usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va
dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladi-
gan xo‘jalik aloqalariga bevosita ta’sir ko‘rsatiladi.
Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini
rag‘batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan inves
titsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga
cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to‘lovlarini
o‘zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish yoki
cheklash bo‘yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb
qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda
qatnashish mamlakatlaming tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga so
lishning asosiy vositalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |