53
o‘tishini bildiradi. Rektal dori preparatining absorbsiyasi natijasida birinchi fazada jigarga atigi
20% tushadi. Peroral dori preparatlari esa bu fazada 100% jigarga kelib tushadi. Rektal dori
turlari tarkibiga emulgatorlarning qo‘shilishi bilan absorbsiyalanuvchi vositalar miqdori 45%
gacha ortishi mumkin.
Barcha dori preparatlari kabi rektal dori preparatlarida ham absorbsiya jarayoniga dori
moddasining eruvchanligi, uning molekulasining o‘lchami, zarrachalar o‘lchami, dori
vositalarining asos bilan o‘zaro ta’siri kabilar ta’sir ko‘rsatadi. Agarda asos suvda erimasa
undagi dori vositasi diffuziya orqali absorbsiyaga uchraydi. Agarda asos suvda erisa, absorbsiya
erish tezligiga bog‘liq bo‘ladi.
Rektal dori preparatlarini biologik samaradorligini asoslash qiyin bo‘lishiga qaramasdan,
asosga qarab shularni aytish mumkin: agar dori vositasi suvda qancha yaxshi erisa uning
so‘rilishi shuncha tez bo‘ladi.
Rektal dorilar so‘rilishida rektal suyuqlik konsentratsiyasi alohida
ahamiyat kasb etadi. Konsentratsiya qancha yuqori bo‘lsa membrana orqali dori vositasining
o‘tishi shuncha tez bo‘ladi.
Suppozitoriylar muayyan tarkibini tanlashda asos miqdori va tabiati, yordamchi moddalar
va dori vositasi xususiyatlari, texnologik jarayon kabilar ahamiyatli hisoblanadi. Asosning
strukturaviy – mexanik xossalarini yaxshilash maqsadida asosga alyuminiy stearat, magniy
stearat va boshqa moyli kislotalarning tuzlari qo‘shiladi.
Yumshoq dori turlaridan linimentlar, surtmalar, kremlar,gellar va pastalar inson organizmi
yuzasiga qo‘yiladigan dori turlariga kiradi. Ma’lumki ular asos va yordamchi moddalardan
tashkil topgan bo‘ladi.
- yumshoq asos-tashuvchilar (vazelin, lanolin)
- suyuqlanish harorati va yopishqoqlikni oshiruvchilar
- gidrofob erituvchilar
- emulgatorlar
- gel hosil qiluvchilar
- antimikrob xususiyatli konservantlar
- antioksidantlar
- solyubilizatorlar
- muzlatuvchilar
- pH muhitni normallashtiruvchilar
Liniment, surtma va kremlarda eruvchan dori moddasining asosiy omillardan biri uning
dissotsiatsiya ko‘rsatkichi hisoblanadi. Esdan chiqarmaslik kerakki, biomembranalardan faqat
dissotsiyalanmagan molekulagina o‘ta oladi. Dorivor moddaning diffuziya koeffitsienti muhit va
uning molekulasining kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Surtmalarda dori vositaning absorbsiyasi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularda erigan moddaning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Yumshoq dori turlarida dori vositalarining ajralib chiqish tezligi va biologik
samaradorligiga solyubilizatsiya usuli va asosning yopishqoqligi ta’sir ko‘rsatadi. Dori
vositasining surtmalardan so‘rilishiga ular tarkibidagi faollashtiruvchilarning ta’siri katta bo‘ladi.
Surtmalarni tayyorlash texnologiyasi ham biologik samaradorlikka o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: