Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo



Download 1,27 Mb.
bet56/190
Sana20.04.2022
Hajmi1,27 Mb.
#565298
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   190
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kaf

Bac. megaterium - zich oziq muhitida shilimshiq koloniyalar hosil qiladi. Bu mikrob tayoqchasimon, harakatchan bo‘lib, uzunligi 1,5-8 mikrongacha ko‘pgina zanjirsimon joylashadi. Oqsillarni parchalaganda ko‘p vodorod sulfidi ajralib chiqadi.
Bac. subtilis (xashak tayoqchasi) qisqa, harakatchan, chetlari qayrilgan tayoqcha. Spora hosil qiluvchi, zich oziq muhitida burishgan koloniyalar hosil qiladi. Tabiatda keng tarqalgan va ammonifikatsiya protsessida aktiv ishtirok etadi.
Pseudomonas fluorescens uzunligi 1-2 mikrongacha bo‘lib, harakatchan bakteriya. Oziq muhitlarida sariq-yashil fluoresentsiyalovchi pigment hosil qiladi.
Bac. prodigisum bu ajoyib tayoqcha bulib, spora hosil qilmaydi, qonga o‘xshash hizil pigment ajratadi.
Fakultativ anaerob bakteriyalar. Proteus vulgaris harakatchan, sporasiz, uzunligi 1,5-4 mikrongacha bo‘lgan tayoqcha. SHakli o‘zgaruvchan, shu sababli unga proteus deb nom berilgan. Oqsilni parchalaganda vodorod sulfidi va indol, karbon suvlarni parchalaganda esa vodorod va karbonat angkdrid hosil diladi.
Anaerob bakteriyalar. C1. putrificum sporali, uzun, harakatchan tayoqcha bo‘lib, anaerob sharoitda oqsillarni parchalaganda ko‘p miqdorda gaz hosil qiladi. CHiriyotgan o‘likda, oziq mahsulotlarida, go‘ngda, tuproqda ko‘p uchraydi.
C1. sporogenes - harakatchan, sporali tayoqcha. Oqsilni parchalaganda ko‘p miqdorda vodorod sulfidn ajratadi. O‘likning chirishi organizm o‘lib bir necha soat o‘tishi bilan o‘likni chirita boshlaydi. Ichakdagi chirituvchi bakteriyalar organizm hayot vaqtda ichakdan organlarga o‘ta olmaydilar, o‘lgandan so‘ng to‘sqinlik barerlari yo‘qolishi natijasida ular bemalol o‘ta oladi va to‘qimalarda aktiv ko‘paya boshlab, ularni chiritadi. Agar organizm yuqumli kasallikdan o‘lsa, patogenli mikroblar chirituvchi mikroblar ta’sirida tezlik bilan parchalanadi. SHu sababli chirigan o‘likdan olingan patologik material bakteriologik diagnoz qo‘yish uchun yaroqsizdir. Lekin ayrim yuqumli kasalliklarning qo‘zqatuvchilari (sil tayoqchasi, saramas bakteriyasi va patogen mikroblarining sporalari) o‘likda uzoq muddat saqlana oladilar.
Mochevinaning parchalanishi yoki uning ammonifikatsiyasi.
Odam va hayvonlar iste’mol qilgan oziq-ovqat va em-xashak hamda azotning bir qismini tashqariga siydik bilan birga mochevina siydik va gipur kislotasi holida ajratadilar. Har kuni tuproqqa yuz ming tonnalab siydik azoti tushadi. Mochevina o‘simliklar uchun azotli oziq sifatida yaroqsiz bo‘lib, faqat bakteriyalar parchalagandan keyingina, ularni o‘simliklar o‘zlashtira oladilar.
Mochevinani urobakteriyalar (grekcha «urea»- siydik ma’nosida) va chirituvchi bakteriyalar parchalaydi, urobakteriyalar ajratadigan ureaza fermenti ta’sir etish manbai hisoblanadi.
Siydik va mochevinaning mikroblar ta’sirida parchalanishini birinchi bo‘lib L. Paster aniqlagan.
Hozirgi vaqtda siydikni parchalaydigan katta gruppa urokokk va urobakteriyalar ma’lum. Urokokklardan Sarcina urea harakatchan, spora hosil qiluvchi sartsina, Micrococcus ureae. Sarc. ureae 1 litr eritmada 30 grammgacha mochevinani parchalaydi. Urobakteriyalardan Urobac. Pasteuri. harakatchan, spora hosil qiluvchi tayoqcha; Urobac. Miqueli harakatsiz sporali tayoqchadir; Bac. probatus yo‘g‘on, sporali tayoqcha. Bu mikrob 140 grammgacha mochevinani parchalaydi. Urobakteriyaning ko‘pchiligi aeroblar bo‘lib, kam qismi anaerobdir. Ular yumaloq va tayoqchasimon bo‘lib, mochevinani asosan tayoqchasimonlarni kuchli parchalaydilar.
Tuproqda oqsillarning chirishi va mochevinaning parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan ammoniy tuzlari va ammiak nitratlarga aylangandan so‘ng o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi mumkin.
Ammoniyli tuzlar nitrifikatsiya protsessi natijasida o‘simliklar yaxshi o‘zlashtiradigan nitrat kislota tuzlariga aylanadi.
Maxsus mikroblar gruppasi ta’sirida ammiakning parchalanib, nitrit va nitrat kislotalarni hosil qilishi nitrifikatsiya deyiladi. Nitrifikatsiyaga sabab bo‘ladigan bakteriyalar nitrifikatorlar deyiladi.
Rus olimlaridan S. N. Vinogradskiy birinchi bo‘lib 1889 yilda nitrifikatsiya hodisasining alohida bir gruppa mikroblar ishtirokida hosil bo‘lishini isbotlab, bu mikroorganizmlarning sof kulturasini ajratgan. S. N.Vinogradskiy nitrifikatsiya protsessi ikki fazadan iboratligini va bularning mikroblar ishtirokida yuzaga chiqishini isbotladi. Nitrozobakteriyalar deb ataluvchi bir gruppa tuproqda yashovchi mikroblar - avtotroflardir. Ular Nitrosomonos, Nitrosocystis, Nitrosospira deyiladigan uch avloddan iborat. Bu bakteriyalarning ta’sirida tuproqdagi ammiak oksidlanib nitrat kislota, ya’ni nitrat kislota tuzini hosil qiladi.
Nitrosomonos - oval shaklidagi kokk bo‘lib, harakatchandir, muhit reaktsiyasi pH ga qarab uning a, b, s, d, e deyiladigan besh turi ma’lum. Bu mikrob tuproq go‘ngida ko‘p uchraydi.
Nitrosocystis to‘p-to‘p bo‘lib yashaydigan kokklardir (har qaysi to‘dasi umumiy kapsulada joylashgan). Bu mikrob o‘rmon tuprog‘ida ko‘p uchraydi;
Nitrosospira turli uzunliklardagi spiralsimon shakldagi bakteriyadir.
Ikkinchi fazada nitrobakteriya (Nitrobacter) lar ishtirok etadi. Nitrobacter kalta, sporasiz, grammanfiy, bo‘yaladigan, harakatchan, tayoqchasimon bakteriyadir. Ammonifikatsiyalovchi va nitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning faoliyati tufayli tuproqda oqsil molekulasidagi azotdan juda ko‘p selitra paydo bo‘ladi, natijada erning hosildorligi oshadi, o‘simliklar selitrani yaxshi o‘zlashtirib, o‘simlik oqsilini vujudga keltiradilar. hayvonlar esa o‘simliklar bilan oziqlanib, o‘simlik oqsillarini parchalaydi va ulardan o‘zining spetsifik hayvon oqsilini sintezlaydi. Erni haydab aeratsiya qilinsa nitrifikatsiya protsessi tezlashadi va erning hosildorligi ortadi.
Tuproqda nitrifikatsiya qiluvchi mikroblarga qarshi bo‘lgan yana bir gruppa mikroorganizmlar bor (Bact. denitrisicans va boshqalar), ular erda to‘plangan nitratlarni qaytadan parchalab, nytritga va hatto erkin azot darajasiga etkazib azotning tuproqdan yana havoga chiqib ketishiga sababchi bo‘ladi. Nitrit va nitratlarning mikroorganizmlar ta’sirida qaytadan parchalanishi denitrifikatsiya deyiladi. Bu protsess tuproqda nitratlarning yo‘tsolishiga olib boradi va nitrifikatsiyaning teskarisi hisoblanadi, chunki tuproqda bog‘langan azotning miqdori kamayadi va erkin azotning havoga uchib ketishiga sababchi bo‘ladi.
Denitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning ishtirokida, anaerob sharoitda denitrifikatsiya juda yaxshi o‘tadi. Denitrifikatsiya uch fazada boradi. erkin azot, suv, kislorod
Denitrifnkatsiyalovchi mikroblar tuproqda, go‘ngda, suvda ko‘p uchraydi va ularga quyidagilar kiradi: Bast. fluorescens - harakatchan tayoqcha, past temperaturada sariq-yashil tovlanadigan pigment hosil qiladi. Bast. ruosuaneum - aerob sharoitda yaxshi o‘sadigan tayoqcha, muhitni ko‘k-yashil rangga bo‘yaydigan pigment hosil qiladi. Bu mikrob ko‘pincha suvda, sutda va yiringda uchraydi. Bast. denitrificans sporasiz, mayda, harakatchan, fakultativ anaerob mikrobdir. Bulardan tashqari, denitrifikatsiya qiluvchi mikroblarga ichak tayoqchasi, Bas. mycoides, zamburug‘lar va aktinomitsetlarning bir qancha turlari kiradi. Haydalmagan va juda zax joylarda denitrifikatsiya avj oladi. Bu bizning qishloq xo‘jaligimizga katta zarar etkazadi. SHuning uchun tuproqda havo kirib turishi denitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. Buning uchun er haydalib turilishi kerak.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish