73
Mum
12
Setil spirti
15
Paxta moyi
10
Sussiz lanolin
10
Vazelin
12
Parafin
11
Petrolat
12
Stearil kislota
15
Stearil spirt
14
25
Ionogen emulgatorlar
25
Allen L., Ansel H. Pharmaceutical Dosage Forms and Drug Dilevery Systems he 10th ed.
Philadelphia-Baltimore-NY, 2014.(365 s)
74
Ionogen emulgatorlar deb, anionli yoki kationli sirt-faol moddalarga aytiladi. Birinchisi suvda
parchalanib, manfiy zaryadga, ikkinchisi esa musbat zaryadga ionlashadi. Bu guruhlarning oddiy
emulgatorlari sovun (anionli SFM) va ammoniy asosi hosilalariga (kationli SFM) — linimentlar va
surtma dorilar bo‘limlarida kengrok to‘xtab o‘tiladi.
Elimlar dorixonadagi emulsiyalarni tayyorlashda juda keng qo‘llaniladi. SHilimshiq va pektin
moddalar ham ishlatiladi. bo‘lar o‘z xossasi bilan poliarabin kislotasi tuzi va poliuron kislotasi
bo‘lgani sababli anion faol emulgatorlarga kirishi kerak edi, ammo bu moddalarning yuqori
emulgirlash xususiyati bo‘lishi, zarrachalarning ustki qismida ximoya parda hosil kilishi, ikki
qavatli elektr katlamining bo‘lishi ionlanadigan guruhlarga kirishini isbotlaydi.
Elimlar
Elimlardan hosil bo‘lgan parda fazalararo taranglikni kamaytirib, mustaxkam ximoya
pardasini tashqil qiladi.
Arab elimi — (Gummi arabicum). Bu emulgator Afrika akatsiyalaridan olingan mahsulot.
YUqori navi — sargish yarim tinik bo‘laklardan iborat. YOmon navi juda bo‘yalgan va ifloslangan
(tuprok, po‘stlok va shox bo‘laklari) bo‘ladi. Arab elimining 1 qismi 2 qism suvda sekin eriydi va
quyuq yopishkok eritma hosil qiladi. Dorixonada ishlatiladigan emulsiyalarni tayyorlashda eng
kadimgi emulgator hisoblanadi. Elimlarning naviga qarab emulgirlash xususiyatini bilish mumkin.
YUqori navi 64% tomchilar diametri 2,5 mkm li yuqori disperslangan emulsiyalarni hosil qiladi.
Emulsiya hosil kilish uchun 10 qism yog‘ga 5 qism elim olinadi.
O‘rik elimi — (Gummi armeniacae) Z. M. Umanskiy tomonidan taklif qilingan. O‘rik elimi
daraxtlarning tanasi va po‘slog‘i yorilishidan hosil bo‘ladi. O‘rta Osiyoda ko‘p miqdorda uchraydi.
1961 yildan davlat (X) farmakopeyasiga kiritilgan elim ok yoki sargish, qattiq, mo‘rt
bo‘lakchalardan iborat bo‘lib, ushatilganda notekis bo‘lakchalar hosil qiladi. Emulgator sifatida
arab elimi o‘rnini bosuvchi suvda yaxshi eriydigan ok kukun holidagi modda. 10 qism yog‘ga 3-4
qism elim olinadi.
Tragakant — (Gummi Tragacanthae).
Juda kuchli emulgator. 20 g yog‘ga 2 g tragakantning mayda poroshogidan olish mumkin.
Tayyorlangan emulsiyada yog‘ mazasi saqlanganligi sababli, bu emulgator kam ishlatiladi (dispers
darajasi kam). Tragakant bilan arab elimini birgalikda ishlatish maqsadga muvofik. Bu emulgator
farmatsevtika amaliyotida yuqori dispersli turg‘un emulsiya hosil qiladigan eski murakkab
emulgator.
Do'stlaringiz bilan baham: