyoviy bog‘langan azotni o‘zlashtiradi. O‘simlik va hayvonlar organizmida azot birikma holida bo‘lib, ular oqsilning 16-18 % tashkil etadi. Dengiz suvida va tuproqda azot organik va mineral birikmalarda erigan holda bo‘ladi. Bir gektar haydalgan tuproq tarkibida 6 tonnadan 18 tonnagacha bog‘langan azot bo‘lishi mumkin. Ammo o‘simliklar tuproqdagi umumiy azot zapasining faqat 1 % azot birikmasi sifatida o‘zlashtiradilar. O‘simliklar azotning anorganik birikmalarini ammoniy tuzlari holida o‘zlashtira oladi va azot kislotasining tuzlarini ancha oson o‘zlashtiradilar. Azot kislotasining tuzlari o‘simlik tanasida organik azot birikmasiga aylanib, o‘simlik oqsilining tarkibiga kiradi.
Hayvon organizmi o‘simlik oqsilini iste’mol qilib, uni parchalaydi va chiqindilari siydik, tezak bilan tashqariga chiqariladi. Tashqi muhitda azot moddalari mikroblar ta’sirida asta-sekin o‘simliklar o‘zlashtira oladigan oddiy birikmalarga parchalanadi. Azot to‘plovchi mikroorganizmlarning juda keng tarqalganligi tufayli atmosferadagi erkin azot ham moddalar almashinishiga jalb etiladi. Ularning faoliyati tabiatda azotning almashinishida hal qiluvchi qism hisoblanadi.
Oqsilning mutlaqo parchalanishi, buning natijasida sassiq hidli moddalarning hosil bo‘lishi yoki azotli moddalarning mikroblar tomonidan parchalanishi chirish deyiladi. Bu oqsilning murakkab o‘zgarishidagi birinchi mikrobiologik davridir. Turli organizmlar (odam jasadi, hayvonlar o‘ligi) va ularning chiqindilari (tezak, siydik, go‘ng) hamda o‘simlik chirindilari tuproqqa tushadi va unda muayyan temperatura (100 dan yuqori issiqda), namlik va kislorod yordamida chirituvchi mikroblar ta’sir qilib parchalanadilar. Odam va hayvonlarning yo‘g‘on ichagida chirituvchi mikroblar ayniqsa ko‘pdir. SHu sababli chirish qorin bo‘shlig‘idan boshlanadi. CHirish avval anaerob sharoitda boshlanib, bunda oqsil molekulasi oxirigacha parchalanmaydi, keyinchalik aerob sharoit yaratilganda mahsulot oxirigacha chiriganda oqsilning parchalanishi chuqurlashib boradi.
Tutash deb havo bemalol kirib turishi natijasida sodir bo‘ladigan chirishga aytiladi. Oqsil parchalanishining shunday fazalariga qarab anaerob, ba’zan esa aerob mikroblar ishtirok etadi. Anaerob mikroblardan Bac.putrificus, Bac. sporogenes va boshqalar, aerob mikroblardan esa Bac. proteus, Bac. mycoides mog‘or, aktinomitset va boshqalar chirishga sababchi bo‘ladilar. Oqsil molekulasi asta-sekin polipeptid, pepton, albumoza va aminokislotalargacha parchalanadi. Bunday holda sassiq hidli moddalar: indol, skatol, vodorod sulfidi, fenol, ammiak, metan, vodorod, karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Bu moddalarning bir qismi havoga qaytariladi, boshqalari esa masalan, ammiak tuproqdagi anorganik tuzlar bilan qo‘shilishib, ammoniy tuzlarini hosil qiladi. Ammiak va ammoniy tuzlarini hosil qiladigan protsess ammonifikatsiya deyiladi, ammiakli tuzlarni to‘plashda qatnashgan bakteriyalar esa ammonifikatorlar deyiladi.Ammonifikatsiya oqsillar va boshqa azotli organik birikmalarning ammiakkacha parchalanishi demakdir.
Oqsillar va chiriyotgan mahsulotlar chirituvchi mikroblarning hayot faoliyati davrida hosil bo‘lgan proteolitik fermentlar ta’sirida parchalanadi. Bunday mikroblar tuproqda, havoda, suvda, odam va hayvonlar ichagida bo‘ladilar. CHirituvchi mikroblarga aerob, fakultativ anaerob va anaerob bakteriyalar kiradi. Anaerob bakteriyalardan Bac. mucoides harakatchan tayoqcha shaklli bo‘lib, kattaligi 1-5 mikrongacha bo‘ladi, spora hosil qiladi, zich oziq muhitda R-tipidagi koloniyalar hosil qilib, tashqi ko‘rinishdan zamburug‘ tanasiga o‘xshashdir. Bu mikrob tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, oqsilni parchalaganda vo-dorod sulfidi hosil qilmaydi. Bac. mesentericus (kartoshka tayoqchasi) zich oziq muhitlarida (agarda) koloniyalar hosil qilib yuzasi burishgan bo‘ladi. Bu mikrobning shakli tayoqchasimon, chetlari qayrilgan, uzunligi 1,5-5 mikrongacha bo‘lib harakatchan, grammusbat, spora hosil qiladi. Bu mikrob nonni chiritadi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish