3.4.Rasm. Dorivor moddani uni uch xil dori shaklida qo‗llanilganda nisbiy biologik
kirishuvchanligi.
1-A dori shakli; 2-B dori shakli; 3-V dori shakli.
AUC
A
=39,9 (mkg/mm)·s, AUC
B
=32,2 (mkg/mm)·s, AUC
V
=14,0 (mkg/mm)
Ma‘lumki, og‗iz orqali ichiladigan qattiq dori shakllar, shu jumladan tabletka dori
shakllarida biofarmatsevtik tadqiqotlar 2 xil usulda:
in vitro
va
in vivo
tajribalarida amalga
oshiriladi.
In vitro tajribalari bajarilishi nuqtai nazaridan oddiy, kam xarajat va kam vaqt talab
etadigan, ayni vaqtda dori vositasining terapevtik samaradorligi to‗g‗risida etarlicha ma‘lumot
97
bera oladigan tajriba usullaridan hisoblanadi. SHu bilan birga in vitro tajribalar xar doim xam
dori vositasining tirik organizmdagi ta‘sirini to‗laqonli ifodalamasligi mumkin. SHu sababli
taklif etiladigan in vitro usuli in vivo sharoitida olingan tajribalar natijalari bilan taqqoslanib,
ular o‗rtasidagi korrelyasion bog‗liqlik hisoblab topiladi va bu bog‗liqlik ishonarli darajada
bo‗lgan taqdirda qo‗llanilgan in vitro tajriba usuli keyinchalik dori vositasini sifat nazoratini
amalga oshirish uchun tavsiya etiladi.
In vivo tajriba usullari laboratoriya tajriba hayvonlarida yoki o‗zi istak bildirgan
odamlarda olib boriladi. In vivo tajribalari farmakokinetik usul – qon, boshqa biologik
suyuqliklar va alohida a‘zolarga so‗rilib o‗tgan ta‘sir etuvchi modda konsentratsiyasini o‗lchash
bo‗yicha yoki farmakodinamik usul – dori vositasini organizmga so‗rilib o‗tgandan keyin
namoyon bo‗ladigan ta‘sir kuchini o‗rganish bo‗yicha amalga oshirilishi mumkin.
Farmakokinetik usullarda tadqiqotlar o‗tkazilganda faol modda konsentratsiyasi asosan
kimyoviy va fizik kimyoviy, alohida holatlarda mikrobiologik, biokimyoviy va biofizikaviy
usullarda amalga oshiriladi. Farmakodinamik usullarda esa dori vositasi terapevtik
samaradorligiga baho berish, tirik organizmning dori vositasi ta‘sirida ma‘lum funksional
holatidagi o‗zgarishlarni o‗lchash bo‗yicha amalga oshiriladi.
Bugungi kunda nisbatan qattiq, dozalangan, og‗iz orqali qabul qilinadigan dori
vositalarini biofarmatsevtik ko‗rsatkichlarini in vitro sharoitlarida o‗rganish uchun 200 ga yaqin
usullar va asbob-uskunalar taklif etilgan. SHulardan dori vositalarini eruvchanlik testini aniqlash
bo‗yicha taklif etilgan
“Aylanuvchan kajava”
usuli qator e‘tirof etilgan halqaro
farmakopeyalarga (NF, USP, BP, EuP va boshqalarga) kiritilgandir. Bu usul bizning
respublikamizda ham rasmiy usul hisoblanadi.
“Aylanuvchan kajava”
usulining bu darajada
keng qo‗llanilishining asosiy sabablari, olingan tadqiqot natijalarining ko‗p holatlarda in vivo
tajriba natijalari bilan yuqori korrelyasion bog‗liqlikka egaligi, usulning oddiyligi, amalga
oshirilishini qulay va kam xarajatliligi kabilardir.
Ayrim tabletkalar uchun in vitro va in vivo sharoitlarida amalga oshirilgan tajriba
natijalari o‗rtasidagi korrelyasion bog‗liqlik hisoblab chiqildi va olingan natijalar asosida
korrelyasion bog‗liqlik yuqori darajada ifodalangan
“Erish testi”
ni amalga oshirish sharoitlari
belgilandi.
Korrelyasiya koeffitsienti qanchalik birga yaqin bo‗lsa, olingan natija shunchalik ijobiy
hisoblanadi va bunday holatda korxona sharoitida ishlab chiqarilgan tabletkaning
biosamaradorligi in vitro usuli bilan baholansa etarli bo‗ladi.
Korxona sharoitida in vivo tajribalari o‗rniga in vitro tajribalarini ishlatish imkoniyati
borligini ilmiy jihatdan asoslash uchun, ularning korrelyasion koeffitsientini hisoblash lozim.
Agar korrelyasion koeffitsient 0,60 va undan katta bo‗lsa, korxona sharoitida biosamaradorlikni
in vitro usulida aniqlash kifoya qiladi.
Farmakokinetik tahlil farmakoterapevtik va farmatsevtik omillarni to‗g‗ri tanlashga
imkoniyat beradi. Biosamaradorlik testi tirik organizmlarda olib boriladi va aniqligi bilan ajralib
turadi, ammo ular murakkab va uzoq vaqt talab qilganligi uchun ishlab chiqarishda kam
qo‗llaniladi.
In vivo va in vitro tajribalari asosida olingan ko‗rsatkichlarning bir-biriga mos kelishini
bilish uchun ularning korrelyasiya koeffitsientini aniqlash lozim bo‗ladi.
“Erish”
testi quyidagicha ifodalanishi mumkin: ―
Test “Aylanuvchi kajava”
asbobida,
uning kajavasiga 1 yoki «umumiy» namuna («yig‗indi» namuna) tekshirilganida birdaniga 5 ta
tabletkani joylagan va tegishli ravishda 200 va 1000 ml tozalangan suvdan erituvchi muhit
sifatida foydalangan holda, 50 ayl/daq. aralashtirish rejimida amalga oshiriladi. 30 daq dan so‗ng
muhitdan 5 ml namuna olinadi, darhol g‗ovaklarining diametri 0,45 mkm bo‗lgan «Millipor»
filtri orqali filtrlanadi. Har bir seriyadagi 5 ta tabletka uchun alohida tabletkadan erituvchi
muhitga o‗tgan ta‘sir etuvchi moddaning miqdorini aniqlash yo‗li bilan tabletkadan erituvchi
muhitga ajralib chiqqan ta‘sir etuvchi modda miqdorining o‗rtacha qiymati hisoblanib, u 78%
dan kam bo‗lmasligi kerak. Birdaniga 5 ta tabletkaning erishini aniqlashda olingan «umumiy»
namuna tekshirilganida, erituvchi muhitga ajralib chiqqan ta‘sir etuvchi modda miqdori me‘yor
98
bo‗yicha belgilangan miqdorga 10% ortig‗i bilan mos kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |