“
Assesment
”
grafik organayzer uslubi buyicha olib boriladi.
Mazkur metod vositasida ta‘lim oluvchilarning bilish faoliyati turli yo‗nalishlar (test, amaliy
ko‗nikmalar, muammoli vaziyatlar mashqi, qiyosiy tahlil, simptomlarni aniqlash) bo‗yicha
tashxis qilinadi va baholanadi. Usulning afzalligi ta‘lim oluvchilarda qisqa vaqt davomida
axborotni jamlash va tahlil qilish, qaror variantini tayyorlashni rejalashtirish, jarayonni
prognozlash ko‗nikmalarini shakllantirish, o‗tilgan mavzuni o‗zlashtirilganini baholash va
mustahkamlash imkoniyat beradi. Ushbu usul maxsus dori turlari texnologiyasi fanining
“
Tabletkadan ta‘sir etuvchi moddasining ajralib chiqishi tezligiga ―Aylanuvchi kajava‖ ning
ta‘siri
”
mavzusida qo‗llanilishini. Vazifalarni bajarish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi. So‗ng
o‗qituvchi yakka va guruh xatolarini to‗plangan umumiy yig‗indi bo‗yicha alohida-alohida
sharhlab beradi. Gurux talabalariga baholariga qarab, ularning mavzu bo‗yicha o‗zlashtirish
darajalari aniqlanadi.
Assesment ―Tabletkadan ta‘sir etuvchi moddasining ajralib chiqishi tezligiga ―Aylanuvchi
kajava‖ ning ta‘siri
‖
mavzusida
Test
1.
2.
3.
Vaziyatli masala
Masalani echilishi
Talabani javobida yo„l qo„yilgan hatolar
va ularni bartaraf etish yo„llari:
1.
2.
Amaliy ko‘nikma
Uslubiy ta‘minot va mashg‗ulot jixozlanishi:
mavzuga oid tarqatma materiallar, uslubiy
qo‗llanma, adabiyotlar, ma‘ruza matni, internet ma‘lumotlari, mavzu bo‗yicha prezentatsiya.
Asosiy matn
So‗nggi yillarda O‗zbekistonda qayd etishga talabgor MDH, horijiy va mahalliy dori
preparatlarining soni bilinarli darajada oshib ketdi. Ularning katta va asosiy qismini (80% gacha)
generiklar
(muallifning patent olgan muddati o‗tgandan so‗ng turli korxonalarda ishlab
chiqarilayotgan original preparatlar) tashkil etadi. Generik preparatlar xuddi original
preparatlarga o‗xshash bir dori turida bir xil dozada biologik faol moddalarni saqlaydi. SHu bilan
birga klinik amaliyot bir xil nomdagi, bir xil dozada va bir xil dori shaklida turli korxonalarda
ishlab chiqarilgan dori preparatlari turli xil terapevtik samaradorlikni va ular asosida bo‗ladigan
nojo‗ya ta‘sirni turlicha namoyon qilishini ko‗rsatdi.
Dori vositalarining biologik ta‘siri asosan ularning qon aylanish tizimiga, spetsefik ta‘sir
ko‗rsatishi lozim bo‗lgan organ va to‗qimaga tushishi xossalari darajasi bilan aniqlanadi. Bu
preparatlarning biologik samaradorligi haqida tushuncha beradi. Ko‗p hollarda bir xil nomdagi
va bir xil dozadagi dori vositasining biosamaradorligining turlicha bo‗lishi biosamaradorlik va
terapevtik faollik orasidagi bog‗liqlikni bildiradi.
94
Do'stlaringiz bilan baham: |