Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo



Download 1,27 Mb.
bet46/190
Sana20.04.2022
Hajmi1,27 Mb.
#565298
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   190
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kaf

Xitosomalar – zamburug‘ xitosomalari xitinsintetaza fermentiga ega bo‘lib, xitin mikrofibrillari sintezini katalizlaydi. Xitosomalar mikrofibrillalarni hujayra devoriga o‘tkazish funksiyasini bajarib, u erda xitin makrofibrillalari yig‘iladi. Ularda ATF yo‘q (hujayra membranasidan farqli). Xitosomalar qaytariluvchan assotsiyalanadi. Ular subbirliklarining molekulyar massasi 500000 Da ga yaqin.
Peroksisomalar - eukariotik hujayralarning bir membranali tuzilmasidir, undagi bioximik jarayonda, vodorod peroksidi asosiy oraliq mahsulot hisoblanadi
Peroksisomalar mitoxondriyalarga qaraganda kelib chiqishi ancha qadimiy bo‘lib, sayyoramiz atmosferasida molekulyar kislorodni hosil bo‘lishiga yaxshi moslashgandir, chunki ular oddiy tuzilishga ega bo‘lgan nafas zanjiriga ega:
Peroksisomalar lipid almashinuvida muhim ahamiyatga ega - ularda yog‘ kislotalarining β oksidlanishi sodir bo‘ladi. Demak, β oksidlanish reaksiyalarida va glioksilat siklida uglevodlar biosintezi effektivligi oshadi. Turli mikroorganizmlar peroksisomalarida fermentlar soni bir xil emas (hammasi bo‘lib, ularning 40 tasi aniqlangan). Peroksisomalarda Krebs sikli fermentlari va sitoxromlar bo‘lmaydi.
Trichomanas vaginalis trixomonadalarda bir membranali organellalar - gidrogenosomalar bo‘lib, ularda piruvat atsetatgacha va uglerod dioksidigacha ATF sintezi bilan oksidlanadi. Trixomanadalar o‘sishining aerob sharoitida substratlar oksidlanishida elektronlar kislorodga o‘tkaziladi, anaerob sharoitlarida esa vodorod protonlariga N+ o‘tadi va N2 vodorod hosil bo‘ladi. Demak gidrogenosomalarda gidrogenaza bo‘ladi, yana ferredoksin -temir tutuvchi oqsil ham uchraydi, molekulyar massasi 5000-10000 Da ga teng, oksidlanish-qaytarilish potensiali (-417 mV) past,lekin elektron tashishga etarli. Gidrogenosomalarda u reaksiyalarda hosil bo‘lib, piruvatdegidrogenaza fermenti ta’sirida katalizlanadigan elektronlarni qabul qiladi:
Mitoxondriyalar-organellalar bo‘lib, oksidlanish fosforlanish jarayonlarini amalga oshiradi. Ana shunday jarayon orqali hujayralar o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan asosiy energiya bilan ta’minlanadi. Bitta hujayraga to‘g‘ri keladigan mitoxondriyalar soni bir nechtadan yuztagacha to‘g‘ri kelishi mumkin va bu almashinuv jarayonlarining intensivligiga bog‘liq. Mitoxondriyalar matriksiga tushadigan moddalar Krebs sikli reaksiyalarida oksidlanadi. Bunda ajralgan elektronlar mitoxondriyalar ichki membranasida joylashgan elektronlar o‘tkazish zanjiriga o‘tkaziladi.
Mitoxondriyalar o‘z yadrosi va ribosomalariga ega, ularda oqsillar sintezlanishi mumkin. Mitoxondriyalarda fermentlar bo‘lib, Krebs sikli reaksiyalarini katalizlaydi. Bunda bir molekula oksidlanuvchi glyukozaga 24 molekula ATF hosil bo‘ladi, ko‘pgina oksidoreduktazalar, ayrim ligazalar, transferazalar va boshqalar shu jarayonda ishtirok etadi.
Mitoxondriyalar tashqi membranalari massasi 10 000 Da gacha bo‘lgan turli molekulalarga nisbatan engil o‘tkazuvchandir. Ichki membranalar fosfoglitseridlar saqlagan, gidrofob lipid biqavatdan iborat.
Lipid membranalaridagi yog‘ kislotalar 60%ni tashkil etib, ulardan atigi 20% tashqi membranasiga to‘g‘ri keladi. Ichki membranaga butun hujayra kardiolipi to‘g‘ri keladi. (barcha lipidlar 20 %). Agar ular elektronlar o‘tish zanjiridagi fermentlarni tutgan bo‘lsa, membranalararo bo‘shliqda adenilatkinaza, nukleoziddifosfokinaza, sulfitoksidaza; matriksda esa piruvatdegidrogenaza, sitratsintaza, akonitaza, izotsitratdegidrogenaza, fumaraza a-ketoglutaratdegidrogenaza,malatdegidrogenaza, yog‘ kislotalar oksidlanish sistemasi, fosfoenolpiruvat-karboksilaza, glutamatde-gidrogenaza, aspartat-glutamat-aminotransferaza, ornitin-karbomo-iltransferaza, NAD joylashgan bo‘ladi.
Hujayra membranasiga, mitoxondriyalar va boshqa membrana hosilalariga tashqi muhit o‘zgarishlari bilan boradigan mikroorganizmlar hayot faoliyatidagi juda katta funksional og‘irlik to‘g‘ri keladi. Prokariot va eukariot hujayralarni labilligiga qaramasdan, ularning membrana hosilalari tashqi muhit o‘zgarishlariga (ozuqa moddalarning konsentratsiyasi, harorat, rN va boshqalar) nisbatan etarli darajada funksional stabildir.
Xivchinlar (ayrim Protozoa turlarida, masalan Tetrahymena ruriformis infuzoriyalarida ularni kiprikchalar deb ataladi) o‘z asosiy massasi bilan hujayra tashqarisiga chiqib turadi, lekin hujayra organellasi hisoblanadi, chunki hujayra membranasi bilan chambarchas bog‘liq. Sodda hayvonlar kipriklari yoki tuklar (masalan, T. pyriformis) kinetosoma bilan boshlanadi (bakteriyalar bazal plastinkasiga o‘xshash), ularning har biri qo‘shnisi bilan fibrilla (kinetodesmo) orqali birikkan. Hammasi birgalikda kinetiyalarni shakllantiradi. Hujayra kiprikchasini yo‘qotganda kinetiyalar saqlanib qoladi.
Xivchinlar spirallashgan iplardan flagelin-oqsillardan tashkil topgan bo‘lib, ularga uglevodlar va lipidlar birikishi mumkin. Oqsil subbirlik ko‘rinishida bo‘lib, molekulyar massasi o‘rtacha 51 000 Da ga teng. Oqsilda subbirliklar soni har xil bo‘lishi mumkin: ko‘pincha bakteriyalarda 8-9, zamburug‘ va sodda hayvonlarda 11 ga etadi (sodda hayvonlarda ular «9+2» prinsipida taqsimlanadi, ya’ni 9 subbirlik silindr devorni tashkil etadi, ikkitasi esa markazda joy egallagan).
Bakteriyalar xivchini (quruq hujayra og‘irligining 2%) o‘lchami bilan farq qiladi, bu esa spiral qadami o‘lchami va subbirliklar soniga bog‘liq, subbirliklar 8-9 dan kamroq bo‘lishi mumkin. Ularni ajratish uchun hujayrani avaylagan holda buzish usullari qo‘llaniladi (osmotik eritish, sirti faol moddalar bilan ishlov berish). Boshqa hollarda xivchinlar hujayra tashqi yuzasi qismida uziladi.
Uglevod fraksiyasi flagellin bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu kompleks suv va tuzli eritmalarda kam eruvchan, denaturatsiyalovchi agentlar (ishqorlar, fermentlar) ta’siriga turg‘undir. Ayniqsa glikoprotein kompleksini stabillashtiruvchi lipid g‘ilofga ega bo‘lgan xivchinlar chidamli bo‘ladi. Flagellin 14 aminokislotaga saqlagan; alanin, argenin, asparagin kislota, valin, glitsin, glutamin kislota, izoleysin, leysin, lizin, metionin, serin, fenilalanin, tirozin, trionin. Gistidin va prolin kamdan-kam aniqlanadi; sistin va triptofan - uchramaydi; metionin va fenilalanin -kam miqdorda uchraydi; asparagin va glutamin kislota-ko‘plab miqdorda uchraydi. Ayrim enterobakteriyalar xivchinlarida tabiatda kam uchrovchi E-N-metillizin aminokislotasini tutadi. Flagelin agregatsiyaga moyil va oqibatda rekonstruksiyaga (in vitro) ega. Lekin buning uchun kalta xivchin fragmentlari tomizg‘i uchun zarurdir. Oqsil subbirliklari hujayra ichida sintezlanadi va bo‘sh silindr orqali uchiga qarab harakatlanadi. U erda organella o‘sa boshlaydi.
Polisaharidlar va lipidlar kam o‘rganilgan bo‘lib, ularning xivchinga kirilish mexanizmi noma’lum. Xivchinlarga (hujayra membranasi kabi) ATFaza faolligi xos bo‘lib, ularning harakati shu ATFaza faolligiga bog‘liq. Aerob bakteriyalar xivchinining mexanik kimyoviy harakatlarida transmembranali elektrokimyoviy potensialning generatsiyasi katta rol o‘ynaydi.
Pililar yoki fimbriyalar grammanfiy bakteriyalar, ayrim achitqi va zamburug‘larida xali to‘liq o‘rganilmagan. Ular hujayra membranasidan boshlanadi. Pililar oddiy va jinsiylarga ajratiladi. Birinchilari masalan, E-Coli da qattiq buralgan strukturalar bo‘lib, diametri 2-2,5 nm ga teng; boshqa bakteriyalarda ular agregatlardir yoki chiziqli hosilalar hisoblanadi. Pililar klassifikatsiyasi vaqtincha, ammo ularni sistemalash uchun ayrim urinishlar mavjud.
Jinsiy yoki sexpililar orasida F va I tiplari ajratiladi. Birinchilarning diametri 7,5-13,5 nm, uzunligi 20 nm gacha, ikkinchilari (6-12)x2000 nm. Ular morfologik strukturalari oddiy pililarga o‘xshash, lekin ular uzunroq va boshqa fimbriylar orasida sezilarli darajada ajralib turadi.
Odatda, gaploidli turli chatishuvchi tipdagi hujayralar siyrak kalta pililar hosil qiladi, ulardan bir qismi (jinsiy pililar kabi) terminal piyozchalar hosil qiladi, masalan, Saccharomyces achitqilar va Ustilago zang zamburug‘ida. Pililar-oqsil strukturalarga kirib, asosan pilin oqsili va unga uglevod hamda lipid komponentlari qo‘shilishidan tashkil topgan.
Bakteriyalarda oddiy pililar funksiyasi - ular hujayra yuzasida joylashgan adgezin-moddalar bilan birga boshqa tana yuzasiga adgeziyani yopishishni ta’minlab beradi, masalan, E-Soli da lipoprotein antigeni K-88. Achitqilarda va boshqa zamburug‘larda gaploid chatishtiriluvchi tipdagi hujayralarda pililari kon’yugatsiyada va achitqi organizmlarda flokulyasiyada (lotincha flocculustytam) muhim ahamiyatga egadir. Pililarda hujayra adgeziyasini mustahkamligini belgilovchi, yuqori spetsifik strukturalar, uglevodlar, glikoproteinlar va glikolipidlarga mansub.
Bakteriyalar pililar bilan gemaglyutinlovchi faollikka ega. Ayrim hollarda pililar borligiga ko‘ra virulentlikni bog‘lash hollari mumkin. Masalan, 80% meningokok shtammlari ajratib olingan kasal odamlarda laboratoriya shtammlarining atigi 5% pililariga egadir. Salmonellalarda nopatogen shtammlari ham pililarga ega. Bakterial hujayralar kon’yugatsiya jarayonida jinsiy pililari yoki trubasimon sochlari teshikli plazmidalarni nasl faktor deb ataluvchi yoki F-faktor (Fertility factor); bardosh faktori yoki R-faktori (Resistance factor) va kolitsion faktori yoki Col-faktori (Colicine factor) lapni tashiydi. Birinchi ikkitasi F-pililar orqali, uchinchisi I-pililar ishtirokida tashiladi. SHu pililar orqali tegishli faglarning hujayraga yutilishi sodir bo‘ladi. F va I-tuklar (bittasi yoki barchasi) 1-2 bitta hujayraga to‘g‘ri keladi yoki ko‘proq 20 dan ko‘p emas. Ular spetsifik determint (lat. Determinans - belgilovchi) antigenlarga egadir.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish