4.Vaziyatli masalalar:
Folgard usulida,AgNO3 eritmasining qoldig’ini NH4NCS bilan titrlanganda indikator qo’shilishi bilan NH4NCS titranti qo’shilmasdan avval cho’kma qizil qo’ng’ir tusga kirib qoladi.Bu holat sababini qanday izohlash mumkin.
KJ eritmasining 100 sm3 dan 20 sm3 olib 0,0238 mol/l AgNO3 eritmasi bilan eozinat natriy indikatori ishtirokida cho’kmada qizil rang paydo bo’lguncha titrlanadi .Titrlash uchun 19,68 sm3 AgNO3 eritmasi sarflanadi. Kaliy iodid dastlabki eritmasining konsentratsiyasi, titri va unda erigan tuz massasini hisoblang. (Javob: 0,0234mol/l, 0,003888g/sm3, 0,3888g).
5.Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar:
Nega xloridlar miqdorini Mor usulida aniqlanganda muhit neytral yoki kuchsiz ishqoriy bo’lishi kerak?
Nega Folgard usulida titrlashni neytral va kuchsiz ishqoriy sharoitda bajarib bo’lmaydi?
Eozin adsorbtsion indikatorini qaysi galogenid ionlarini aniqlashda qo’llash mumkin va qaysi xolda mumkin emas?
Merkurometrik titrlash mohiyati va indikatori?
Mor usulida indikator K2CrO4ning nega aynan 0,5% eritmasidan foydalaniladi?
6.Test topshiriqlari
1.Mor usulida qaysi moddalarni aniqlash mumkin?
1.xloridlarni 2.iodidlarni 3.bromidlarni 4.tiotsianatlarni
A.1,4 В.1,2 С.1,3 D.2,3 E.3,4
2.NH4SCN eritmasini standartlash:
A.Ishqoriy sharoitda AgNO3 eritmasini NH4SCN bilan Folgard usuli bo‘yicha titrlash
В.Kislotali sharoitda NH4SCN eritmasini AgNO3 bilan Mor usuli bo‘yicha titrlash
С.Kislotali sharoitda AgNO3 eritmasini NH4SCN bilan Folgard usuli bo‘yicha titrlash
D.Kislotali sharoitda AgNO3 eritmasini NH4SCN bilan Mor usuli bo‘yicha titrlash
E.Kislotali sharoitda AgNO3 eritmasini NH4SCN bilan fayans usuli bo‘yicha titrlash
3. Merkurometrik titrlash hajmiy tahlilning qaysi usuliga kiradi?
A. Cho’ktirish
В. Kompleksimetrik
С. Redoksimetrik
D. Kislota-asos
E. Sulfatometrik
4. Cho`ktirish usulida ishlatiladigan anorganik titrantlarni ko`rsating.
1.Hg(NO3)2 2.AgNO3 3 .Hg2( NO3)2 4.NH4SCN 5.komplekson(III)
A. 1,3
B. 1,2,3,4
C. 2,3,4
D. 2,3
5.Mor usulida qaysi moddalarni aniqlash mumkin?
1.xloridlarni 2.iodidlarni 3.bromidlarni 4.tiotsianatlarni
A. 2,3
B. 1,2
C. 1,4
D. 1,3
6. NH4SCN eritmasini standartlash.
A. Ishqoriy sharoitda AgNO3 eritmasini NH4SCN bilan Folgard usuli bo`yicha titrlash
B. Kislotali sharoitda AgNO3 eritmasini NH4SCN bilan Folgard usuli bo`yicha titrlash
C. Kislotali sharoitda NH4SCN eritmasini AgNO3bilan Mor usuli bo`yicha titrlash
D. Kislotali sharoitda AgNO3 eritmasini NH4SCN bilan Mor usuli bo`yicha titrlash
7.Cho`ktirishusuliturlarigamostitrantlarniko`rsating
1.Argentometriya a)BaCl2yoki H2SO4
2.Tiotsionometriya v)AgNO3
3.Merkurometriya c)NH4SCN
4.Sulfatometriya d)Hg2 (NO3)2
A. 1v; 2s; 3d; 4a;
B. 1a; 2v; 3s; 4d;
C. 1d; 2a; 3s; 4v;
D. 1v; 2a; 3d; 4s;
8.Fayans usulida ekvivalent nuqta quyidagi qaysi indikatorlar yordamida aniqlanadi?
1.Eozin 2.Temir ammoniyli achchiq tosh 3. 5%li kaliyxromat
4.Temir(III) nitrati 5.Fluoressein 6.Erixrom ko`ra
7.Metalloxrom 8.Fenolftalein
A. 1,5
B. 2,3
C. 5,8
D. 6,7
9.Ishchi eritma AgNO3ni standartlanadi:
A. NaCl eritmasini alikvota hajmiga kaliyxromat indikatoridan 0,5 ml qo`shib AgNO3 bilan titrlanadi
B.AgNO3 eritmasining alikvota hajmiga indikator temir ammoniyli achchiqtoshi, HNO3 qo`shib aniq normallik NH4CNS bilan titrlanadi
C. NaJ alikvotasiga 5 tomchi eozin qo`shib AgNO3 bilan titrlanadi
D. AgNO3 alikvotasiga kaliy xromat indikatorini qo`shib NaCI bilan titrlanadi
10. Preparat tarkibidagi KВr massasini qaysi usulda aniqlash mumkin?
A.Folgard usulida qayta titrlash
B. Mor usulida o’rin bosar titrlash
C. Mor usulida qayta titrlash
D.Fayans usulida to’g’ri titrlash
Laboratoriya ishlarini qadamma-qadam bajarish tartibi
Zarur asbob va reaktivlar:
Reaktivlar:
1.Kumush nitrat
2.Ammoniy tiotsianat
3.NH4Fe(SO4)2 indikatori
4.10% li HNO3
5.Mor pipetkasi 20 sm3
6.Titrlash kolbasi 100 sm3
7.O’lchov kolbasi V=100,00sm3
8.Byuretka 25,00 sm3
6-laboratoriya ishi. Nazorat eritmasidan kaliy bromid massasini aniqlash
Parallel tekshiriluvchi eritmalarni har biriga 20,00 sm3 dan kumush nitrati
5 sm3 10% li HNO3 , 1 sm3 temir ammoniyli achchiqtosh (indikator) eritmalaridan qo’shiladi
Aralashmada och qizil rang paydo bo’lguncha NH4NCS eritmasi bilan titrlanadi
Sarflangan titrant hajmlarini o’rtacha qiymatidan quyidagi formula asosida nazorat eritmasidagi KBr massasi hisoblanadi:
(g)
7-laboratoriya ishi. Nazorat eritmasidagi natriy yodid massasini Fayans usulida aniqlash
Paralel eritmalarning har biriga 5 tomchidan eozin indikator eritmasidan qo’shiladi.
Keyin kumush nitrat eritmasi bilan cho’kmani rangi qizil rangga bo’yalguncha titrlanadi.
Natija bevosita titrlash usuliga mos formula asosida hisoblanadi:
, ЭNaJ= М
Mashg’ulot-30
Mavzu: Komleksonometriya. Standart MgSO4 ∙ 7H2O va ishchi eritma trilon B eritmasini tayyorlash, standartlash.
Tarqatma qo’llanma tarkibi:
Tarqatma qo’llanma maqsadi.
Mavzuning ahamiyati.
Laboratoriya mashg‘ulot mavzusini yoritishda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar.
Vaziyatli masalalar.
Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar.
Test topshiriqlari.
Laboratoriya ishlarini qadamma-qadam bajarish tartibi.
Mashg’ulotning maqsadi:
1. Kompleksonometrik titrlash haqida tasavvur berib, eritma tayyorlash va uni standartlash bo’yicha orttirilgan malakalarni mustahkamlash.
Mavzuning ahamiyati:
Kompleksonometrik titrlash eritmadagi ishqoriy yer metallari va boshqa qator og’ir metallar miqdorini aniqlashning sodda va qulay usuli bo’lib, mashg’ulotdan orttirilgan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalar quyidagi mavzularni o’zlashtirish uchun zarur:
Tahlilning xromatografik turlari Ion almashtirish xromatografiyasi
Uskunaviy usullar Potentsiometrik titrlash
Mutaxassislik fanlari bilan bog’lanish
Farmatsevtik kimyo Kaltsiy xlorid suyuq dorisini chinligini, suv qattiqligini aniqlash
Toksikologik kimyo Qo’rg’oshin, rux kabi ionlar miqdorini aniqlash
3. Laboratoriya mashg‘ulot mavzusini yoritishda “Venn diagrammasi”
pedagogik texnologiya usullaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |