Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo



Download 1,27 Mb.
bet42/190
Sana20.04.2022
Hajmi1,27 Mb.
#565298
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   190
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kaf

Noorganik tuzlar - nitrat va nitritlar azot manbai sifatida ko‘pgina zamburug‘lar hamda bakteriyalar tomonidan o‘zlashtiriladi. Bunda nitrat azoti nitratreduktaza fermenti ishtirokida qaytariladi, so‘ng nitritreduktaza ishtirokida NH3 gacha qaytariladi.
Havodagi erkin azot fiksatsiyasi va nitrat (nitrit) larning ammiakka qadar qaytarilishi fermentlar, tarkibida molibden hamda temir yoki faqat molibden bo‘lgan fermentlar ishtirokida sodir bo‘ladi.
Bundan oldingi barcha kichik molekulalar (magniy, kalsiy, kaliyning noorganik tuzlari, fosfatlar, sulfatlar va boshqalar), mononukleotidlar, oltingugurtli aminokislotalar ko‘rinishidagi qurilish bloklari – molekulalar sintezida, shuningdek, turli xil katalitik jarayonlarni tezlashtirishda zarurdir. Masalan, magniy kamida 20 ta fermentativ reaksiyalarga aloqador, shuningdek, ribosomalar faoliyatida va kaliy oqsil sintezida muxim, kobalt fermentlar tarkibida uchrovchi vitamin V12 tarkibiga kiradi, kalsiy bakteriya endosporalarining muxim komponenti, mis va temir sitoxromlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador, ayrim pigment tuzilishlariga (melanin, gemoprotein va boshqalar) aloqadordir.
Aniqlanishicha, atom massasi 55 dan katta bo‘lgan metallar biokatalizatorlar faoliyatini faollashtirmaydi. Simob va kumush ionlari ko‘pchilik mikroblar uchun zaharlidir. Ayrim metallar (masalan, kumush) ning oligodinamik ta’siri kichik kationlarning zaharli ta’siri bilan bog‘liq, og‘ir metallar sulfogidril (SH) guruhlarni o‘zida tutuvchi oqsil molekulalarini qaytmas tarzda blokirovka qiladi.
Muhitda noorganik tuzlarga munosabatiga ko‘ra mikroorganizmlarni chetki galofillar, mo‘‘tadil galofillar, dengiz organizmlari va nogalofillar kabi NaCl ning quyidagi konsentratsiyalariga chidash beruvchi guruhlarga ajratiladi: 5-36% (to‘yingan eritma); 0-20,5% ; 0,1-5% va 0-4%. Masalan, birinchilarga Halobakterium salinarium, ikkinchisi - Paracoccus halodenitrificans, uchinchisiga – Pseudomonas marina, to‘rtinchisiga - E coli.
Katta bo‘lmagan molekulalar va ionlar hujayralarda modda almashinuvining optimal darajasini ushlab turadi, ular mikroorganizmlar osmoregulyasiyasiga sezilarli hissa qo‘shadi. Agar hujayra ichidagi osmotik bosim tashqi bosimdan kam bo‘lsa, unda suv hujayradan chiqib ketadi, sitoplazma hajmi kichrayadi va hujayra membranasiga ziyon etkaziladi. Gram musbat bakteriyalarda hujayra devori bu holda hujayra membranasidan orqada qoladi. Bu jarayon plazmoliz deyiladi. Suvli eritmalarda moddalar (elektrolit va noelektrolitlar) har xil osmolyarlikni ko‘rsatadi. Osmolyar deb ideal noelektrolitning bir molekulyar eritmasiga aytiladi, uning osmotik bosimi 0ºS da 2986,4 Pa, suvning muzlash haroratida esa 1,86 ºS ga pasaygan.
Qoidaga ko‘ra, hujayra ichidagi osmolyarlik har doim muhit osmolyarligidan baland, bu esa hujayralarda kaliy ionlari yig‘ilganligiga bog‘liq. Dengiz bakteriyalari natriy ionlarining yuqori konsentratsiyasiga muhtojligini ular transport mexanizmlarining normal funksiyasini ta’minlaydi, fermentlar faolligi va stabilligini ushlab turadi. Hujayra ichi konsentarsiyasining doimiyligi tashqi muhitda kaliy ionlarining past konsentratsiyasi sharoitida ham membranada lokallash maxsus faol transport tizimlari harakati hisobiga ta’minlanadi. Mikroorganizmlarni laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlarida o‘stirish amaliyotida vodoprovod suviga sterilizatsiyadan oldin asosiy element va mikroelementlar qo‘shiladi, ultramikroelementlar har doim bu sharoitda ishlatiladigan suvda yoki boshqa noorganik tuzlarda bo‘lishiga amindir. Ayrim maxsus tajribalardagina hamma elementlar kimyoviy toza ingridientlar holida distillangan suvga kiritiladi. Ko‘rib chiqilgan kichik molekulalardan (N2O, SO2, N2 , noorganik tuzlar) oraliq birikmalar va qurilish hamda bloklari hosil qilinib ular ham kichik razryadga kiradigan molekulalarga tegishliqilinadi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish