Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo



Download 1,27 Mb.
bet40/190
Sana20.04.2022
Hajmi1,27 Mb.
#565298
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   190
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kaf

Saccharomyces cerevisiae da bitta xromasoma DNK sining (17 ta dan) molekulyar massasi 6·10 5 kDa ni tashkil qiladi.
Eukariot hujayralarda yadro shakli ko‘pincha yumaloq bo‘lib, uning hajmi o‘rtacha 1–6 mkm diametr. YAdro ribosoma va ribosomal RNK hosil bo‘luvchi joy – yadrochaga ega. U amorf moddalar bilan qoplangan to‘r ko‘rinishidagi zich, qattiq granula va qalinligi 4–8 nm dan iborat ingichka iplardan tashkil topgan.
YAdro qobig‘i ichki va tashqi membranalardan iborat bo‘lib, hajmi 10...12 nm bo‘lgan porosomalar, yoki yadroning teshiklarini ham o‘z ichiga oladi. Ular teshiklar ustida do‘ppayib turuvchi ikki tomonining uzunligi 50 nm bo‘lgan amorfi-fibrilyarli diafragma –qopqoqchalar bilan to‘ldirilgan. Achitqi yadro pardasining 1mkm2 ga 10...15 ta teshikcha to‘g‘ri keladi. YAdro miqdori hujayrada turlichadir. Kokksimon bakteriyalarda, odatda, tayoqcha shaklidagi bitta nukleoiddan iborat – ikki va uning ikkiga ko‘paygan yadroning desinxronizatsiya o‘sish tezligi bo‘linish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. YUqori zamburug‘larning vegetativ hujayrasi bitta va ko‘p yadrodan iborat. Past zamburug‘lar polinuklearlidir (ko‘p yadroli), bunday zamburug‘lar senotsitli deb ataladi.
YAdro va yadro membranasi parchalanishdagi mitoz bo‘linish davrida eukariot hujayralar bipolyar tarkibga ega bo‘lgan elpig‘ich shaklidagi mitotik apparatni hosil qiladi. Bu tarkib oqsil subbirliklarini o‘z ichiga oluvchi (M-50–60 kDa) 20–30 nm diametrdan iborat mikronaychalardan tuzilgan. Mikronaychalar tartibli tarkibga ega bo‘lib, qisqarish xususiyatiga ega. Ular hujayra qutblarida joylashgan sentiriolalardan chiqadi. Sentriolalar shuningdek, silinrik tuzilishga ega bo‘lib, 9ta juft mikronaylardan iborat.
Ribosomalar. Prokariot va eukariot hujayralarda ko‘p miqdorda nukleoproteinli qism mavjud. Bakteriya ribosomasining hajmi o‘rtacha 20x30x30 nm; eukariot hujayrasi ribosomalari kattaroq–20x40x40 nm, ularning molekulyar massasi 2,7 ·103-4,4· 103 kDa bo‘ladi. Bakteriyalar ribosomasi 70S sedimentatsiya konstant tipiga kiradi; zamburug‘li esa 80S ga tegishli. Ribosomada maxsus oqsil sintezi amalga oshiriladi. Bu ko‘rinishda ular to‘planib, polisomalar yuqori sedementatsiya konstantaga ega bo‘ladi. Ribosomalar hujayra yadrosida eukariotlar paydo bo‘ladi.
Mikroblar har qanday boshqa organizmlar kabi erda keng tarqalgan elementlardan evolyusiya natijasida kelib chiqqan. Bu elementlarning kamroq yoki ko‘proq qismi, odatda, mikrob hujayralarida uchraydi.
Asosiy organogen elementlarga azot, vodorod, kislorod va uglerod kiradi, ular hisobiga 2 dan 60% gacha atom hissasi to‘g‘ri keladi.
Mikroelementlar guruhiga kaliy, kalsiy, magniy, natriy, oltingugurt, fosfor, xlor kiradi; ularga 0,02 dan 0,1% gacha atom hissasi to‘g‘ri keladi.
Ultramikroelementlar – bor, vanadiy, temir, kobalt, kremniy, marganets, mis, molibden, rux 0,001% atom hissadan kamroqni tashkil etadi.
Asosiy elementlar e’tiborga sazovor bir qator xususiyatlarga ega:

  1. ular elektronlar jufti hisobiga hosil bo‘ladigan mustahkam kovalent bog‘larni hosil qila oluvchi elementlar ichida eng engillaridir (kovalent bog‘lar mustahkamligi elementlarning atom massalariga teskari proporsionaldir);

  2. bir-birlari bilan juda oson o‘zaro ta’sirlashadi;

  3. azot, kislorod, uglerod bir bog‘ va qo‘sh bog‘ hosil qila oladi, shu sababli ulardan hosil bo‘ladigan birikmalar soni keskin ortadi;

  4. uglerod boshqa uglerod atomlari va azot bilan uchbog‘ hosil qila oladi;

  5. uglerod - uglerod bog‘lari hosil bo‘lishi hisobiga juda ko‘p sondagi turli xil organik molekulalar shakllanadi;

  6. har bir uglerod atomi atrofida juftlashmagan elektronlar hisobiga tetraedrik konfiguratsiya vujudga kelgani uchun uglerod birikmalari turli xildagi uch o‘lchamli tuzilishga ega.

SHuningdek, universal elementlar tushunchasi ham mavjud. Ularga N, H, Fe, K, O, Na, S, C va P kiradi. Ular tirik hujayralarning har qanday turi uchun struktur-funksional ahamiyatga ega bo‘lgani uchun universal elementlar deyiladi. Boshqa elementlar (mikro va ultromikroelementlar) ahamiyati kamroq deb qaraladi; Cu, Co, Na, Ce, Mn, Mo, Zn, Se, Ni, W.
Erda hayot evolyusiyasi jarayonida tirik sistemalardagi ion tarkibi va balansi o‘zining doimiyligi bilan ajralib turgan (hozirda ham shunday).
Sayyoramizda hayot paydo bo‘lganidan beri o‘tgan milliardlab yillar davomida barcha hujayralarda dengiz suviga xos bo‘lgan (kam konsentratsiyada) ion balansi saqlanib keladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, hatto odamda ham saqlanib qolgan belgini, ya’ni hayot suvda paydo bo‘lganini ko‘rsatadi.
YUqorida sanab o‘tilgan barcha elementlar ikkita shartli guruhga bo‘lish mumkin bo‘lgan molekulalarni hosil qiladi: ya’ni kichik va katta molekulalar.
1-guruhga boshlang‘ich yoki tashqaridan kirib keluvchi molekulalar kiradi: H2O, CO2, N2, Mg+2, Ca+2, NO3-, SO42-, PO43 -, Cl-, K+ va boshqa ionlar,– organik kislotalarning oraliq molekulalari, riboza, aminokislotalar kabi qurilish bloklari, mononukleotidlar, monozalar, quyi oligozalar (oddiy shakar), glitserin, yog‘ kislotalari. Katta molekulalar yoki makromolekulalarga nuklein kislotalar, oqsil, polisaharidlar va lipidlar kiradi. Bular hammasi polimer molekulalardir.
E. soli misolida shu narsa aniqlanganki, kichik molekulalar hujayra umumiy massasining 73% ini tashkil qiladi; bundan 70% suv hissasiga, 1% noorganik ionlarga, 2% boshqa kichik molekulalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hujayra umumiy massasining 27% ni makromolekulalar tashkil qiladi, bundan 15% oqsillar, 6% RNK, 3% uglevodlar, 2% yog‘lar, 1% DNK.
Bu ikki guruxga mansub molekulalarning bunday nisbati hujayralarning ko‘plab turlari uchun xos.
Har bir hujayraga to‘g‘ri keladigan har bir turga mansub bo‘lgan molekulalar soni quyidagicha:
-noorganik ionlar – 12, oraliq molekulalar va qurilish bloklari – 500, oqsillar – 3000, RNK – 1000, uglevodlar – 50, yog‘lar – 40, DNK – 1 [(suvsiz kichik molekulalar jami – 512, makromolekulalar – 4091)].
Bu raqamlardan quyidagi xulosani chiqarish mumkin: mikroorganizmlar (boshqa organizmlardagi kabi) hujayralarida suv dispersion muhit sifatida son jihatidan ustundir; suvni hisobga olmaganda, hujayra massasining katta qismini kichik molekulalarga qaraganda makromolekulalar tashkil qiladi;
genlar funksiyasining mahsuli bo‘lgan oqsillar boshqa makromolekulalardan ko‘proq;
makromolekulalar ichida gen axborotini saqlovchi va tashuvchi DNK molekulalari eng kam foizni tashkil qiladi.
Suv. Suv molekulalari kichik molekulalarga kiradi, uning mikroorganizmlar hayotiy faoliyatidagi ahamiyati juda katta. Suv miqdori turli hujayralarda 60-90%, hatto bakteriyalar sporalarida 18-20% gacha bo‘ladi. Suv molekulalari molekulalararo vodorod bog‘ini hosil qilib, oson o‘zaro ta’sirlashadi.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish