Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi kimyoviy mikrobiologiya fani bo


Amaliy mashg‘ulotlarda bu usullarni qo‘llashdan maqsad



Download 1,27 Mb.
bet31/190
Sana20.04.2022
Hajmi1,27 Mb.
#565298
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   190
Bog'liq
Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kaf

Amaliy mashg‘ulotlarda bu usullarni qo‘llashdan maqsad:
- talabalarning amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish darajasini oshirish.
- talabalarning bir-biridan o‘rganishga imkon berish.
- guruhlarda o‘qitish jarayonini kuchaytirish va talabalarni shu fanga bo‘lgan qiziqishini orttirish.
- mavzularga mos bo‘lgan yangi interfaol usullarni tanlay bilish (reja asosida) va mashg‘ulotlarni qiziqarli o‘tkazishga erishish.
- talabalarga o‘zaro g‘oya va fikrlarini almashishga imkoniyat berish.
- ishtirokchilar katta guruhlarda bayon qila olmagan fikrlarini kichik guruhlarda bayon qilishlariga erishish.
- amaliy mashg‘ulotlarda diqqat markazini o‘qituvchidan ishtirokchilarga o‘tkazish va bilimni olish uchun katta mas’uliyatni ishtirokchilarga topshirishga erishish.
Amaliy mashg‘ulotlarda yangi interfaol usullardan foydalanish samaradorligini oshirish usullari:
1. Talabalarga amaliy mashg‘ulotlarda o‘tiladigan barcha mavzular qaysi interfaol usulda o‘tishini oldindan tushuntirish va kalendar tematik reja asosida yozdirish.
2. Talabalarga auditoriyada joylashish uchun vaqt berish.
3. Har bir amaliy mashg‘ulotda mavzuga talabalarning qaysi usuldan foydalanishi qay darajada bilishlarini aniqlash.
4. Ishtirokchilar topshiriq olguncha o‘zlarining guruhlarga bo‘linish imkoniyatidan foydalanish.
5. Talabalarni shunday kichik guruhlarga ajratish kerakki, guruhda bir-biri bilan tanishlar kamligiga e’tibor berish.
6. Topshiriqni hech bo‘lmasa bir marta takrorlash.
7. Vazifani aniq, ravshan bayon qilish, uni hamma tushunganiga ishonch hosil qilish.
8. Ishtirokchilarni topshiriq bo‘yicha ishlashayotganini tekshirib borish.


“M I YA SH T U R M I” U S U L I


Bu usulda dastlab o‘qituvchi amaliy mashg‘ulotga tayyorlanib kelgan talabalarni aniqlaydi (darsga tayyorlanmay kelgan talabalar reyting tizimi asosida 10, 20, 30 ball bilan baholanadilar) va o‘qituvchi savol beradi – talaba javob beradi, o‘qituvchi javobga qoniqmasa, navbatdagi talabaga savolni takrorlaydi – javob to‘g‘ri, aniq, bo‘lgunga qadar o‘rtaga tashlangan jumboqli savol takrorlanaveradi.


Masalan: “Bakteiyalar sof kulturasini ajratib olish usullari, aerob va anaerob mikroorganizmlarga sharoit yaratish usullari. Identifikatsiya” mavzusida o‘qituvchi tomonidan 5-10 ta savol (talabalarning tayyorligiga qarab) beriladi:
1. Bakteriyalar sof kulturasini ajratib olishning nechta bosqichi bor?
2. Anaerostat va eksikatorlarning anaerob sharoit yaratish uchun ishlatilishi qanday?
3. Anaerob mikroorganizmlarga sharoit yaratishning qanday usullarini bilasiz?
4. Anaerob mikroorganizmlarni o‘stirishning fizik usularini ayting.
5. Anaerob mikroorganizmlarni o‘stirishning kimyoviy, biologik usullariga misollar keltiring.
6. Identifikatsiya nima? Mikroorganizmlarni identifikatsiya qilishdan maqsad nima? va boshqalar
O‘qituvchi guruhdagi har bir talabaning muhokamada ishtirokini kuzatib boradi – talaba 3 ta savolga javob bera olmasa, eng past ball beriladi – amaliy mashg‘ulotning nazariy qismini o‘zlashtirmagan talaba sifatida savol-javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi
Bu usulning ahamiyatli tomoni shundaki, qisqa vaqt ichida guruhdan ko‘p miqdordagi javob variantlarini olish, talabalar bilimini aniqlash, ulardan kutilmaganda so‘rash oqibatida mashg‘ulotga tayyorgarlik daraxasini bilish, xotirada fan bo‘yicha saqlanib qolgan barcha bilimlarni aniqlash imkoni tug‘iladi.
Talabalar tomonidan berilgan barcha javoblar, ma’nosi va mazmunidan qat’iy nazar, muhokama qilinadi. Barcha talabalar o‘z fikrlarini aytadilar, o‘qituvchi tomonidan yuqori kasbiy va pedagogik mahorat bilan yo‘naltirilgan savol-javoblar, bahs-munozarada haqiqat qaror topadi, kuchli nazariy bilim va tayyorgarlikka ega talabaning yuqori ball to‘play olishiga erishiladi, shuningdek tayyorgarligi past talaba ham ko‘plab bilimlarni o‘z xotirasida saqlab qolishiga erishiladi.
Bundan tashqari fan bo‘yicha yangi bilimlarni olishga erishish, ishtirokchilarga taklif etilgan g‘oyalarni muhokama qilish uchun imkoniyat yaratish va guruhda faollikni oshirishga erishiladi.

“S T O L U S T I D A R U CH K A” U S U L I


Tahsil olayotgan guruh talabalari 2 ta guruhchaga ajratiladi. Talabalarga savol yozilgan qog‘oz beriladi va talabalar qog‘ozga ism shariflarini yozadilar. O‘qituvchi mashg‘ulotni diqqat bilan kuzatadi, agar talaba qog‘ozdagi savolga javobni bilmasa, qo‘lidagi ruchkani stol o‘rtasiga qo‘yadi. Boshqa talaba javob berishga kirishadi va hokazo. Talaba javob bera olmay o‘z ruchkasini stol o‘rtsiga 3 marta qo‘ysa, amaliy mashg‘ulotning nazariy qismini o‘zlashtirmagan talaba sifatida savol-javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi, mashg‘ulotning nazariy qismidan ball olib bilmaydi. Bu usulda bitta talabaga 5-6 ta savol yozilgan qog‘oz beriladi va barcha qog‘ozlarga talabalar ism shariflarini va javobni yozadilar.


Masalan: “Mikroorganizmlar fiziologiyasi. Oziqlanishi, nafas olishi, ko‘payishi, oziq muhitlar klassifikatsiyasi, tarkibi, tayyorlash usullari” mavzusi bo‘yicha savollar:
1. Mikroorganizmlar oziqlanishiga qarab qanday bo‘linadi?
2. Mikroorganizmlarning ko‘payish usullari va davrlari qanday?
3. Oziq muhitlar nima? Klassifikatsiyalari.
4. Oziq muhitlarni laboratoriya sharoitida tayyorlash usullari.
5. Differensial-diagnostik oziq muhitlarni laboratoriya sharoitida ishlatishdan maqsad nima?
6. Bakteriyalarning gemolitik xususiyatini aniqlashda qanday oziq muhitlar ishlatiladi?


D U M A L O Q S T O L” U S U L I

Stol ustiga vaziyatli masala (mavzuga oid savol) yozilgan qog‘oz tashlanadi. Har bir talaba o‘zining javob variantini yozib boshqa talabaga qog‘ozni uzatadi. Hamma o‘z djavobini yozib bo‘lgandan keyin tahlil qilinadi: noto‘g‘ri javoblar o‘chirilib, to‘g‘ri javoblar muhokama qilinadi, talabalar bilim darajasi baholanadi. Bu usul nafaqat yozma, balki og‘zaki holda ham olib borilishi mumkin. O‘qituvchi tomonidan savol to‘liq va aniq berilishi lozim.


Masalan: “Mikroorganizmlar ekologiyasi. Tuproq, suv va havo mikroflorasi, ularni o‘rganish usullari” mavzusi bo‘yicha savollar quyidagicha:
1. Havoni sanitar-bakteriologik tekshirish usullari.
2. Qaysi mikroorganizm suv uchun sanitar bakteriologik ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi? Nima uchun?
3. Suvning koli titr va koli indeksi nima?
4. Qaysi mikroorganizmlar tuproqning yangi va eski ifloslanganlik darajasini ko‘rsatuvchilar hisoblanadi? Nima uchun?
Vaziyatli masala: Bakteriologik laboratoriyaga sanitar-bakteriologik tekshirish uchun tuproq namunalari olib kelindi. Xulosa berish uchun qanday ko‘rsatkichlarni aniqlash kerak?


G a l e r e ya b o‘ y l a b s a yo h a t” u s u l i

Guruh talabalarii kichik 2-4 guruhlarga bo‘linadi va har bir kichik guruhlarga bittadan muammoli (vaziyatli masala) savol yozilgan qog‘oz beriladi. O‘qituvchi amaliy mashg‘ulotlarda rangli qog‘ozlardan foydalanadi. Har bir kichik guruh 10 daqiqa davomida o‘zlarining fikrlarini yozib, boshqa guruhdagi javob varaqalari bilan almashadilar. Keyingi guruh oldingi guruhning javobini baholab, agar javob to‘liq bo‘lmasa, o‘zining variantini taklif etadilar.


Mavzu bo‘yicha savollar: “Odam tanasi normal mikroflorasi va ularni o‘rganish usullari” mavzusidan vaziyatli masala:
1. Tish karachidan mikroskopik tekshiruvda treponemalar, stafilokokklar topildi, bu og‘iz bo‘shlig‘ida patologik jarayon borligini bildiradimi?
2. Qo‘ldan olingan yuvindi bakteriologik tekshirilganda Kandida avlodiga mansub zamburug‘lar topildi. Bu nimani bildiradi?
Talabalar o‘z javoblarini berganlaridan keyin tengdoshlari javoblariga qo‘shimcha kiritganlaridan keyin ular birgalikda tahlil qilinadi va eng to‘g‘ri javoblar tanlab olinib, baholanadi.

“Q O R B O‘ L A K CH A L A R I” U S U L I


Bu usulda guruh kichik 2 guruhchaga ajratiladi va sardorlar tanlanadi – har bir talaba o‘ziga boshqa kichik guruhdan raqobatdosh tanlaydi. Har bir talaba raqibiga mavzuga oid 3 ta savol beradi va o‘ziga berilgan 3 savolga javob beradi. 2 guruhdan iborat bo‘lgan talabalar o‘zaro muammoli savollarga javob beradilar – bu javoblar o‘qituvchi tomonidan muhokama qilinadi, tahlil qilinadi.


Masalan: “Umumiy virusologiya. Viruslarga umumiy ta’rif – sistematikasi, tuzilishi, o‘stirish usullari. Faglar, tuzilishi, xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha savollar:
1. Virusni “xo‘jayin” hujayrasi bilan o‘zaro ta’siri turlari va bosqichlarini ayting.
2. Viruslarni o‘stirish usullari.
3. Viruslarning obligat parazitligiga sabab nima?
4. Virusning “xo‘jayin” hujayrasiga kirish yo‘llari.
5. Virusning xo‘jayin hujayrasidagi dezintegratsiyasi, “echinishi” qanday yuz beradi va bu jarayonda qaysi fermentlar ishtirok etadi?
6. Tovuq embrioniga virusli ashyoni yuqtirish usullari.
7. Tovuq embrionida viruslarni o‘stirishning afzalliklari va kamchiliklari nimalar?
Har qanday to‘g‘ri javob shu guruhga “qor bo‘lakchasi” ko‘rinishida ball keltiradi.


“Q O R U YU M I” U S U L I


Bu usulda talabalar 2-4 kichik guruhlarga bo‘linadi, 1-kichik guruh talabalari navbati bilan 2-kichik guruhidan bir talabaga savol beradilar (kichik guruh talabalar soniga qarab 4, 5, 6 ta). Talaba bilgan savoliga javob beradi. Bu usulga “qor uyumi” deyishdan maqsad “bir uyum”ning (kichik guruh) bir talabaga beradigan savollariga asoslangan.


Masalan: “Bakteriyalar hayot faoliyati davomida ishlab chiqargan maxsulotlari - fermentlar, pigmentlar, toksinlar” mavzusiga oid savollar:
1. Differensiatsiya va identifikatsiya uchun ahamiyatga ega bo‘lgan bakteriyalar fermentlarini sanab bering.
2. Bakteriyalarda bo‘ladigan toksinlarni ayting, ularning mikrob hujayrasida joylashishi.
3. Pigmentlarning hujayra hayot faoliyatidagi o‘rni.
4. Mikrob hujayrasi patogenlik fermentlarini ayting.


K i m k o‘ p r o q, k i m t e z r o q” u s u l i

Bu usul “Miya shturmi” usuliga o‘xshash bo‘lib, bunda o‘qituvchi talabalarga mavzuga oid savol beradi. Qaysi talaba berilgan savolga javob berish uchun birinchi bo‘lib qo‘l ko‘tarsa va to‘g‘ri javobni aytsa, maqsadga muvofiq hisoblanadi. Darsga tayyor talabalar 3-5 marta birinchi bo‘lib qo‘l ko‘tarib, to‘g‘ri javob berishsa, ular yuqori ball bilan baholanadilar.


Masalan: “Kimyoterapevtik preparatlar va antibiotiklar. Bakteriyalarning antibiotiklarga sezgirligini o‘rganish usullari” mavzusi bo‘yicha savollar:
1. Mikroorganizmlar antagonizmi va uning mexanizmi.
2. Antibitiklarning olinishi, ta’sir mexanizmi, ta’sir doirasi, kimyoviy tarkibiga ko‘ra klassifikatsiyasi.
3. Hujayra devoriga, oqsil sinteziga, nuklein kislotalarga, sitoplazmatik membranaga ta’sir etuvchi antibiotiklarni ayting.
4. Antibiotiklarga rezistentlik mexanizmi.


K u ch s i z z v e n o” u s u l i
Guruh talabalari kichik 4-8 guruhchalarga bo‘linadi va o‘qituvchi bitta muammoli savolni (yoki vaziyatli masalani) aytadi va qum soatchasi yordamida ma’lum vaqt belgilaydi. Qaysi kichik guruh savolga birinchi bo‘lib aniq, to‘g‘ri javobni bersa, rag‘bat kartochkasi beriladi.
Mashg‘ulotda 5-6 marta rag‘bat kartochkasi olgan kichik guruh baland ball bilan baholanadi, savollarga javob topa olmagan kichik guruh mashg‘ulotdan chetlashtiriladi va past ball bilan baholanadi.
Masalan: “Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi infeksiyalar. Zahm, so‘zak qo‘zg‘atuvchilariga ta’rif, laboratoriya tashhisi” mavzusi bo‘yicha savollar:
1. Spiroxetalar klassifikatsiyasi va ularning odam patologiyasidagi o‘rni.
2. Spiroxetalarning umumiy xususiyatlari va ularning bakteriyalardan farqlari.
3. Zahmning asosiy patogenetik jihatlari va unda immunitet xarakteri.
4. So‘zak mikrobiologik tashhisida qo‘llaniladigan usullar va ularni baholash.
5. So‘zakda bakterioskopik usul qaysi holatlarda va qanday o‘tkaziladi?


“D I S K U S S I YA” U S U L I


Guruhdan ikki nafar sardor tayinlanadi. Har bir sardor o‘zining kichik guruhiga talabalar o‘rtasidan talaba tanlaydi - 2 ta kichik guruh ajralgach, har bir kichik guruh talabasi o‘ziga 2 - kichik guruhdan raqib tanlaydi. Bu usulda talabalar o‘zaro bir-birlariga mavzuga oid savol beradilar va raqibi tomonidan berilgan savollarga javob beradilar. O‘qituvchi mashg‘ulotni diqqat bilan kuzatadi, chunki har bir savol muammoli, jumboqli, mavzuga oid va qiziqarli bo‘lishi, berilayotgan javoblar to‘g‘ri, aniq, ravshan bo‘lishi keak.


Masalan: “Virusli infeksiyalar: ortomiksoviruslar va paramiksoviruslar, ular qo‘zg‘atgan kasalliklar laboratoriya tashhisi” mavzusi bo‘yicha savollar:
1. Ortomiksviruslarning zamonaviy klassifikatsiyasi. Ularga berilgan nom nima bilan bog‘liq?
2. Orto- va paramiksoviruslar oilasiga kiruvchi viruslarni sanab bering.
3. Epidemiya va pandemiya vaqtida gripp virusi o‘zgaruvchanligi qaysi antigenga bog‘liq?
4. Gripp tashhisi qaysi holatlarda o‘tkaziladi?

Bu usulda talabalar


- mavzuni muhokama qiladilar;
- mavzuni ochib beradilar;
- talabalar o‘z bilimlarini tekshiradilar;
- diskussiya qilib bilimlarini oshiradilar;
- mashg‘ulotni o‘yin usulida o‘tkazadilar;
- har bir talaba mashg‘ulotda qatnashadi va o‘zini erkin his qiladi.

Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanidan amaliy mashg‘ulotda yangi interfaol usularni qo‘llash o‘qituvchilardan ko‘p mehnat, mahorat, bilimlilik, izlanuvchanlik talab qiladi. CHunki har bir mashg‘ulotga u mavzuga oid ko‘plab vaziyatli masalalar, muammoli savollar, qiziqarli krossvordlar, mulyaj, maketlar, rangli tablitsalar va shu bilan birga o‘qitishning yangi dasturini tayyorlaydi, kichik guruhlarda ishlash uchun ma’lumotlarni beruvchi materiallar (rangli qog‘ozlarda) to‘playdi.


O‘qituvchi katta va kichik guruhlarda faol kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi, muammoli savolni echishda har xil alternativ yo‘llar ko‘rsatadi, qo‘shimcha savollar berib bahslashadi, muhokama qiladi, xulosa qiladi.
Ushbu yangi intefaol usullar o‘qituvchilar va talabalardan o‘z ustida mustahkam ishlashni, ma’lumotga boy materiallar yig‘ib, texnik vasitalardan foydalanishni o‘rgatadi.




  1. Download 1,27 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish