Nazorat savollari
1. Viruslarning hujayraga kirishi usullari haqida ma'lumot bеring?
2. Virus DNK sining sintеzi uchun kеrakli qismlarni (komponеntlar) aytib bеring?
3. Virus RNK si va uning sintеzi qanday amalga oshadi?
4. Virus nuklеin kislotalarini sintеzida substrat bo`lib nima xizmat qiladi?
5. Virus DNK si sintеzida ishtirok etuvchi fеrmеntlar va ularning vazifalarini aytib bеring?
6. Virus DNK si sintеzidagi Noyob nuklеoitid, uni sintеzlashda ishtirok etuvchi fеrmеnt va uning tavsifi?
Adabiyotlar
Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 1980.
Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po mikrobiologii. M., 1981.
Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo «Meditsina». 1984.
Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
Mavzu: Dorivor o’simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar. Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari
Reja:
O‘simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari va ular to‘g‘risida ma’lumot.
O‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari.
Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari, oldini olish choralari.
1.O‘simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari va ular to‘g‘risida ma’lumot
Dorilarni tayyorlashda har xil o‘simliklardan foydalaniladi yoki ko‘pgina o‘simliklardan qaynatma, damlamalar tayyorlanadi. Dorivor modda va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalarning mikroblar bilan zararlanishi o‘sha o‘simlik turi va uning o‘sib chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart – sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. CHunki o‘simliklar atrof muhitdagi ayniqsa, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar bilan zararlangan bo‘lishi ham mumkin.
Lekin shuni hisobga olish kerakki, dorivor o‘simliklar xom ashyosida o‘z mikroflorasi ya’ni normal mikroflora va fitopatogen mikroorganizmlar ya’ni o‘simlik kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlangan bo‘lishi mumkin.
O‘simliklar normal mikroflorasi barg yuzida, urug‘larida, ildiz oldi sistemasida har xil bo‘ladi.
Jonli (tirik) o‘simliklarda yashovchi va ularga zarar keltirmaydigan mikroblar, “epifit mikroflora” tushunchasiga birlashgan. YAngi kesilgan yaproq yuza qismida ko‘pincha 2 xil bakteriya aniqlandi:
1)Bact herbicola aureum va
2)Psevdomonas fluorescens
Kam hollarda sporali bakteriyalar: Bac mesentericus
Bac vulgatus
Sporasiz - Bact putiodam, E coli va zamburug‘lar
Bu mikroflora o‘simliklarda qaysi geografik zonadaligidan qat’iy nazar bo‘ladi.
Bact herficola aureum – qisqa Gr(-) tayoqchalar bo‘lib, 2 ta polyar xivchinlari bo‘ladi. Go‘sht peptonli agarda yuzida shilimshiq bo‘lgan, tilla sariq rangli yumaloq koloniyalar hosil qiladi.
Ps flureccens – polimorf, polyar xivchinli tayoqchalar bo‘lib, Gr(-). Zich ozuqa muhitida chetlari notekis bo‘lgan tiniq koloniyalar hosil qiladi.
Tuproqda o‘simlik ildizi atrofida intensiv o‘sish zonasi bo‘ladi va mikroblar yuqori aktivlikka ega bo‘lib, bu qism rizosfera deyiladi.
Rizosferaning sifat va miqdor tarkibi har bir o‘simlik turi uchun spetsifik bo‘ladi.
Ko‘pincha sporasiz bakteriyalar va mikobakteriyalar uchraydi. Kam xollarda sporali bakteriyalar, aktinomitsetlar va zamburug‘lar uchraydi. Tuproq mikroorganizmlari o‘simliklarga ijobiy ta’sir qilib, ular o‘simliklar uchun zarur bo‘ladi, ular bilan simbioz holda bo‘lishi mumkin yoki zararli ta’sir qilib, ularning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Tuproqdagi bakteriyalardan Ps fluoreccens, rizosfera zonasida joylashgan bo‘lib, o‘simliklarni infeksiyadan ximoya qilishda katta rol o‘ynaydi, ya’ni ular o‘simliklarni fitopotogen bakteriyalardan ximoya qiladi. Lekin aynan shu bakteriyalar o‘simliklarda jarohatlangan to‘qimalari orqali kirib, ularning chirishiga sabab bo‘ladi.
O‘simliklarning mikroblar bilan ifloslanishi o‘stirish sharoitlariga, ularning balandligi va butunligiga bog‘liq bo‘ladi. Kulturali tuproq o‘simliklarida mikroblar, o‘rmon va gulzorlardagiga qaraganda ko‘p bo‘ladi. Kuzda yaproqlarda bakteriyalar, bahordagidan ko‘p bo‘ladi. O‘simliklarning yuqori qismida joylashgan yaproqlarda mikroblar kam, pastki qismidagi yaproqlarda ko‘p bo‘lib, bunga sabab, pastki qismiga mikroblar tuproqdan yomg‘ir yog‘ganda sachrab o‘tishi xisobiga. Ayniqsa o‘simlik mikroblar bilan ko‘p ifloslangan bo‘ladi sug‘orish maydonlarida, axlatxonali joylarda, yoki avvaldan axlatlar to‘kilgan joylarda, mol boqiladigan yaylovlarda. SHu erda o‘sgan o‘simliklar tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan patogen mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin.
Kesilgan yoki yulingan o‘simliklarni darrov qayta ishlash, ishlov berilishi lozim, chunki ular mikroblarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Quritilgan o‘simliklarda mikroblar hayot faoliyati susayadi, ko‘pgina bakteriyalar nobud bo‘ladi.
Fitopotogen mikroblar qo‘zg‘atuvchi o‘simliklardagi infeksion kasallanish ya’ni bakterial kelib chiqishiga ega bo‘lsa bakterioz deyiladi. Bakteriozlarga har xil chirishlar, bakterial dog‘lar, kuyish, nekroz, so‘lish va boshqalar kiradi. CHirishlar quruq va nam bo‘ladi, bunda o‘simlik xujayralarining yumshaganligi, xujayralarning parchalanishi yoki ma’lum bir qismining yoki butun o‘simlikning nobud bo‘lishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |