Organik kislotalar oraliq birikmalari singari qurilish bloki biosintezi uchun bosh material bo‘lib hisoblanadi (aminokislotalar, glitserin, yog‘ kislotasi, mononukleotidlar, monoz va past oligoz yoki oddiy qandlar). SHunday sirka va malon kislotalari glitserin hamda yog‘ kislotalari sintezi uchun hujayralarda ishlatiladi; palmitin kislotasi boshqa hamma yog‘ kislotalari uchun bosh asoschisi bo‘lib qoladi (olein, stearin, laurin va boshqalar) yoki ular aldegidlari; glitserin lipidlar tarkibiga kiradi.
Oltingugurt atomi ayrim aminokislotalarda kichik oltingugurtga ega molekulalarning noorganik qatoridan ekzogen kelib chiqishga ega. Keyinchalik u fermentativ reaksiyalar yordamida aminokislotalarning molekulalaridan boshqalariga ko‘chib yurishi mumkin. Masalan, sistein zanjiri serindan, oltingugurt esa metionindan kelib chiqqan.
Pirouzum kislotasi almashish jarayonlarida asosiy mahsulot hisoblanadi, ular ko‘p geterotrofli mikrorganizmlar uchun uglerod manbai singari glyukoza o‘zgarishiga bog‘liqdir. Gap avvalo, makroergik bog‘li
Fosfor unga ATF dan qo‘shiladi, ATF da esa – ekzogen noorganik fosfatdan. Geterotrof turdagi qator organizmlarda piruvatning oddiy kichik molekulalardan birlamchi sintezi uning ko‘plab aminokislotalardan hosil bo‘lishi orqali ro‘y beradi.
YOg‘ kislotalari hujayra membranalaridagi lipidlarning tarkibiy qismi, ular erkin lipidlar holida har xil mikroorganizmlar hujayrasida joylasha oladi. YOg‘ kislotalari formulalarida uglerod atomlari arab raqamlari bilan belgilanadi, raqamlash karboksil guruhdan boshlanadi, ikkinchi uglerod atomini , uchinchisini – , uglerod zanjirining oxirgi uglerod atomi (SN3) – ; qo‘sh bog‘lar belgi bilan ko‘rsatiladi.
Oddiy qandlar yoki monozalar va quyi oligozalar. Dastlabki kichik biomolekulalarga triozalar, tetrozalar, pentozalar, geksozalar, geptozalar, oktozalar, dekozalar kabi monozalar kiradi. Eng sodda trioza glitserin aldegididir; tetrozalarga umumiy formulasi NO–N2S–(SNON)2–SNO bo‘lgan eritroza va treoza; pentozalarga riboza, arabinoza, ksiloza, liksoza NO–N2S–(SNON)3–SNO; geksozalarga alloza, altroza, glyukoza, mannoza, guloza, idoza, galaktoza, talozalar NO–N2S–(SNON)4–SNO kiradi va hokazo.
Ayrim monozalarda birlamchi spirt guruhi vodorodga almashinadi. Ko‘pgina bakteriyalar va ayrim zamburug‘lar polisaharidlari tarkibida fukoza yoki 6–dezoksigalaktoza bo‘ladi.
Oddiy qandlar etishmasligida (katabolitlar) hujayrada sAMF konsetratsiyasi ko‘tariladi, etarli yoki ko‘p sonli qandlarda sAMF konsentratsiyasi pasayadi. sAMF ahamiyati katabolit repressiyasida ayniqsa ifodalangan. sAMF dan tashqari hujayralarda sGMF va sSMF yasaladi, ular asos xili bo‘yicha farqlanadi, S1 ribozalarga bog‘lanadi. Ayrim hollarda sGMF sAMF ning antogonisti bo‘lib chiqadi.
Ko‘p bakteriya va zamburug‘lar vitamin V2 sintez qiladi. Ammo ayrim mutant achitqilar ayrim bakteriyalar (masalan, Lactobacterium species) uni tashqaridan qo‘shishga muhtoj.
Riboflavin FMI va FAD kofermentlari asoschisi bo‘lib xizmat qiladi. FMN va FAD ga ega Fermentlar, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida qatnashadi va oksidlanish fosforillashda elektronlarni tashiydi.
Adabiyotlar:
Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T., “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2002.
Vorobyov A.A., Bыkov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vыsshaya shkola». 2003.
CHurbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vыsshaya shkola». 1987.
Mustaqimov G.D. O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari.T., “O‘qituvchi” nashriyoti. 1978.
Elinov N.P.” Ximicheskaya mikrobiologiya” M., izd-vo «Vыsshaya shkola». 1989.
Do'stlaringiz bilan baham: |