24
preparatlarini yaratishda farmakokinetikaning o‘rni, hamda dori vositalarining farmakodinamik
va farmakokinetik aspektlari N.YaGolovenko, A.I.Tensova, A.D.Nazarov, V.V.Chistyakov,
V.A.Gorkov, X.U.Aliev, S.M.Mahkamov, M.U.Usubbaev, X.K.Jalilov, M.M.Mirolimov,
X.M.Yunusova, Z.A.Nazarova, K.S.Mahmudjonova, F.Kozjek, S.Primozic, E.Zathurecky,
P.G.Welling, J.T.Dolusio va boshqalar ishlarida har tomonlama yoritilgan.
Preparatlarning farmakologik ta’siri darajasi, avvalambor, organizmga so‘rilgan dori
moddasining miqdoriga bog‘liq. O‘z navbatida so‘rilish jarayoniga dori shakli va uning
yuborilish yo‘li, dori vositasini ajralib chiqishi va transportirovkasini ta’minlovchi to‘g‘ri tarkib
tanlash o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Dori shaklidan dori moddalarining ajralib chiqish tezligiga uning
fizik-kimyoviy xossalari (masalan, disperslik darajasi, erishi, lipofilligi va hokazolar), yordamchi
moddalarning tabiati va ularning miqdori, hamda organizmning endogen omillari alohida o‘ringa
ega bo‘ladi.
So‘rilish jarayoniga ta’sir o‘tkazuvchi endogen omillar (oshqozon yoki ichakning pH
muhiti, ularda ovqat, suyuqlik, fermentlarning mavjudligi va hakozo)ga va ularning dori
preparatlari bilan ta’siri 3-bobda batafsilroq ko‘rib o‘tiladi.
Dori preparatlarining terapevtik ta’sir ko‘rsatishi uchun, dori moddalarini uning
farmakologik ta’siri sodir bo‘lishi lozim bo‘lgan kerakli organ va to‘qimalarga etkazish kerak.
Jarohatlangan organga dori vositalari transport sistemasi bo‘lgan qon orqali yetkaziladi. Bu
sistemaga tushish uchun dori vositasi hujayra to‘qimalari orqali ma’lum bir masofani bosib
o‘tishi lozim. Bu esa o‘z navbatida dori preparatini yuborilgan yo‘liga bog‘liq bo‘ladi.
Dori moddalari ichki tomir orqali yuborilganda darhol va to‘liq qon oqimiga tushadi.
Boshqa yo‘llar bilan yuborilganda qon oqimiga tushishdan oldin dori moddalari bilogik
membrana hujayralari va gistogematik to‘siqlardan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Ajralib chiqqan dori moddalari diffuziya yo‘li bilan ustki qatlamga so‘riladi. So‘rilish
jarayoni organizmning oqsili bilan yoki sitoz yo‘li orqali, passiv diffuziya yordamida sodir
bo‘ladi. Dori moddalarining so‘rilishi
membrana hujayralarining
tuzulishiga bog‘liq. To‘rt
turdagi membrana hujayralari bo‘ladi:
g‘ovakli – moddalaring konveksiya va molekulyar diffuziyasi suv to‘ldirilgan teshiklar
orqali amalga oshadi;
g‘ovakli va yarim o‘tkazgich qatlamli – nisbatan katta massali noelektrolit molekulalar
diffuziyasi sodir bo‘lishi mumkin;
g‘ovaklikka ega emas – faqat yog‘da eruvchi ionlashmagan molekular diffuziyasi bo‘lishi
mumkin;
g‘ovaksiz - faol transport maxsus moddalar tashuvchi molekulalar yordami bilan sodir
bo‘lishi mumkin.
Yirik va qiyin eruvchan molekulalar transporti, membranalar harakati yordamida va
ultramikroskopik zarrachalar atrofida pufakchalar-vakuollar paydo bo‘lishi yordamida –
pinotsitoz yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Qonga turli yo‘llar bilan tushuvchi dori moddalari organizm bo‘yicha va organizmning
organlarida muayyan holatini aniqlaguncha barcha qon tizimida teng taqsimlanadi.
Farmakokinetik jarayonlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning mos holdagi
ko‘rsatkichlari ko‘p omillarga bog‘liq. Bir qator mualliflar (N.Ya.Golovenko, L.Frick, M.Cibaldi
va boshqalar, 2002 yil)ning fikriga qaraganda,
farmakokinetikaning hamma bosqichlari uchun
umumiy fundametal xarakteristikalari mavjud
:
-
dori preparatining tuzilishi va
fizik-kimyoviy xususiyatlari;
-
muhit,
uning eruvchanlik qobiliyati,
dissotsiatsiya;
-
biologik
membrananing turi;
-
hujayra va to‘qimali o‘tkazuvchanlik (diffuziya, faol
transport, sitoz).
Farmakokinetik parametrlarni tahlil qilishda organizmning ma’lum qismida topilgan
preparat konsentratsiyasini aniqlash muammo hisoblanadi. Bu bosqichda paydo bo‘ladigan
xatolik, keyingi izlanishlarning keraksizligiga olib keladi. Farmakokinetik tadqiqotlarning
aniqliligi yangi namunalar va eksperimental qurilmalar (zamonaviy xromotografik dastgohlar va
25
hakozolar) tatbiq etish yordamida erishiladi. So‘rilish jarayoni dori moddalarining fizik-
kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq. Biologik membranalar uch qatlamli tuzilishga (oqsil – lipid –
oqsil) egaligini inobatga olgan holda, dori moddalarining ikki marotaba eruvchanlikka ega
bo‘lish kerak, ya’ni bu jarayon ham suvli, ham lipid fazasida amalga oshishi zarur. Farmatsiyada
bu xossali bog‘lanish xususiyati
lipofil
deb yuritiladi. Lipofil ionga qarshi ionlarni ishlatish yo‘li
orqali ionogen gidrofil dori vositalirining so‘rilishini oshirish mumkin (J.Ivan, E.Minker,
W.Suss, E.Fernander Sanchez va boshqalar), dori moddalarning tansdermal yetkazishning
tezlatishda promotorlar deb nomlanuvchilar yordamga yyetib kelishadi (H.Loth, 1990).
Trandermal kompozitsiyalar tarkibiga yuborishda dori sifatida foydalaniladigan diklofenak,
atropin sulfat, skopolamin gidrobromid va hakozolarni keltirish mumkin.
So‘rilishda
preparatning
pH
va
dissotsiatsiya
darajasi
kabi
fizik-kimyoviy
xarakteristikalarini ta’sirini inobatga olish kerak. Zamonaviy tahminlarga ko‘ra dori
moddalarining optimal fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari mavjud:
-
proton donor-guruhlaring miqdori 5
dan yuqori;
-
proton akseptor-guruhlarning miqdori 10 dan yuqori;
-
log P
1
> 50 dan;
-
molekulyar massasi 500 dan yuqori.
Bunday qonuniyat lopofillika, molekulyar massaga va molekulalarning vodorod bog‘
hosil qilish qobilyatiga asoslanadi. Bu holat transport oqsillari tufayli hujayralarda
harakatlanayotgan birikmalarga to‘g‘ri kelmaydi.
Molekulyar massadan tashqari, gematoensefalik to‘siqdan moddaning o‘tish qobiliyati
ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan molekulalarning ustki qavatining qutbliligi hisoblanadi. Buning
uchun eng yaxshi sharoit quyidagicha: molkulyar massasi 450 dan past, qutbliligi 9 nm dan past.
Qon oqimiga tushgan modda, qon plazmasi fermentlari va oqsillari bilan o‘zaro ta’sirga
o‘tadi va dori preparatlarining metabolizmini kataliziyalovchi fermentlari bilan o‘zaro
harakatlanadi, ma’lum bir yo‘l bosadi va natijada qisman yoki to‘liq faolligini yo‘qotadi. Eng
ko‘p terapevtik ta’sirni in’eksiya uchun dori shakllari ko‘rsatadi, ya’ni qon-tomir va mushaklar
orqali yuboriladigan dori shakllari. So‘nggi yillarda maksimal terapevtik faollikni liposomal dori
shakllari beryapti, ular organizmda patologik jarayonning jamlangan yeriga (maqsadli) dori
prepa-ratini yetkazadi va shu yerda dori moddalarini dori preparatidan ajralishiga sharoit
yaratiladi. Teri va shilliq qavatlar orqali yuboriladigan dorilarni muayyantirish uchun istiqbolli
va qiziq dori turi
niosomalar
to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘ldi (noionogen YUFM asosidagi
vezikulalar, xususan polioksietilenalkil efirlari).
Dorilarning biokimyoviy aylanish yo‘llarini bashorati uchun lipofilligidan tashqari yana,
mos keluvchi molekulalarning kattaligi va ustki qavati, hamda hujum qilishi mumkin ferment va
optik
xususiyatli,
guruhlarning
borligi
inobatga
olinishi
zarur.
Hozirgi
kunda
farmakokinetikaning yangi yo‘nalishi - “
Do'stlaringiz bilan baham: