4. Inson tana normal mikroflorasi
Inson hayotini birinchi kunidan boshlab juda ko’p son-sanoqsiz mikroorganizm vakillari bilan favqulotda aloqada bo’lib turadi. Ona bachadonida homila steril bo’ladi. Bola tug’ilishidan boshlab, bir necha yillar ichida har bir biotipga xos mikroflora shakllanadi Turli bakteriyalar va mikrohayotning boshqa vakillari chaqoloqning terisi va shilliq qavvatlari bilan kontakda bo’ladi.Bularning ba’zilari organizm uchun patogen bo’lsa, bularga qarshi organizm kurashishi zarur, boshqalari esa organizm bilan uzviy aloqada (simbioz) yashab, foyda keltiradi, ko’pchiligi esa kommensal xisoblanib organizmga na foyda keltiradi na ziyon. Inson organizmidagi asosiy mikroorganizmlar makroorganizm xisobiga yashaydi u bilan juda yaqin uzviy aloqada bo’lib odamning hayot faoliyatida juda muhim vazifalarni bajaradi. Sog’lom odamlarda uchrovchi mikroorganizmlar yig’indisi odamning normal mikroflorasini yoki mikrobiosenozini tashkil qiladi. “Normal mikroflora” termini asosan sog’lom odam organizimidan doimo va ko’proq topiladigon mikroblar yig’indisiga aytiladi. Normal mikroflora asosan odamlarning terisida va tashqiy muhit bilan bevosta aloqada bo’lgan organlarida ( yuqori nafas yo’llari, oshqozon ichak sistemasi, siydik tanosil organlari) uchraydi va shu organlarda mikroorganizmlarning ma’lum biotoplarini, mikrobiosenozini shakillantiradi. Har bir odam bitopida uchrovchi mikroorganizmlar o’zlarining tarkibi va miqdori jihatdan boshqa biotoplardan tubdan farq qiladi. Eng kam mikroorganizmlar terida uchraydi va organizmning umumiy mikroorganizmlarga nisbatan 2% tashkil qiladi, 9% gacha urogenital traktga, 15-16 % halqum –og’iz bo’shlig’iga to’g’ri kelsa 60-70 % oshqozon ichak traktida uchraydi. Mikroorganizmlarga eng boy organlar og’iz bo’shlig’i, qin va yo’g’on ichak xisoblanadi. Chaqaloq mikroflora bilan tug’ilmaydi, mikrobiosenozlar bolalarning hayoti jarayonida shakillanadi. Ona bachadonida homila steril bo’ladi. Bola tug’ilishidan boshlab, bir necha yillar ichida har bir biotipga xos mikroflora (onaning tug’ish yo’llari, terisi, suti, tashqi muhit – havo, tuproq oziq ovqatlar mikroflorasi xisobiga) shakillanadi.
Me’yoriy ichak mikroflorasining holatiga endogen va ekzogen omillar doimiy ravishda ta’sir etib turadi. Ekzogen omillarga klimatogeografik, ekologik, kasbiy-maishiy sharoitlar va boshqalar kiradi. Endogen omillariga esa somatik kasalliklar, organizmning turli biotoplardagi shartli-patogen bakteriyalar keltirib chiqaruvchi kasalliklar, tug’ma immun tanqisliklar va b. kiradi. Oxirgi vaqtlarda mikrofloraning buzilishi, immun va asab tizimidagi kasalliklar bilan birgalikda namoyon bo’lishi kuzatilmokda.
Fiziologik sharoitda ichak shilliq qavati bioplenka - bakterial glikokaliks bilan qoplangan bo’lib, uning tarkibida mikroblarning ekzopolisaxaridlar matriksi va shilliq qavat qadahsimon hujayralarning musini mavjud. Bu plenkaning qalinligi 1-10 mikron bo’lishiga qaramasdan, undagi indigen flora mikrokoloniyalarining miqdori bir necha yuz-mingtani tashkil qilib, bu plenka ichidagi bakteriyalarning noqulay omillar ta’siriga chidamliligi boshqa bakteriyalarga nisbatan o’n, yuz marotaba yuqoridir.
Normal ichak mikroflorasi 450 dan ortiq mikroorganizmlardan tashkil topib, hujayin organizmining metabolizmida va ichakda kolonizasion rezistentlikni shakllanishida ishtirok etadi. Ichakning mikroblar to’plami makroorganizmda moddalar almashinuvi jarayonlarining holatini aniqlaydi, bir tomondan, biologik faol birikmalarni zararsizlantirib, hazm bo’lmagan ozuqa moddalarini o’zlashtirsa, ikkinchi tomondan V gurux vitaminlarini, vitamin K, nikotin, folin va askorbin kislotalarni, ayrim fermentlarni sintezlaydi.
Makroorganizmning immunobiologik reaktivligini shakllanishida mikrofloraning muhim o’rni e’tirof qilinadi, buning natijasida organizmda umumiy immunoglobulinlar mikdori boshqariladi. Shunday qilib, me’yoriy ichak mikroflorasining o’ziga xos - himoya, modda almashinuv, immun faollashtiruvchi vazifalari aniqlangan va ularning birortasining izdan chiqishi metobolizmning buzilishiga, natijada mikronutrientlarning -vitaminlarning, mikroelementlarning, mineral moddalarning yetishmovchiligiga, hamda immun holatning pasayishiga, bu esa makroorganizm a’zo va tizimlarida qaytmas jarayonlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Inson mikroflorasida dominant mikroorganizmlar hisoblangan spora hosil qilmaydigan qat’iy anaerob bakteriyalarni ajratib olishda, material olib, ekishgacha bo’lgan vaqtda bu mikroorganizmlar O2 ning letal ta’siridan himoyalangan bo’lishi lozim. Shuning uchun bemor najasi transportirovkasida rezina tiqinli probirkalardan foydalaniladi. Vaginal material maxsus transport oziq muhiti hisoblangan – tioglikol oziq muhiti solingan rezina tiqinli probirkada olib kelinadi. Ma’lumki, material olinib, ekishgacha bo’lgan vaqt 2 soatdan oshmasligi kerak.
Laboratoriyaga olib kelingan najasning chukur kismidan 1 g tortib, vaginal suyuqlik bo’lsa 1 ml olamiz va 9ml bufer eritmasida aralashtiriladi. Bu ham aerob, ham anaerob bakteriyalarning bir tekis tarqalishi va ularning tirik saqlanishi uchun sharoit yaratadi. Bu eritmalarni 101 dan 1010 darajasigacha suyultiriladi va ularning har biridan tegishli oziqa muhitlariga turli aerob, hamda anaerob mikroorganizmlarni ajratib olish uchun ekiladi.
Anaerob bakteriyalar normal ichak mikroflorasining 98-99% ni, aerob flora esa 1-2% ni tashkil qilishini hisobga olinib, ularni o’stirishda kimyoviy modda tutadigan gaz paketchalari joylashtirilgan mikroanaerostatdan foydalanish mumkin(anarob bakteriyalarni ajratib olish usullariga qaralsin).1
Gr(-) spora hosil qilmaydigan qat’iy anaerob bakteriyalar natriy-azid qo’shilgan qonli va bakteroidlar uchun agarlarda o’stiraldi. Inkubasiya vaqti 350C da 72 soat Bu oziq muhitlarda bakteroidlar yaxshi o’sadi. Bakteroidlar kulrang, to’q jigarrang, qora koloniyalar hosil qilib, shakli - grammanfiy polimorf tayoqcha, spora hosil qilmaydi, katalaza manfiy. Bakteroidlar qatiy anaerob hisoblanib, anaerostatlarda 2-4 kun o’stiriladi.
Gram (+) qat’iy anaerob bakteriyalar “Blourokko” va “Hime-dia” firmasining “Bifidobakteriyalar uchun agar” oziq muhitlarida 37,50-380S da 48 soat anaerob sharoitda o’sadi. Bifidobakteriyalar disk ko’rinishdagi koloniyalar hosil qiladi. Bu agarda boshqa anaeroblar ham o’sishi mumkin. Shuning uchun koloniyalardan surtma tayyorlanib ko’rildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |